2.Aloqa yo’llarini texnologik ko’rsatgichlarini moslash.
Aloqa yo’llarini texnologik ko’rsatgichlarini moslash axborot signallari uzatiladigan fizik muhit, ma’lumotlarni uzatish qurilmalari va oraliq uskunalardan tashkil topgan bo’ladi (2-rasm). Aloqa chizig’i (line) aloqa kanali (channel) sinonim atamalar hisoblanadi.
2-rasm. Aloqa yo’llarini texnologik ko’rsatgichlarining tarkibi.
Ma’lumotlarni uzatish uchun mo’ljallangan fizik muhit (medium ) deganda – kabel, ya’ni izolyatsiyalangan, himoyalangan simlar va ularni qurilmalarga ulash uchun ishlatiladigan ulagichlar to’plami, hamda elektromagnit to’lqinlar tarqalishi mumkin bo’lgan yer atmosferasi yoki kosmik fazo tushuniladi.
Qanday uzatish muhitidan foydalanilishiga qarab aloqa yo’llarini texnologik ko’rsatgichlari quyidagi xillari bo’lishi mumkin (3-rasm):
- simli (havo orqali o’tuvchi aloqa chiziqlari);
- kabeli (mis simli yoki optik tolali);
- yer va sun’iy yo’ldosh aloqa radiokanallari.
Ma’lumotlarni uzatish uskunalari (DCE - Data Circuit terminating Equipment ) foydalanuvchilarning kompyuterlarini yoki lokal tarmoqlarini bevosita aloqa chiziqlari bilan bog’laydigan oraliq uskunalardan iborat bo’ladi. Ma’lumotlarni uzatish uskunalari odatda aloqa yo’llarini texnologik ko’rsatgichlari tarkibiga kiritilgan bo’ladi. Modemlar, ISDN tarmoqlarining terminal adapterlari, optik modemlar, raqamli kanallarga ulanish qurilmalari kabi qurilmalarni, DCEga misol qilib keltirish mumkin. Odatda DCE fizik sath darajasida ishlaydi, u kerakli shaklga va quvvatga ega bo’lgan signalni fizik muhitga uzatish va qabul qilish vazifalarini bajarishga ma’sul hisoblanadi.
3-rasm.
Aloqa yo’llari orqali uzatiladigan ma’lumotlarni hosil qiluvchi, ma’lumotlarni uzatish uskunalariga bevosita bog’lanuvchi, ya’ni aloqa chizigg’idan foydalanuvchining uskunalari esa – ma’lumotlar hosil qilinadigan eng chekka qurilma (DTE - Data Terminal Equipment) deb ataladi. DTEga misol qilib – kompyuterlarni, lokal tarmoq marshrutizatorlarini va qo’l telefonlarini keltirish mumkin. Bu qurilma aloqa chizig’i tarkibiga kiritilmaydi.
Oraliq uskunalar esa odatda katta uzunliklarga ega bo’lgan aloqa chiziqlari tarkibida qo’llaniladi. Oralik uskunalar ikkita asosiy vazifani bajaradi:
- signalni sifatini yaxshilash;
- tarmoqning ikkita abonenti o’rtasida doimiy yoki uzoq muddat ishlatiladigan tarkibiy aloqa kanalini yaratish.
Agar lokal tarmoqlarda tarmoq adapteri boshqa kompyuterlardan kelayotgan signallarni oraliq kuchaytirishsiz qabul qila olsa, tarmoqda oraliq uskunalar ishlatilmasligi mumkin, aks holda takrorlovchi va kontsentrator kabi qurilmalardan foydalanishga to’g’ri keladi.
Global tarmoqlarda esa signallarni yuz va ming kilometrlab uzoq-uzoq masofalarga sifatli uzatib berish kerak bo’ladi. Shuning uchun uzoq masofalarga cho’zilgan aloqa chiziqlarini ma’lum bir masofadan keyin o’rnatilgan signallarni kuchaytirish qurilmalarisiz qurib bo’lmaydi. Global tarmoqlarda mulьtipleksor, demulьtipleksor va kommutator kabi oraliq uskunalardan ham foydalanishga to’g’ri keladi. Bu uskunalar yordamida yuqorida keltirib o’tilgan vazifalardan ikkinchisi, ya’ni ikkita abonent o’rtasida uzatish muhitining kommutatsiyalanmaydigan kuchaytirgichli kabellar bo’laklaridan iborat uzoq muddatlarga mo’ljallangan tarkibiy kanal hosil qilish vazifasi bajariladi. Bunday tarkibiy kanallarning ishlatish muddatlari bir oy, bir necha oylar yoki yillardan ham iborat bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |