1.Umumiy qoidalar
Mamlakatimizni iqtisodiy, ijtimoiy va texnik-texnologik rivojlantirishda komputer tizimlari va tarmoqlari fanining ahamiyati juda katta. Bu fanni o’zlashtirishda kurs ishini tayyorlash juda muhimdir. Kurs ishini bajarish jarayonida malakaviy amaliyotda to‘plangan mateallar, maxsus texnikaga oid adabiyotlar(darsliklar, monografilar, spravochniklar), vaqtli nashrlar(ilmiy-texnika jurnallari, ekspres-malumotlar to‘plami, INTERNET), texnika normativlariga oid adabiyotlardan (yo‘l-yo‘rik belgilovchi texnologik materiallar, standartlar) foydalaniladi.
Kurs ishini tayyorlash jarayonida talabalar mustaqil ishlash qobilyatlarini rivojlantiradi, olgan nazariy bilimlari asosida amaliy ko’nikmalar hosil qiladilar. Eng asosiysi komputer tizimlarini va tarmoqlarini real sharoitlarga mos innovatsion texnik yechimlarni qabul qilishni o’rganadilar. Bu esa talabalarda zamonaviy muhandislik sifatlarini shakllantirishga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |