Andijon mashinasozlik instituti «avtomatika va elektrotexnika» fakulteti «axborot texnologiy



Download 21,45 Mb.
bet33/201
Sana31.12.2021
Hajmi21,45 Mb.
#209604
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   201
Bog'liq
КТТ

3.ISO\OSI modeli.

Kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta’minlovchi vositalarni yaratishga ko’p satxli yondoshish goyasi, tarmoqlarda standartlashning goyaviy asosi bulib xisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochik tizimlarning bir- biri bilan boglangan xolda, ya’ni o’zaro ishlashining yettita satxli standart modeli - Open System Interconnection (OSI) yoki OSI modeli ishlab chiqilgan. Bu model va uning iboralari tarmoq mutuxasislari uchun uziga xos univer­sal tilga xam aylangan.

OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash buyicha kator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshkalar) ishtirokida ishlab chikilgan. OSI modeli tizimlarning o’zaro ishlash satxlarini aniklaydi, ularga standart nomlar beradi. Modelning to’liq tavsifi ming betdan oshadi.

OSI modelida (1-rasm) o’zaro ishlash vositalarining yettita satxlari quyidagicha nomlanadi: fizikaviy, kanal, tarmoq, transport, seanslar, taqdimlash va amaliy satxlar.

Axborot (xabarlar) almashinish jarayonida ikkita kompyuter qatnashganligi, ya’ni bunda bir-biri bilan kelishgan xolda ishlovchi ikkita «ierarxiyaning» ishini tashkil qilish kerak bo’lganligi sababli, tarmoqdagi o’zaro ishlash vositalarining ko’p satxli ko’rinishda taqdim etishning o’ziga xos tomonlari mavjud. Tarmoqdagi ikkala ishtirokchi xabarlar uzatish uchun ko’pgina kelishuvlarni qabul qilishlari kerak bo’ladi. Masa­lan, ular o’zaro elektr signallarining satxi va shakli xaqida, uzatiladigan xabarlarning uzunliklari xaqida, axborot uzatish ishonchliligini nazorat qilish usullari va boshqa ko’rsatgichlar xaqida kelishib olishlari kerak. Bu kelishuvlar barcha satxlar uchun qabul qilinishi kerak, ya’ni quyi bitlarni uzatish satxidan boshlab, eng yuqorigi tarmoq foydalanuvchisiga xizmat ko’rsatish satxigacha.
1
-rasm. OSI modelining tarmoqga bog’liq va bog’liq bo’lmagan satxlari.
Ikkita kompyuterning o’zaro ishlash jarayoni ma’lum bir koidalar to’p lami asosida amalga oshiriladi, bu qoidalar to’plami protokol yoki inter­feys deb ataladi. Tarmoqning bir nomdagi satxiga tegishli tashkil etuvchilari urtasida axborot almashinish qoidalari protokollar, o’zaro qo’shni satxlar urtasida axborot almashinish qoidalari esa interfeyslar deb ata­ladi.

Foydalanuvchi, ya’ni biror-bir kompyuter so’rov bilan murojaat qilganda, amaliy (ettinchi) satxning programma ta’minoti standart shakldagi (formatdagi) xabarni (message) xosil qiladi. Odatda bu xabar - sarlavxa, ma’lumotlar qismi va tugatuvchi qismlardan iborat bo’ladi. Xabar sarlavxa- si, xabar yuborilgan mashinaning amaliy satxiga , uzatilayotgan malumotlar ustida nima vazifani bajarish kerakligi xaqida axborotdan iborat buladi.

Tarmoq orqali yuborilgan xabar, kompyuterning fizik satxi tomonidan qabul qilib olinadi va ketma-ket ravishda satxma-satx yuqoriga, birinchi satxdan yettinchi satxga uzatiladi. Xar bir satx o’ziga tegishli bo’lgan sar- lavxani taxlil qiladi va ishlab chiqadi, so’ngra esa bu sarlavxani olib tashlab, xabarning qolgan qismini yuqorida turgan satxga uzatadi.

Axborot almashinish jarayonida malumotlar birligini ifodalash uchun xabar termini bilan birga boshqa iboralar xam qo’llaniladi. ISO standartlarida xar-xil satxlar protokollari uchun muljallangan malumotlar bir­ligini ifodalash uchun protokolga tegishli malumotlar bloki - Protocol Data Unit (PDU) degan umumiy nom qo’llaniladi. Ma’lum bir satxga tegishli malumotlar blokini ifodalash uchun ko’pincha maxsus nomlar qo’llaniladi, bular quyidagilardir: kadr (frame), paket (packet), deytagramma (datagram) va segment (segment).




Download 21,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish