Andijon mashinasozlik inistituti



Download 71,66 Kb.
bet5/5
Sana13.05.2020
Hajmi71,66 Kb.
#51331
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sotsial guruhlar va sotsial institutlard

Fan Sotsiologiyasi ilmiy faoliyat jarayoni va uning ijtimoiy strukturasi, ilmiy strukturalarning o‘zaro ta’siri, jamiyatda fanning va olimlarning statusini o‘rganadi. Ilmiy jamoalar, ilmiy kommunikatsiyalar, olimlarning mehnat shart-sharoitlari, ijtimoiy shart-sharoitlarning fanlar rivojiga, ayni paytda fanlarning jamiyatga o‘zaro ta’siri jarayonini tadqiq etish sotsiologlarning diqqat markazida turadi. Fanlar nazariyasi predmeti ikki jihatga: birinchidan, fanlarning ichki tabiatini, ilmiy bilishning umumiy nazariyasini; ikkinchidan, fanlarning ijtimoiy mohiyati va uning ijtimoiy ijodning boshqa turlariga munosabatini o‘z ichiga oladi. Fan olamining vujudga kelishi uchun (bu jarayon esa taxminan 2.5 ming yillar ilgari sodir bo‘lgan) juda ko‘p xilma-xil shart—sharoitlar, ya’ni iqtisodiy, ijtimoiy va ruhiy sharoitlar zarur bo‘lgan. Bular orasida ayniqsa, tobora o‘sib borgan mehnat taqsimoti, sinflarning tashkil topish jarayoni, abstrakt fikrlashning yuksak darajasi, yozuv va hisobning paydo bo‘lishi, tabiat haqidagi tajribaviy bilimlarning yig‘ilib borishi va boshqalar muhim ahamiyat kasb etdi.

Dj. Bernal ma’lumotiga ko‘ra, XX asr boshlarida butun dunyodagi ilmiy taraqqiyotni 15 mingga yaqin olimlar ta’minlagan. Mavjud ilmiy laboratoriyalarning ko‘pchiligini oddiy bir xonaga joylashtirish mumkin bo‘lgan. 50-yillarning o‘rtalariga kelib, ilmiy xodimlarning soni 400 mingga etdi, 60—yillarda esa 2 millionni tashkil etdi.

YUNESKO ma’lumotlariga qaraganda,1990 yilga kelib, ilmiy tadqiqot ishlari bilan 5,2 million kishi shug‘ullangan bo‘lib, demak planetamizning har million nafar kishisiga ming nafardan ilmiy xodim to‘g‘ri kelgan. 1990 yilgacha ilmiy xodimlarning umumiy sonidan 17,8 foizi SHimoliy Amerika, 3,1 foizi Lotin Amerikasi, 23,6 foizi Osiyo va Okeaniya, 0.7 foizi Afrika, 20.9 foizi Evropa, 32.4 foizi SSSRga to‘g‘ri kelgan. Planetamizning barcha ilmiy xodimlarining uchdan biri SSSRda ishlagan. Biroq butun dunyoda ilmiy tadqiqot ishlariga mamalakatlar bo‘‘yicha sarflangan harajatlar taqsimotini ko‘zdan kechirsak, u holda SHimoliy Amerika hissasi 42.8, Osiyo va Okeaniya hissasi 23.2 , SSSR hissasi esa atigi 12.3 foizni tashkil etgan. Bu ma’lumotlar, qaysi mamlakatlarda ilmiy faoliyat uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilganligi hamda ilmiy-texnik taraqqiyotning chinakam markazlari qaerda joylashganligini aniq - ravshan ko‘rsatib turibdi. 1994 yilda AQSH - 44 mingta, Germaniya - 160 mingta, YAponiya- 129 mingta, Angliya - 97 mingta patent va litsenziyalar sotgan bo‘lib, Rossiyada atigi 4 ming dona sotilgan hamda Vengriya va Ispaniya oralig‘idagi joyni egallagan.

Hozirgi kunda Rossiyada, oliy maktab tizimida ishlayotgan o‘qituvchilarni ham qo‘shib hisoblansa, 1,3 million nafar kishi ilmiy faoliyat bilan band bo‘lib, shundan 484 ming nafari fan nomzodlari va 47 ming nafari fan doktorlaridir, biroq ularning uchdan biri yoshlari 60 dan o‘tgan kishilardir. Buning nisbati quyidagicha: 1-10-30. Oliy o‘quv yurtlarida esa vaziyat boshqacharoq: o‘qituvchilarning yarmi - fan nomzodlari bo‘lib, har 10 ta fan nomzodiga - 1 ta fan doktori to‘g‘ri keladi. Jumladan, Tyumen Davlat Universitetida 750 nafar o‘qituvchidan 90 nafari fan doktori va 350 nafari fan nomzodlari bo‘lib, bu - 58 foiz o‘qituvchining ilmiy darajaga egaligini ko‘rsatadi.

Fan o‘zi nima? Fanning o‘ziga xos tabiati, ijobiy bilim nimalardan iborat? Buyuk ingliz olimi, fan nazariyotchisi Tomas Geksli bu savolga shunday javob beradi: fan — qattiq qo‘llik, intizom va batartiblikka asoslangan sog‘lom fikrdan o‘zga narsa emas. Darvin safdoshlari fikricha esa, ilmiy tajriba kundalik odatdagi turmush tajribalaridan er bilan osmoncha farqqiladi, oradagi farq bamisoli keksa faxriy bilan yosh, tajribasiz askar o‘rtasidagi tafovutni eslatadi: ya’ni ularning jangovar harb usullari shu qadar har xilki, bu go‘yo zamonaviy jangchining aql bovar qilmas texnik imkoniyatlari oldidagi ibtidoiy yovvoyi ovchining arzimas qurol-yarog‘larini yodga soladi.

Fan - inson yaratuvchilik qobiliyatining eng dinamik namunasi bo‘lib, barcha tarixiy bosqichlarga o‘zining o‘chmas izlarini muhrlaydi. Ilmiy muvaffaqiyatlar negizida zamonaviy sivilizatsiyaning texnologik bazasi barpo etildi. Birok inson qo‘lga kiritgan bekiyos qudrat shu darajaga etdiki, u endilikda o‘zining kimligi, o‘z taqdiri, odamzod naslini saqlab qolish tashvishlarini ham jiddiy o‘ylab ko‘rmog‘i kerak. Binobarin, fan faqat ezgulik va kishilar baxt-saodati uchungina emas, yovuz niyatlar uchun xizmat qilishi ham mumkin. SHu sababli, uni qo‘llab-quvvatlash ham, undan nafratlanish ham tabiiy holdir. SHunga ko‘ra, ayrim ilmiy kashfiyotlarni yuksak mukofotlar bilan tavdirlagan holda, ularni qattiq tanqid qilishga urinish faktlaridan ajablanmasa ham bo‘ladi.

XX asrdagi ilmiy xodimlar sonining o‘sishini baholayotganda, shunday taxminni olg‘a surish mumkin: agar ilmiy xodimlar shunday sur’atlar bilan ko‘payib borsa, yarim asrdan so‘ng sayyoramizning barcha katta yoshdagi aholisi ilm bilan shug‘ullanuvchilarga aylanadi.

Ilmiy asboblar, boshqacha aytganda, ilmiy bilish asbob-uskunalari: radioteleskoplar, tezlatkichlar, kosmodromlar o‘z qamrovlariga ko‘ra shu qadar ulkan, miqyosli o‘lchovlar bilan ish ko‘rayotirki, ular faoliyatini yirik ishlab chiqarish korxonalariga qiyoslash mumkin bo‘lib, ularga xizmat qiluvchi butun boshli shaharlar bunyod etilmoqsa.

XX asrni haqli ravishda ilmiy-texnik inqilob asri, texnologik inqilob asri, «yashil» inqilob, axborot inqilobi asri kabi ramziy nomlar bilan atashadi. Ilmiy salohiyat amalda barcha narsani -mudofaa qobiliyati, milliy boylik, daraja, sifat vaa hayot davomiyligini belgilamoqda. Ilmiy salohiyatning kelgusidagi o‘sishi moddiy sarf-harajatlar bilan bir qatorda, intellektual imkoniyatlardan ko‘‘proq foydalanishni ham talab etadi.



SSSRda 1990 yilga kelib ilmiy kashfiyotlar mivdorining ikki hissa ortishi kuzatildi, ya’ni 477 kashfiyot, 85 ming ixtiro va 3 million ratsionalizatorlik takliflari o‘rganilib, ular ilmiy axborotlar hajmining 8-10 marotaba ortishini va fan uchun odatdagidan ko‘‘ra 30-40 marta ko‘‘proq pul mablag‘‘larini ajratishni talab etdi. Binobarin, fan sha’niga aytiladigan ta’na toshlariga har doim ham befarqqarab turib bo‘‘lmaydi. Rivojlanish mezonlariga ko‘‘ra, bilish sari qo‘‘yilgan har yangi qadam, bir qator sabablarga ko‘‘ra, oldingilarga nisbatan qimmatroq bo‘‘lishi mumkin.

Davroqe, bu o‘rinda, elektr lampochkasining kundalik hayotda tutgan rolini eslash kifoyadir. Garchi uning kashf etilishi uchun arzimagan mablag‘lar sarflangan bo‘lsa ham, jamiyatga beqiyos foyda keltirildi, natijada sivilizatsiya tarixida butun jamiyat unga sarflagan sarf-xarajatini allaqachon qoplab, maishiy hayotning uzviy bir qismiga aylandi. Amerikaliklarning hisobiga qaraganda, 100 ta ilmiy xodim ishlayotgan bo‘lsa, shundan 10 nafarining ishi haqiqiy mahsuldor bo‘lib, qolgan 90 nafari ushbu 10 nafar sermahsul xodim bilan yonma-yon turib, ilmiy muhit yaratishga o‘z hissasini qo‘shadi, umumiy jarayonda ishtirok etadi, muxolifatda bo‘ladi.
Download 71,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish