«Referent gurux» atamasi to‘rt xil ma’noda qo‘llaniladi:
Individ xatti-harakati uchun namuna, etalon yoki mezon bo‘lib xizmat qiladigan gurux.
Individ o‘z harakatlarini shu guruxga yo‘naltiradigan gurux.
Idivid a’zo bo‘lishiga intilayotgan gurux.
A’zolarining qadriyat va fikrlari bevosita shu gurux a’zosi bo‘lmagan kishi uchun o‘ziga xos taqqoslash o‘lchovi, sotsial «o‘lchov doirasi» sifatida xizmat qiladigan gurux.
Real hayotda «referent gurux» nazariyasi shaxsning turli sotsial muhitlarga moslashuv jarayonida, sotsial harakatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi.
Referent guruxlar real va idealguruxlarga bo‘linadi. Real referent guruxning shaxsga qulay sotsial norma va qadriyatlarni egallashi uchun etalon bo‘lib xizmat qiladigan alohida kishilar yoki kishilar birligidir.
Ideal referent gurux – bu, ma’lum bir guruxqadriyatli va normativ yo‘l-yo‘riqlarining inson ongida aks etishidir. SHaxs bu guruxga o‘z tasavvurlari va harakatlari bilan moslashishga harakat qiladi.
Masalan, muhandis o‘zini real hayotda muhandislar guruxiga mansub deyish bilan birga o‘zini gurux sifatida mavjud bo‘lmagan «ma’naviy elita» ga ham mansub deb hisoblaydi.
Oila — jamiyat taraqqiyoti davomida paydo bo‘lgan, sotsial institutdir. Oila — jamiyat mahsuli sifatida juda ko‘p vazifalarni bajaradi. Insoniyat taraqqiyoti davomida oila alohida mavqega ega bo‘`lgan ijtimoiy guruxhisoblanadi. Maxsus o‘rganishlar ko‘rsatishicha, jamiyatda insonlar oila muhitida oila a’zosi bo‘lib, turli guruxlarda gurux a’zosi bo‘lib , yoki o‘zlari yolg‘iz holda yashaydilar. Aholining bunday guruxlarga bo‘linishi uning oilaviy holatini bildiradi.
Aholining oilaviy holati turli davlatlarda turlicha ko‘rsatkichlarga ega. Masalan, Latviyada 84,8 % , Belorusiyada88,4, Estoniyada 83,2 % aholi oilada, oila muhitida yashaydi .Aholining qolgan qismi esa turli guruxlarda yoki o‘zlari yolg‘iz holda yashaydilar.
O‘rta Osiyo respublikalarida, jumladan, O‘zbekistonda aholining 96 — 98% oila muhitida oila a’zosi bo‘`lib istiqomat qiladi. Ushbu ma’lumotlarning o‘zi O‘zbekistonda oila mavqeini naqadar baland saqlanib kelayotganligidan dalolat beradi.
Farzandlarning tug‘ilishi, inson naslini davom ettiruvchi avlod yaratish, ularni tarbiyalash, inson sifatida kamolga etkazish, ularda tabiatga, jamiyatga bo‘lgan va o‘zaro muhabbatini shakllantirishi asosan oilada, oila muhitida bajariladi. SHu bois ham oilaga alohida , muntazam e’tibor berilishi, uni atroflicha o‘rganish kelajak avlodning har tomonlama ravnaq topishida juda ahamiyatlidir.
Oilaning tashkil topishi, shakllanishi va rivojlanishida demografik vaziyat, muhim omil hisoblanadi. Demografik vaziyat birinchi navbatda aholi sonining o‘sib borishida , tug‘ilish , o‘lim, nikoh, ajralish va migratsiya kabi jarayonlarda ifodalanadi. Demografik jarayonlar esa o‘z navbatida, ijtiomiy — iqtisodiy taraqqiyot ta’sirida o‘zgarib boradi. SHuning uchun ham oilani atroflicha o‘rganishda demografik jarayonlar xususiyatlarini mukammal tadqiq etib borish juda dolzarb masala hisoblanadi.
YUqorida qayd etilganidek, O‘zbekistonda aholining 98% ini oilada, oila muhitida , oila a’zosi bo‘lib yashovchilar tashkil etadi. SHu bois oilani atroflicha o‘rganish juda muhim va zarurdir. Bu borada birinchi navbatda quyidagi vazifalarni bajarish maqsadga muvofiqdir.
1. O‘`zbekistonda oila, uning ijtimoiy—demografik tarkibi ,
shakllanishi xususiyatlari haqidagi bilimlarni aholiga targ‘ib etish :
"Oila muqadads Dargoh" mavzusida oilaning turli ijtimoiy —
Demografik guruxlarida seminarlar, ma’ruzalar tashkil etish, radio, televidenie, matbuot orqali ushbu mavzuni aholiga havola etish ;
Aholining turli ijtimoiy — demografik guruxlari (o‘smirlar, yoshlar, erkaklar, ayollar, ishchilar, kolxozchilar, tadbirkorlar) o‘rtasida sotsiologik tadqiqot o‘tkazib , ularning oila , farzandlar, bola tarbiyasi, yosh oila muammolari, haqidagi fikrlarini o‘rganish :
O‘zbekistonda oila uning ijtimoiy—demografik xususiyatlari, qadriyatlarini va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari haqida chop etilgan ishlarni chet tillarida chop etib, jahon miqyosiga olib chiqish :
Rivojlangan, rivojlanayotgan va musulmon davlatlarida oila shakllanishi xususiyatlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, xalqimizni oila haqidagi bilimlarini boyitish :
O‘zbekistonda oila shakllanishi va xususiyatlarini aks ettruvchi ilmiy, ommabop risolalar ( "Oila va uning tarkibi", "Oilada farzandlar o‘`rni", "Mustaqillik va oila", "Oila va qadriyatlar", "YOsh oila", "Oilaning bugungi muammolari" va hokazo) chop etish :
Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida radio, televidenieda "Oila" mavzusida muntazam eshittirish va kursatuvlar tayyorlash.
O‘zbekiston istitqlolining dastlabki kunlaridan boshlab barcha soxalarda bo‘lgani kabi talim soxasida xam bevosita isloxatlarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ydi. Ikki tuzimdan o‘ziga xos jixatlari bilan ajralib turuvchi ushbu jarayon 1997-yil 29-avgustdan boshlab xayotga tadbiq qilinmoqda. Bizga malumki, jamiyatimizning turli soxalarida olib borilayotgan isloxatlar bosqichma -bosqich amalga oshirilmoqda. Kadirlar tayyorlash milliy dasturi 3-bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: 1997-2001-yillar orasida amalga oshirish. Bundagi asosiy vazifa ta’lim tizimini tubdan islox qilish rivojlanish uchun xuquqiy baza yaratish, uslubiy, moliyaviy-moddiy shart -sharoit yaratib berishdan ibarot.
2-bosqich: 2001-205-yillrda olib boriladi. Unda quydagi vazifalar bajarish ko‘zda tutilgan.
Milliy dasturni to‘la ro‘yobga chiqarish mexnat bozoriga aniqliklar kirish.
Majburiy-umumiy, o‘rta va o‘rta maxsus kasb-xunar talimiga, shuningdek o‘quvchilar qobilyati va imkoniyatlariga qarab talimga to‘liq o‘tish. Ta’lim xizmati ko‘rsatish va bozorini shakllantirish.
3-bosqich :2005-yildan boshlab, Ushbu dasturning asosiy vazifasini taxlil etish, umumlashtirish, isteqbolga muofiq kadrlvr tayyorlash tizimini takomillashtirish. Kadrlar va axborot tizimlarini mustaxkamlash ,yangi o‘quv usilini majmualar yangi pedagogik texnologik tizimlar bilan taminlash.
Milliy oliy talim muassalarini tivojlantirish, mustaqil faoliyat yuritish, o‘zini -o‘zi boshqarish, shakillarini mustaxkamlash. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzuluksiz talim tizimini axborot tarmog‘i bilan qamrab olish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosida shaxs, davlat, jamiyat birinchi darajada turadi.
Bakalavryad-kunduzgi o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lgan bilim soxalaridagi yo‘nalishlarning biri bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlarning o‘z ichiga olgan tayanch ma’lumot.
Umumlashtirgan xolda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishning asosiy tamoyillari quydagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
-barcha xil va turdagi talim muassalarida yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash uchun uzuliksiz talim, fan va ishlab chiqarish saloxiyatidan samarali foydalanish ;
-davlat talim standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko‘rsatish mexanizimini ishlab chiqarish;
-ixtisosliklar, malakasiga darajasiga ko‘ra mutaxasislarga bo‘lgan umumdavlat va mintaqaviy talablarning isteqbolini aniqlash ;
-talim tizimini tuzilish va mazmun jixatidan islox qilish uchun o‘qituvchilar va murabbiylarni qayta tayyorlash ;
-davlat va ijtimoiy muassalarning kasbga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish. Bunda uasb tanlashning bozor extiyojlari va imkoniyatlarini etiborga olish zarur, tugri xar bir shaxs o‘ziga mos kasb ni egallay olsin;
-o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat,mexnatga vijdonan munosabatda bo‘lish ruxida tarbiyalash;
ta’lim muassalarini , birinchi navbatda umumta’lim maktablarni davlat tomonidan moliyaviy va moddiy texnikaviy to‘liq taminlash me’yorlarini oshirish va uning mexanizimini takomillashtirish;
-kadrlar tayyorlash tizimini istemolchilari -, korxonalar , muassalar, firmalar, xissadorlik jamiyatlari ,banklar va boshqa tizimlarning imkoniyatlaridan ,birinchi navbatda ,o‘rta maxsus kasb-xunar o‘quv yurtlari va oliy o‘quv yurtlarining moddiy va moliyaviy bazasini mustaxkamlash uchun mumkin qadar kengroq foydalanish;
kadrlar tayyorlash va ta’lim soxasiga chet el sarmoyalari, xalqaro donorlik tashkilotlari va jamg‘armalarini mablag‘larini jalb etish;
-qonun doirasida o‘quv rejalari, dasturlari va o‘qitish yo‘riqlari, ta’limiy xizmatlarni belgilashda talim muassalariga ,birnchi navbatda, oliy o‘quv yurtlariga mustaqillik berish va o‘zini o‘zi boshqarish usullarini joriy etish .
Tabiiyki, bunday murakkab vazifalarni amalga oshirishda davlat va jamiyatning ma’suliyati aloxida axamiyat kasb etadi.
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzuluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili bo‘lishi zarur. Ular yuqori malakali raqobatga qodir mutaxasislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassalarining faoliyatini uyg‘unlashtirish lozim.
Xalq talimining asosiy bo‘g‘inini uzuliksiz ta’lim tashkil etadi. SHu sababli bu masalaga aloxida diqqat e’tibor qaratish darkor.Uzuliksiz ta’limni davlat talim standartlari va tegishli talim dasturlari bilan ta’minlashda avvalo ularning jaxon talablari darajasida bo‘lishiga yuksak ma’naviyat zaminida o‘rganilganiga asosiy etibor berilishi lozim.
Umum ta’lim dasturlarini maktabgacha tarbiya , boshlang‘ich , umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tarzida shakillantirish maqsadga muofiqdir.
Buning uchun quydagi tizimni asos qilib olsak maqsadga muofiqdir .
Birinchi. Maktabgacha ta’lim 3 yoshdan boshlanib , 6-7 yoshgacha oilada , bolalar bog‘chasida va mulkchilik ko‘rinishidan qati- nazar , boshqa xil talim tashkilotlarida olib boriladi.
Ikkinchi.Boshlang‘ich talim . 1-4 sinflarni o‘z ichiga oladi va bunda o‘qish 6-7 yoshdan boshlanadi.
Uchinchi . Umum ta’lim . Bunda o‘quvchilarga 5-9 sinflar doirasida bilim tarbiya beriladi.
Umumta’lim maktablari barcha uchun majburiydir. Ularda bolalarga umumiy ta’lim asoslarini chuqur o‘rgatilishi lozimdir.
To‘rtinchi. O‘rta maxsus bilim va kasb xunar ta’limi. O‘qish muddati 3 yildan kam bo‘lmagan akademik va kasb -xunar litseylari va kollejlari .
Beshinchi. Oliy mutaxasislik ta’limi odatda 18-19 yoshdan boshlab to‘rt yildan kam bo‘lmagan muddatda davom etadi.
Oliy mutaxasislik ta’limi bakalavrlik va magistraturaga
bo‘linadi.
Bakalavrlik -yo‘nalishlardan biri bo‘lib , bazaviy oliy talim berish demakdir .Unda o‘qish kamida 4 yil davom etib ,oliy malumot va tayanch mutaxasislik diplomini olish bilan tugaydi.
Magistratura aniq mutaxasislik bo‘yicha oliy kasbiy ta’lim bo‘lib bakalavrlik negzida kamida ikki yil davom etadi. Undagi taxsil yakuniy kvalikatsion davlat attestatsiyasi va magistirlik dissertatsiyasini ximoya qilish bilan nixoyasiga etadi.
Aspirantura nixoyasiga etkazilgan magistirlik negzida 3 yil davom
etadi.
Aspiranturaning maqsadi muayyan mutaxasisliklar bo‘yicha oliy kvalifikatsyali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni shakllantirish . Aspirantura akademik va kvalifikatsion imtixonlari xamda nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qilish bilan yakunlanadi. Bu yakunlarga, tanlangan mutaxasislik bo‘yicha «fan doktori» ilmiy darajasi beriladi.
Doktorantura fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil davom etadi. Dissertatsiya ximoya qilishi bilan yakunlanadi. YAkunga ko‘ra tanlangan mutaxasislik bo‘yicha «fan doktori»ilmiy darajasi beriladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |