АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
РЕФЕРАТ
МАВЗУ: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy- metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Markaziy Osiyo jaxon sivilizatsiyasining ajralmas qismi
Текширди: Ф.Комолова
Бажарди: СХМ 1/3 Гайббердиева Нилуфар
Mavzu. O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati. Markaziy Osiyo jaxon
sivilizatsiyasining ajralmas qismi
Reja:
I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q” asarida vatanimiz tarixini yoritish va o'rganish asoslarining ishlab chiqilishi.
O'zbekiston tarixi predmeti va uni o'rganishning ahamiyati.
O'zbekiston tarixini o'rganishning nazariy-metodologik asoslari va uni o'rganish tamoyillari.
O'zbekistonda ibtidoiy jamiyat va uning davrlari. (Paleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davrlari manzilgohlari).
Urug’chilik jamoasining shakllanishi.
Zardushtiylikning vujudga kelishi. «Аvesto» - vatanimiz tarixini o'rganishda muhim manba.
I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q” asarida vatanimiz tarixini yoritish va o'rganish asoslarining ishlab chiqilishi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng dastlabki kunlardanoq mustaqillikni mustahkamlashning ulkan vazifalari qatorida milliy istiqlol mafkurasini yaratishdek dolzarb vazifa ham kun tartibi masalalaridan biri edi. CHunki endigina mustaqillikka erishgan xalqimizning. ongida, tushunchasida hali malum bir shubha, qo’rquvga o’xshash holatlar, sho’rolar davri va komfirqa mafkurasining qoldiq va asoratlari saqlanib qolgan edi. qolaversa yangi, mustaqil O’zbekiston davlatining ham o’ziga xos, xalqni to’g’ri yo’ldan ozod, erkin, istiqlolga boshlab boruvchi milliy istiqlol mafkurasi ham yaratilishi shart edi. Barchamizga malumki milliy mafkuraning o’ziga xos teran ildizi, asoslari bo’lishi kerak. Bu o’rinda albatta, ishni avvalo yashab turgan mamlakatimizning, xalqimizning tarixini, ajdodlarimiz bosib o’tgan ham sharafli, ham mashaqqatli yo’l va ular yaratgan moddiy-manaviy meros tarixini o’rganishdan, qolaversa, sho’rolar hukmronligi davrida tariximizni soxtalashtirilgan, o’chirilgan tomonlarini haqqoniy, xalqona, adolatli yoritib, elimizga elon qilishdan boshlash zarur edi. SHuning uchun ham yurtboshimiz I. Karimov mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanok tariximizni, o’tmishimizni mukammal o’rganishga alohida etibor karatdi. CHunki, tarixni o’rganish va bu orqali o’zligimizni anglash-milliy mafkuraning ajralmas, tarkibiy qismi ekanligini unutmasligimiz kerak. O’tmishimizni o’rganib o’zligimizni anglash bilan bir qatorda, ajdodlarimiz haqida, ularning tariximizdagi o’rni va kelajak avlodlar uchun bajarib ketgan oliyjanob–ishlari haqida: o’tgan mutafakkirlarimizning iqtidori, ijodi jahon miqyosida bo’lganligi haqida, shuningdek ko’p ming yillik bosib o’tilgan yo’llardagi boshdan kechirilgan urushlar, bosqinlar, qaramlik davrlari-bularning bari haqidagi malumotlarni bilish xalqimiz ongida, tushunchasida juda katta ijobiy o’zgarishlar yasaydi. Milliy g’urur, milliy faxr, iftixor tuyg’ularini vujudga keltirish bilan birga, ayni vaqtda milliy istiqlol mafkurasi haqidagi tushuncha va bilimlarni ham tezroq o’zlashtirilishini osonlashtiradi.
Milliy istiqlol o’zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yo’lda minglab Vatan, yurt fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qo’lga kiritilishi katta yutuk, uning kadriga yetish, mustahkamlash, avaylab saqlab qolish mushkul vazifa. Xar qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi, davlat chegaralarining daxlsizligi-o’sha mamlakat fuqarolarining o’z yurtiga mehr- muhabbatli qilib tarbiyalanganliklari, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo’lsa jon fido qilishga ham tayyor bo’lishdek olijanob fazilatlarga ega bo’lishliklariga bog’liqdir. Bu fazilatlarni mehnatkashlar ommasi, yurtimiz kelajagi - yoshlar ongida qaror toptirish va shakllantirishda Vatan tarixini o’rganishning o’rni va imkoniyatlari cheksizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |