«O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» - degandi I. Karimov.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining eng ulug’ nematlari Vatan tarixini xech qanday buyoklarsiz, amalda xayotda qanday bo’lgan bo’lsa, shunday holisona o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Sovet hokimiyati yillarida O’zbekiston maktablari O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida Vatan tarixini o’qitish masalasiga umuman e’tibor berilmadi.
Ajablanarlisi shundaki, sho’rolar hokimiyati yillarida mamlakatimizning haqiqiy, tom ma’nodagi Vatan tarixi holisona yaratilmadi. Maktablar va o’quv yurtlarida o’qitilgan darslik adabiyotlarda esa tariximiz soxtalashtirildi. Bu tarixiy kitoblarning ko’pchiligida o’zbek xalqining milliy manfaatlari oyoq osti qilindi, ulug’ rus millatchiligi, «Katta va ulug’ og’a» manfaatlari yetakchi mavqega ega bo’lib, hamma voqea va hodisalarlar unga bo’ysundirildi. Natijada o’zbek xalqining ma’naviy hayotiga putur yetdi, xalqning siyosiy ongi o’tmaslashdi, ijtimoiy-siyosiy voqealarga befarqlik, loqaydlik hissi ko’chaydi.
Rusiya mustamlakachilari qariyb 135 yillik hukmronliklari davomida o’lkamiz xalqlari o’rtasida ruslashtirish siyosatini olib bordilar, xalqimizni tarixidan, o’z ona tilidan, dinidan judo qilish yo’lini tutdilar, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat bayrog’i ostida milliy urf-odatlarimiz, ahloq- odob va madaniyatimizga xuruj qildilar. O’zbekistonni Markazning xom – ashyo
yetkazib beruvchi bazasiga aylantirdilar, kommunistik partiya bunday siyosatni SSSR hududida yashovchi barcha jumhuriyatda va sotsialistik hamdo’stlik mamlakatlarida yurgizgan.
Kommunistik partiyaning yurgizgan ulug’ davlatchilik mafkuraviy siyosati xalqimiz va millatimiz taqdiri uchun ayanchli oqibat va natijalarga olib keldi. Vatan tarixini bilmaslik, o’zbek xalqining milliy qadriyatlari va urf-odatlaridan uzoqlashish oqibatida jamiyatda shunday avlod vakillari shakllandiki, ularning aksariyatida milliy ong va milliy g’urur tushunchalari so’nib ketdi. Ularning ongida O’zbekiston taqdiriga, o’zbek millati taqdiriga, madaniyatimiz, tariximiz va tilimiz, dinimiz taqdiriga loqayd va befarqlik munosabatlari g’oyasi ustivor mavqeni eg’alladi. Millat istikboli uchun vaziyat shu darajada haloqatli nuqtaga yetdiki, O’zbekiston Respublikasi o’zining davlat mustaqilligiga erishgandan keyin ham, o’z taqdirimizni o’zimiz hal qilish imkoniyatiga ega bo’lganimizdan so’ng ham Vatan tarixini o’qitishga qarshi yo’l tutuvchilar ham bo’ldilar. Ular o’z
«g’oyalari»ni asoslashga intilib, «O’zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan birga qo’shib o’qitish kerak», «O’zbekistan tarixi-bu maktab fani»,
Do'stlaringiz bilan baham: |