Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi



Download 194,77 Kb.
bet5/7
Sana10.04.2023
Hajmi194,77 Kb.
#926706
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdukakhorov O

2.2 Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish.


Iqtisodiy adabiyotda “Iqtisodiy o‘sish” va “Iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari mavjud. Turli iqtisodiy maktab va yo‘nalishlaming vakillari bir necha bor o‘sish va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi muammolariga murojaat qilishgan. Mazkur tushunchalar ba’zan birbiriga tenglashtirilgan bo‘lsa-da, ammo ko‘pchilik hollarda ular birbiriga mos mazmun mohiyatni bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish iqtisodiy o‘sishning jabhalaridan biri hisoblanadimi, yoxud aynan “rivojlanish”, “o‘sish”ni o‘z ichiga oluvchi keng tushuncha sifatida qabul qilish lozimmi? Bugungi kunda mazkur savolga berilayotgan javoblar ichida umumqabul qilingan, yakdil fikrlar mavjud emas Yozef Shumpeter iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi tafovutlami ko‘rsatib beradi. Buning ifodasi sifatida u, o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” asarida pochta karetalari va temir yoMlardan foydalanishni taqqoslagan holda, misol keltiradi.3 Y. Shumpeter iqtisodiy o‘sishni miqdoriy o‘zgarishlar - bir vaqtning o‘zida ayni bir xil tovar va xizmatlami ishlab chiqarish va iste’mol qilishning o‘sishi, iqtisodiy rivojlanishni esa, ishlab chiqarish, mahsulot va xizmatlar, boshqaruv, iqtisodiy faoliyat turlari va hayot faoliyatining boshqa sohalaridagi yangiliklar va ijobiy sifat o‘zgarishlari sifatida izohlaydi. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy o‘sish borasidagi tadqiqotlarda “iqtisodiy o‘sish” va “iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari o‘xshash qarashlar ham, keng tarqalganligini inobatga olish zarur. Masalan, professor K.X, Oppenlender o‘z fikrini quyidagicha shaklda ifoda etadi: “Biz o‘sish va rivojlanishni sinonimlar sifatida tushunamiz. 0 ‘sish va rivojlanish o‘rtasidagi farqlanishlar sun’iydir”.4 Iqtisodiy o‘sish muammolarini tadqiq qilayotgan tadqiqotchiolim uchun iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanishning o‘zaro nisbati kabi jihatlami chetlab o ‘tish ancha mushkuldir. Ushbu tushunchalar aynan bir xil emas, ulaming mazmun-mohiyati turlicha deb, hisoblovchilar fikriga qo‘shilamiz. Iqtisodiy o‘sish haqida gapirar ekanmiz, hatto intuitiv tarzda ham iqtisodiy o‘sish salbiy boiishini, iqtisodiy rivojlanish uchun esa qandaydir bir ijobiy holat, oldinga qarab qandaydir harakatlanish xosligini tasaw ur etishimiz mumkin. Biroq buning o‘zi yetarli emas, iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanishni tushunish borasidagi chalkashlikni yo‘qotish uchun bir muncha aniq mezonlar zarur. Iqtisodiy o‘sish odatda biror bir aniq son bilan ifodalanuvchi aniq bir qiymatga masalan, yalpi ichki mahsulot (yalpi qo‘shilgan qiymat)ga “bog‘lab” qo‘yilgan bo’ladi. Iqtisodiy rivojlanish esa, ushbu yo‘sinda jamiyat farovonligi (uning biror bir jihati yoki barcha moddiy, ma’naviy -axloqiy kabi jihatlarining umumiyligi) ko‘rinishida aks etadi. Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish - keng qamrovli kategoriyalardir, ammo tadqiqot maqsadidan kelib chiqib ulaming asosiy jihatlarini ajratib olish biz uchun muhim hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni talqin etishda iqtisodiy jihat, iqtisodiy rivojlanishni tushunishda esa ijtimoiy jihat ustuvorlik qiladi, deb hisoblaymiz. Shuning uchun “Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi”5,-deydi F.Egamberdiyev. Shu asnoda shartli tarzda yalpi ichki mahsulot dinamikasini iqtisodiy o'sish, jamiyat farovonligi dinamikasini esa iqtisodiy rivojlanish deb hisoblashimiz mumkin. Mazkur talqin yetarlicha sodda bo‘lib ko‘rinsada, umuman olganda bu talqin fanda allaqachon o‘z tasdig‘ini topib ulgurgan6. Har qanday ishlab chiqarishning pirovard maqsadi - bu jamiyat ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir, deb ta’kidlash albatta adolatdan bo‘lar edi. Ammo bu o‘rinda ehtiyojlami yuqori darajada qondirish, bu farovonlikning asosiy maqsad va vazifasi ekanligini unutishimiz mumkin emas. Shunday qilib, iqtisodiy farovonlik-iqtisodiyot va takror ishlab chiqarishning pirovard maqsadi boisa, iqtisodiy o‘sish esa- oraliq maqsad, ya’ni yalpi ichki mahsulot yaratish zaruriyatidir. Mahsulot yaratish -bu sof ishlab chiqarishga xos masaladir, ammo takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini hisobga olgan holda farovonlikning o‘sishini ta’minlash- bu pirovard maqsad hisoblanadi va shu yo‘sinda biz iqtisodiy rivojlanishni talqin etishimiz mumkin. Shu tariqa, biz iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini talqin etish borasida tez-tez uchrab turadigan ko‘pgina chalkashliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Buning uchun iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini farqlashning quyidagi me’zonlarini taklif etamiz: • Iqtisodiy o‘sish ko'proq yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bilan, iqtisodiy rivojlanish esa - farovonlikning o‘sishi bilan uyg‘unlashadi; • Iqtisodiy o‘sishga iqtisodiy jihat (oraliq tavsifga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish) xos bo‘lgani holda, iqtisodiy rivojlanishga ijtimoiy jihat xosdir, bunda jamiyat farovonligining o‘sishi pirovard maqsad sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur talqin, bir muncha tor hisoblansada, ammo u mazkur ko‘p qirrali tushunchalaming asosiy jihatlarini ajratib olish, ularni tushunishdagi eng muhim holatlami qayd etish imkonini beradi. Real hayotda jamiyat hayotining turli jihatlarini qamrab oluvchi iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, ekologik va shu kabi jihatlar o‘zaro mustahkam aloqa va bog‘liqlikda bo‘lgan holda, vaqt o‘tishi bilan mazkur jarayonlar murakkablashib boraveradi. Iqtisodiy o‘sish mavzusi bilan bog‘liq holda sifat kategoriyasi haqida so‘z yuritilganda nimani nazarda tutishimiz lozim? Sifat - bu avvalo, iqtisodiy o‘sish jarayonlarining amalga oshish tavsifidir. Iqtisodiy o‘sishning tavsifi esa - bu uning turli tuman xususiyatlarining yig‘indisi hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishning tavsifini farovonlik tamoyili bo‘yicha talqin qilishimiz mumkin. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida shuni ta’kidlashimiz lozimki, yalpi ichki mahsulot - farovonlikning moddiy asosi sanaladi. Ammo, shuning bilan bir qatorda atrof-muhit va milliy boylikni ham esdan chiqarmasligimiz lozim. Yuqoridagi fikrlarga qo‘shimoha ravishda ijtimoiy tashkil etuvchilar: ma’naviy-axloqiy jihatlar va millatning madaniyati va qadriyatlariga ham alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Keyingi paytlarda iqtisodiyot nazariyasidagi mazkur zamonaviy yondashuvlarga inson baxti aholi farovonligi tushunchasini qo‘shish ko‘zga tashlanmoqda. Iqtisodiy o‘sish sifati — bu kuzatuvchi tomonidan farovonlik me’zonining iqtisodiy o‘sish tamoyili bo‘yicha tasniflanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonidir. Iqtisodiy o‘sish sifatining mohiyati - bu mamlakat yalpi ichki mahsuloti kategoriyasining to‘laligicha jamiyat farovonligi kategoriyasigatransformatsiyalanishidir. Yalpi ichki mahsulot jamiyat farovonligini shakllantirishda qanchalik ishtirok etishiga qarab iqtisodiy o‘sishning sifati namoyon bo‘ladi deb, aytishimiz mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish sifatida yo‘qotilishlar imkon qadar kam bo'lishi lozim Bu yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga transformatsiya jarayonini yuqori darajada bo‘lishiga bog‘liqdir, zero ijobiy tavsifga ega bo‘lgan turli jarayonlar bilan birgalikda salbiy tavsifga ega bo‘lgan jarayonlar ham yuz berishi tabiiydir. Bunday jarayonlarga insonlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi, atrof-muhitning ifloslanishi, aholining turli - xil tabaqalanishlar (daromadlar, savodxonlik darajasi, hududlar va shu kabilar bo'yicba) iqtisodiy o‘sish sifati bilan doimo birga kechadigan jarayonlami ta’kidlab o‘tish mumkin.
Bu turdagi salbiy jarayonlar pirovardida yalpi ichki mahsulotning to‘lig‘icha jamiyat farovonligiga transformatsiya jarayonini samaradorligini pasaytirib yuboradi va unda yo‘qotishlami ko‘payishiga olib keladi. Ya’ni iqtisodiy o‘sishning sifati farovonlikning o‘sib borishi bilan birgalikda kechadigan destruktiv jarayonlami minimallashtirishda ham namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish sifati deyilganda, keng ma’noda salbiy jarayonlami minimallashtirishga erishilgan holda, yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga to‘liq tarzda transformatsiyalanishini eng yuqori darajada ta’min etilishiga yo‘naltirilgan pirovard maqsad sifatida farovonlikka yo‘naltirilgan rivojlanishni tushunamiz. Iqtisodiy o‘sishning sifati -bu ijobiy jarayonlaming ta’sir doirasini kengaytirish salbiy jarayonlar ta’sirini kamaytirish asnosida yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga transformatsiyalanishi jarayon larining amalga oshish tavsifidir. Sifat me’zonlari - bu yalpi ichki mahsulotning farovonlik ehtiyojlariga toMaligicha aylanish darajasidir. Shuni ta’kidlash muhimki, asosiy narxlarda yalpi ishlab chiqarish tushunchasiga tayangan holda biz umumiy holatda yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga transformatsiyalanishining quyidagi uchlamchi maqsadlarini shakllantirishimiz mumkin bo‘ladi: sarflangan mehnat predmetlari va eskirgan ishlab chiqarish vositalari o‘mini qoplash, turmush darajasi va sifatini oshirish, davlat boshqaruvi idoralarining me’yorida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash. Yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga to‘lig‘icha transformatsiyalanishi avvalroq ta’kidlab o‘tganimizdek, ijobiy jarayonlami maksimallashtirish va salbiy jarayonlami qisqartirishdan iborat bo‘lgani holda, bir vaqtning o‘zida transformatsiyalanish jarayonlarini va shuning bilan bir qatorda keng ma’noda olganda iqtisodiy o‘sish sifati jarayonlarining ham harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga transformatsiyalanishining toiiqligi va transformatsiyalanish 'jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi borasida ilgari surilgan tezislar bizning fikrimizcha qo‘shimcha izohlash va tushuntirishlami talab etadi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining siklik tavsifga ega ekanligini fikrimizning tasdig‘i sifatida keltirib o‘tishimiz mumkin. Gap shundaki, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, xo‘jalik hayotiy faoliyatining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari o‘zaro bog‘liqlikda va birbirini to‘ldirgan holda taraqqiy etadi. Bu shuni anglatadiki, jamiyat farovonligi darajasiga ishlab chiqarish va yalpi ichki mahsulotdan foydalanish darajasiga ta’sir etibgina qolmasdan, balki jamiyat farovonligi darajasining o‘zgarishi ham bevosita yoki bilvosita tarzda ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida farovonlik darajasiga yangidan ta’sir etgan holda o‘zaro bog‘liq jarayonlaming uzluksizligini ta’min etadi. Yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga transformatsiyalanishi darajasida yuz beruvchi jarayonlami chuqur o‘rganish mazkur jarayonlaming favqulodda murakkab, ko‘p qirrali va ko‘p omilli ekanligini ko‘rsatmoqda. Jamiyat farovonligi bilan yalpi ichki mahsulot o'rtasidagi teskari bogiiqlikka oydinlik kiritish tadqiqotlarimiz doirasida alohida ahamiyat kasb etadi. Jamiyat farovonligi va yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi teskari bogliqliklar borasidagi fikrimizni asoslash maqsadida bir necha misollarni keltirib o‘tamiz: • Mehnat unumdorligi. • Hayot va mehnat shart-sharoitlari. • Ishdan tashqari bo‘sh vaqt. Hordiq va dam olish sifati. • Texnik-texnologik va ilmiy jarayonlaming ijodiy tashkil etuvchisi7. • Ishchi kuchini takomillashtirish. • Mehnatning insonparvarlik tashkil etuvchisi. Mehnat insonning o’z-o‘zini namoyon etish shakli sifatida. • Farovonlikning o‘sishi samarali talabni ta’min etadi, talab esa - bu ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi kuchdir. • Iste’molning uyg‘unlashishi. Iste’mol jarayonlarini oqilona tashkil etish. • Jamiyat ehtiyojlarining o‘sishi va murakkablashishi ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuch sifatida. Ehtiyojlaming o‘sishi, quyi darajadagi ehtiyojlaming qondirilganligini ifoda etadi. Jamiyat farovonligi va yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni o‘rganish biz amalga oshirayotgan ilmiy- tadqiqot ishlarimizning mazmunan boyishiga xizmat qiladi. Bu o‘rinda bir qator mazkur teskari bog‘liqlik nimalarda namoyon bo‘ladi, mazkur teskari bog‘liqlikning amalga oshish mexanizmi qanday, teskari bog‘liqlikning mavjudligini ko‘rsatuvchi qanday misollar bor kabi savollar kelib chiqishi tabiiy. Shu tariqa, jamiyat farovonligini iqtisodiy o‘sish sifatining pirovard maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Sifat esa bir tomondan yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga toMaligicha transformatsiyalanishining natijasi, boshqa bir tomondan esa salbiy jarayonlaming ta’sirini eng quyi darajagacha tushurish asnosida maydonga chiqadi. Iqtisodiy o‘sish sifati mavzusi juda keng qamrovli mavzu hisoblanadi. Bu borada mazkur mavzuni uni qamrab oluvchi barcha jihatlari bilan birgalikda yoritishga harakat qilish, iqtisodiy o‘sish sifatining barcha qirralarini ochib berish mazkur ilmiy - tadqiqot ishining ilmiy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda takror ishlab chiqarishning ekologik tipi mavzusi tobora dolzarblik kasb etmoqda Bu o‘rinda shuni anglashimiz lozimki, insonning tabiatga tajovuzi shunchalik chuqurlashib ketdiki, buning natijasida insonlar hayotiga salbiy ta’sir etuvchi, ortga qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar yuzaga kelmoqda. Mavjud tartib-qoidalarni buzganlik uchun turli ta’sir choralarini qo‘llashni ifoda etuvchi, xo‘jalik faoliyatining ekologik tipini rag‘batlantirish ham, o‘ziga xos dolzarb mavzulardan hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish sifatining atrof-muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan tiplari haqida so‘z yuritar ekanmiz, 1960-yillarda resurs tejash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan nol darajali iqtisodiy o‘sish mavzusi ustida tadqiqotlar olib borilganligini eslatib o‘tish joizdir (Denis Medouz, Donella Medouz). Masalan, yirik energiya tejamkorlik kabi muammollar nuqtai nazaridan qaraganda mazkur mavzu bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagani holda, dolzarblik kasb etib bormoqda. Mazkur mavzu atrof muhitni (tabiat) muhofazalash jihatiga egaligi bilan ajralib turadi. Bizning fikrimizcha, 1960-yillarga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish shart-sharoitlari sezilarli darajada o‘zgarganligi va yangi jarayonlami tadqiq qilish zaruriyati sababli mazkur mavzuda tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etgan bo‘lar edi. Iqtisodiy o‘sish sifati ta’limotida o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri - bu, barqaror iqtisodiy rivojlanishdir. “Barqaror rivojlanish” termini 1987-yilda atrof muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya (Bmndtland komissiyasi) tomonidan keng muomalaga kiritilgan. Barqaror rivojlanish deyilganda kelgusi avlodlaming o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlarini xavf ostida qoldirmagan holda, bugungi kun ehtiyojlarining qondirilishi tushuniladi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi besh asosiy tamoyilga asoslanadi: l.Insoniyat kelajak avlodlami o‘z ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlaridan mahmm etmagan holda, bugungi kunda yashayotgan insonlaming ehtiyojlarini to‘la qonli e’tiborga olish asosida rivojlanishga barqaror va uzoq muddatli tus berishi lozim; ( 2.Tabiiy resurslardan foydalanish borasidagi mavjud cheklovlar nisbiydir. Ular ijtimoiy tashkillashtirish va texnika darajasining taraqqiyoti hamda biosferaning inson faoliyati oqibatlarini bartaraf eta olish imkoniyatlari bilan bogiiqdir. 3.Barcha insonlaming eng oddiy darajadagi ehtiyojlarini va farovon hayotga erishish borasidagi o‘z orzu-umidlarini amalga oshirishlari uchun bir xil imkoniyatlar taqdim etish zarur. Dunyoda oddiy holga aylangan kambag‘allik ekologik va boshqa halokatlar vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. 4. Katta moliyaviy mablag‘larga egalik qiluvchilaming turmush tarzini yer sharimizning ekologik imkoniyatlari, xususan energiya iste’moliga nisbatan muvofiqlashtirish zarur. 5.Aholi soni va uning o‘sish sur’atlari yer shari global ekotizimining o‘zgaruvchan ishlab chiqarish potensiali bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotda shunday qoida borki, unga ko‘ra kishilaming iqtisodiy farovonligi insonlaming tovar va xizmatlami naqadar darajada yarata olishlari bilan belgilanadi. Shu bois turmush forovonligi iqtisodiyotning samaradorligiga bogMiqdir. Agar jamiyat qanchalik kamsarflagan holda ko‘p ishlab chiqarsa, kishilar shunchalik farovon yashaydilar. “Xozir dunyodagi mamlakatlarda farovonlikning jiddiy farqlanishini iqtisodiyot samaradorligining turlicha bo‘lishi yuzaga keltiradi”8. “Iqtisodiy o‘sish sifati bo‘yicha keltirilgan ta’rif va tavsiflami umumlashtirsak, ular iqtisodiy o‘sishni texnika taraqqiyoti va innovatsion faoliyat asosida oshirish masalasiga e’tibor qaratgani holda, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilganlik darajasini asosiy o‘ringa qo‘yishadi”9. Texnika taraqqiyoti va innovatsiyalarga asoslangan / ishlab chiqarish, birinchi navbatda, resurslami tejashga, ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini oshirishga qaratilganligi bilan asoslanadi. Bugungi globalizatsiya davrida milliy iqtisodiy tizim oldida barqaror iqtisodiy o ‘sishning uzoq muddat davom ettirish, uning samaradorligi va sifatini ko‘tarish, hamda aholi turmush darajasini yanada oshirish kabi dolzarb masalalar turibdi. Bugungi kunda tarkib topgan vaziyat iqtisodiy o‘sish ta’limotida yangi g ‘oya va nazariyalarni tadqiq etishni ta’lab etadi. Bunday yo‘nalishlardan biri industriallashtirish g‘oyasini hozirgi bosqich uchun qayta ко‘rib chiqish yoki yangi industriallashtirish hisoblanadi. Bunday yo‘na!ish 0 ‘zbekiston Respublikasi uchun ko‘p jihatdan istiqbolli hisoblanadi, chunki u o‘ziga xos geosiyosiy joylashuv o‘miga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, mamlakatda tabiiy resurslaming kamyob va katta zaxiralari mavjud. Bundan tashqari 0 ‘zbekiston Respublikasida yillar davomida ilmiy-texnikaviy, tashkiliy va kadrlar sohasida katta potensial to‘plangan. Umumqabul qilingan ma’noda industriallashtirish yirik mashinali ishlab chiqarish asosida sanoatni rivojlantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. Lekin, jahon bozoriga raqobatbardosh, talab yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlami yetkazib berish uchun zamonaviy korxona barpo etishning birgina o‘zi yetarli emas. Buning uchun albatta rivojlangan infratuzilma, puxta tashkil etilgan ta’lim tizimi, ehtiyoj va talablarga mos huquqiy instrumentlar va shu kabi ko‘plab narsalar zarur bo‘ladi. Globalizatsiya sharoitida mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish sifatini ta’minlash borasida yangi industriallashtirish milliy iqtisodiyot oldiga bir qator vazifalami qo‘ymoqda. Yangi industriallashtirish - bu nafaqat sanoatni, balki butun iqtisodiyotni yangi texnologik asoslarga o4kazishdir. Ya’ni qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun ustuvor milliy innovatsion loyihalami ajratib olishning o‘zigina yetarli emas, bu o‘rinda tub institutsional o‘zgarishlami o‘z ichiga qamrab olgan majmuali chora-tadbirlar ishlab chiqarish zarur. Iqtisodiy o‘sish sifati kategoriyasi, biz tomonimizdan keltirib o‘tilgan talqinga ko‘ra, ijobiy o‘zgarish sur’atlarini va shu bilan bir qatorda aks o‘zgarish sur’atlarini aniqlashtirish va shu asnoda ulaming o‘zaro ta’sirlashuvini ko‘rsatish imkonini beradi. Iqtisodiy o‘sishning “sifati” tushunchasi ishlab chiqarishning qisqarishi, atrof - mubitning ifloslanishi, ishchi kuchi sifatining yomonlashishi kabi salbiy jarayonlar bilan bir qatorda turli ijobiy tavsifga ega bo‘lgan vaziyatlami ham qarab chiqish imkonini beradi. Iqtisodiy o‘sish sifati kategoriyasi doirasida mazkur tushunchaning mohiyatidan kelib chiqqan holda taraqqiyotning ham ijobiy va salbiy jihatlari haqida so‘z yuritishmiz mumkin bo‘ladi, zero iqtisodiyotning sanoatlashuvi davrida inson tabiat kuchlari bilan ziddiyatga borganligini va bu jarayon hamon davom etayotganligini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. Shu bois ham bugungi kunda ekologik xarajatlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Atrof-muhitga qanchalik ehtiyotkorona munosabatda bo‘linayotganligiga qarab iqtisodiy o‘sishning sifati haqida gapirishimiz mumkin. Yuqorida aytilganlarga yana shuni qo‘shimcha qilamizki, iqtisodiy o‘sishning sifati bir tomondan obyektiv reallik sifatida maydonga chiqsa, boshqa bir tomondan esa uning ilm-fandagi in’kosi sifatida “iqtisodiy o‘sish sifati” kategoriyasi maydonga chiqadi.



Download 194,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish