Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус


Fiziologik faol moddalarlarning asosiy tiplari



Download 396,5 Kb.
bet10/14
Sana17.01.2017
Hajmi396,5 Kb.
#504
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Fiziologik faol moddalarlarning asosiy tiplari

FMM

Тa’sir

Nishon bilan ta’sirlashuv xarakteri



Тa’sirning bevosita



Nazorat qilinuvchi



tipi

nishoni

bog‘ tipi va o‘zaro ta’sir



jarayonning fiz-kimyoviy analogi

natijasi

fiziologik mexanizm

Retseptor


Makromolekulalar, nadmolekulyar tuzilmalar



Van-der-Vaals kuchlari (gidrofob o‘zaro ta’sir), vodorod bog‘, ion bog‘

Sorbsion muvozanat


Retseptor strukturalar konformatsiyasining o‘zgarishi


Хujayra membranalarining ionlar uchun o‘tkazuvchanli

gi

Biokimyoviy metabolitlar


Fermentlar, biosubstrat



-#-


Kataliz


Fermentlarning kinetik xossalarining o‘zgarishi

Biosubstrat

larning o‘zgarishi


Biokimyoviy xelat hosil qiluvchilar


Fermentlar kofaktorlari



Donor-akseptor o‘zaro ta’sir (koordina-

sion bog‘)


Kompleks hosil qilish



Fermentlar va fermentlar sistemasi funksiyasining o‘zgarishi

Metabolitlarni regulyatsiyalash


Yuqoridagi fiziologik faol moddalar tiplari ta’sir mexanizmi asosida tegishli agentlar ta’sirida nishonning alohida fragmentlari yoki strukturasini stabillashtiruvchi kuchlarning qayta quruvchi, o‘zgartiruvchi, qayta taqsimlovchi fizik-kimyoviy jarayonlar yotadi. Shunday qilib, fermentlar katalitik markazlari va retsepsiya faol markazlarining uchlamchi, to‘rtlamchi, beshlamchi strukturalaridagi o‘zgarishlar mexanizmlari haqidagi tasavvurlarning keyingi rivojlanishi fiziologik faol moddalar guruxlarining har biri ichidagi mexanizmlarining navbatdagi differensiatsiyasiga olib keladi. Ammo, retsepsiya haqidagi va xujayra fundamental fiziologiyasi haqidagi bilimlarning noaniqligi, fragmentarligi, yetishmasligi hamda ksenobiotiklar ta’sirining molekulyar mexanizmining turli tumanligi moddalarning bioob’ektlarga ta’sir mexanizmi bo‘yicha sinflashda katta, ko‘pincha yengib bo‘lmaydigan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu muammoni yechishda empirik sinflash yoki uning yanadi qulayroq varianti-pragmatik sinflash yordam beradi. Bunday sinflash mohiyati bioob’ektga kiritilayotgan aniq ta’sir mexanizmiga ega bo‘lgan dorivor preparatlarning fiziologik reaksiyalari parametrizatsiyasida empirik tashkillashtirilgan belgilar asosida birikmalar sinflarini shaklllantirishdan iborat. Fiziologik faol moddalarni sinflashga empirik yondoshishning muhim xususiyati o‘rganish natijalari asosida uzviy aniqlashtirish imkoni mavjudligidadir. O‘rganilayotgan biosistema tashkiliy darajasidan qat’iy nazar modda obrazi vektori barcha ishonchli empirik axborotni o‘z ichiga oladi. Bu holda sinflarning chalkashib ketishini nazorat ostiga olsa bo‘ladi va maqsadga bog‘liq ravishda birikmaning u yoki bu sinfga kiritish integrativ ishlov tarzida, masalan, taxmin chuqurligi va ishonchliligi qadam-baqadamligi bilan amalga oshiriladi.

Obrazlar vektori Х(Х1, ... , Хn) ob’ektlarning standart birligiga moddaning dozasi (konsentratsiyasi) va uning ta’sir vaqtini o‘z ichiga olgan barcha turlarini ta’sir parametrlarini bir tartibda birlashtirgan bo‘lsin. Bu holda fiziologik faol moddalar to‘plami ma’lum biologik (farmakologik) xususiyatlariga ega bo‘lishi bilan birgalikda, har bir konkret birikmaga konkret ta’sir tipiga xos bo‘lgan eksperiment ma’lumotlari asosidan o‘zgarishlarni bera oluvchi parametrlar qo‘yiladi. Bunda samara belgisi va yo‘nalishi barqarorligi doza va vaqtga bog‘liq ravishda hisobga olinadi. Shunda obrazlarning sinfiy mansubligi Хk(Xk) vektorlardan ma’lum bo‘ladi (Indeks k-faollik turi sinflanishi uchun zarur parametrlar ro‘yxatiga mos keladi). Empirik sinflash, dastavval, biologik tadqiqotlarda olinadigan parametrlarni optimallashtirish va baholashni standartlashtirish muammolarini hal qilish bilan bog‘liq. Biologik tadqiqotlar asosidagi farqlovchi belgilarning yetarli to‘plamini o‘z ichiga oluvchi to‘laqonli axborotni tanlab olish “mexanizm bo‘yicha” va empirik sinflash chegaralarida ma’lum qiyinchiliklarga uchraydi. Shuning uchun, bu ma’noda konret masalani hal qilishda har qanday pragmatik sinflash beqiyos darajada qulayliklarga ega.

Yetarli darajada kichik sinflarda to‘la identik bo‘lgan birikmani topish qiyin. Bu esa har bir moddani alohida sinf deb olishga va dorvor substansiyani etalon bilan solishtirib, o‘rganilayotgan birikma faollik spektrini aniqlashga majbur qiladi. Natijada, analogik xususiyatli modda haqidagi ma’lumotlar asosida yetarli bo‘lmagan xulosa olishga to‘g‘ri keladi.

Agar har bir modda uchun ommaviy tekshirishlar natijasida rr(Cx, t) va RR(Cx, t) bog‘liklari asosida ta’sir tipi va o‘xshashlikning asosiy chegaralari, “etalon” vektorlaridan farqi aniqlansa bu natijalarni miqdoriy indekslar va standartlashtirilgan R va r spektrlari bilan birgalikda “biologik faollik” tushunchasini ob’ektivlashtirish va aniqlashtirish uchun real asos deb hisoblasa bo‘ladi [RR1, ..., Rk-sifat va miqdoriy xossalar (parametrlar), r r1, ..., rk-kichik sistema sifat va miqdoriy parametrlari; Cx-doza (konsentratsiya) o‘zgarishi; t-vaqt oralig‘i].
Тayanch iboralar: fiziologik faollik, fiziologik faol moddalar, mediatorlar, retseptor ta’sirli moddalar, “mexanizm” bo‘yicha sinflash, empirik sinflash, pragmatik sinflash, biologik faollik.


Download 396,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish