92
12 iyun — bitirish kechasi;
20 iyun —yozgi ta’tilga chiqish kuni.
O’rta maktablarda o’quvchilarga o’zlari tanlagan yo’nalishlariga mos holda
predmetlar tanlashda ma’lum erkinliklar bor. Masalan, ingliz tili, ijtimoiy fanlar,
matematika, fizika predmetlari asosiy fan bo’lib, chet tillari, nafis san’at, kasb ta’limi
predmetlari o’quvchilarning xohish, istaklariga qarab qo’yilishi mumkin.
O’rta maktab o’quvchilari kundalik faoliyatida yarim vaqtni o’quv
sinflarida,
qolgan vaqtni esa laboratoriya, maydonlar, tajriba uchastkalari, amaliyot uchun
mo’ljallangan joylarda o’tkazadilar. 10, 11, 12-sinflarda
maktab-oila hamkorligi,
ayniqsa, mustahkam bo’ladi.Chunki ayni shu bosqichda o’quvchilarning kasb-
korlarga moyilligi to’la qaror topadi.
O’quvchilar va ota-onalarning istaklariga muvofiq, kasb-kor yo’nalishiga mos
keladigan predmetlardan olinadigan saboqlarni ko’paytirish mumkin. Boshqacha
qilib aytganda, o’quvchi kelajakda qaysi sohaga o’z hayotini bag’ishlashga ahd
qilgan bo’lsa, aynan o’sha yo’nalishdagi predmetlarni ustun darajada o’rganib,
tayyorgarlik ishlarini olib boradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
xulosa qilish mumkinki, AQSH o’rta maktablari
o’z o’quvchilariga uch yo’nalishda: akademik, kasb-kor, umumiy yo’nalishlarda
bilimberadilar. Ayni paytda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda hunar, kasb-kor asoslarini
bepib boradilar. Bular quyidagilar:
Birinchisi, qishloq xo’jalik kasblari ta’limi hisoblanib,
unda tinglovchilarga
fermerlik asoslari o’qitiladi va unda qishloq xo’jaligi bo’yicha menejmentlar
etishtirib beriladi. Bunday ta’lim Amerikaning bo’lg’usi fermerlari dasturi asosida ish
olib boradi.
Ikkinchisi, biznes ta’limidir.Unda o’quvchilarga tijorat, tijorat iqtisodiyoti, ichki
iqtisodiyot mutaxassisligi o’rgatiladi, bunday o’quv yo’nalishlarida bolalarda
muruvvat, bemorlarga g’amxo’rlik qilish, insonparvarlik tuyg’ularini tarbiyalash
masalalariga ham jiddiy ahamiyat beriladi.
Uchinchisi, savdo va sanoat ta’limi bo’lib, unda yoshlarga mahsulot ishlab
chiqarish va mexaniklik kasbi o’rgatiladi.
To’rtinchisi, qurilish ta’limi bo’lib, bu ta’lim tizimi orqali turli qurilish kasblari
bo’yicha bilim va ko’nikmalar beriladi.
By kasb dasturlari o’quvchilarni ana
shu kasblarga tayyorlashi ham, ularni shu
kasb-korni yanada chuqurroqo’rganish bo’yicha o’qishni davom ettirishga ham
tayyorlashi mumkin. Bundan tashqari, dasturning uchinchi turi ham mavjud bo’lib,
bu umumiy ta’lim (akademik) dasturidir. Bu dastur kasblar yuzasidan umumiy
tushuncha beradi vao’quvchilarga kasblarning o’ziga
xos xususiyatlarini ochib
beradi.
AQSHda har bir o’quvchining fanlar bo’yicha olgan bilimlarini jamlovchi
attestatlar mavjud.U o’quvchilarning oliy o’quv yurtlariga kirishlarida ana shu
attestat nusxalari topshiriladi.Kollejlarda o’qish istagida hujjat topshirgan o’quvchilar
yuqori o’rta maktabning so’nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan
o’tkaziladilar. Test sinovlarini amalga oshirish maxsus ta’sis etilgan ta’lim test
xizmati hamda Amerika kollejlari test sinovlari xizmati tomonidan ado etiladi. Test
93
sinovlari tegishli bilimlar bo’yicha o’quvchilarning saviyasini belgilab berishdan
tashqari o’g’il-qizlarningtanlagan kasbiga layoqatini vaqobiliyatini ham aniqlaydi.
Chunki o’quvchi
tanlagan kasb uning tabiatiga, sog’lig’iga, dunyo qarashiga
mos kelmay qolishi mumkin. Test sinovlarida attestatda ko’rsatilgan ballar
umumlashtiriladi vao’quvchilar tomonidan berilgan tavsifnomalar e’tiborga olinib,
kollejga kiruvchining taqdiri belgilab beriladi.
Odatda o’quvchilarga dastlabki 6 yil davomida barcha o’quv predmetlari
bo’yicha bir o’qituvchi bilim beradi.Keyingi 6 yil ichida esa har bir predmet bo’yicha
alohida o’qituvchi belgilanadi.
Ayrim maktablar o’quvchilarining o’quv predmetlarini o’zlashtirishda eng yangi
o’quv vositalarini qo’llash vao’rganilayotgan darsliklarni programmalashtirish tufayli
katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdilar. Maktablarda qo’llanishi mumkin bo’lgan
vositalar
elektron
yozuv
apparatlari
(kolligrafiya
vayozuv
qoidalarini
takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar), ta’lim televideniesi, qo’lda
ko’tarib yuradigan elektron tillaboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter
va hokazolardan iborat.
Maktablar ishini tashkil etishdagi yana bir o’ziga
xoslik shundaki,
o’quvbinolaridan butun yil davomida foydalanib turiladi. 1970 yillarda Amerika
maorifchilari tomonidan ilgari surilgan «Maktab eshiklari doimo ochiq bo’lsin»
degan chaqiriqhozir ham amalga oshirilayotir.Yozgi ta’til kunlarida ham maorifchilar
yoshlarga turli mashg’ulot va o’quvlar taklif qiladilar, maktab o’quvchilari bilimini
chuqurlashtirish, ular uchun kollejlarga tayyorlov kurslarini tashkil qilish bilan band
bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: