Ijtimoiy me’yor – Jamiyat hayotiga muvofiq belgilangan madaniy qadriyatlarga monand va jamiyatning barqarorligi hamda yaxlitligini ta’minlovchi huquqiy, ma’naviy-axloqiy xo‘lqiy va insonlar faoliyatini, hatti-harakatini boshqaruvchi standartlar.
Deviant xulq - Ijtimoiy va axloqiy me’yorlarga mos kelmaydigan, guruhlar yoki yaxlit jamiyat uchun muvofiq bo‘lmagan xulq-atvor.
Delikvent xulq - O‘rnatilgan huquqiy me’yorlarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib keluvchi hatti-harakatlarni sodir etuvchi hulq-atvor.
Qarovsizlik – Ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tarbiyalash haqidagi g‘amxo‘rlik qilinmaydigan bolalarning xulq-atvori, nazoratsiz qoilishi.
Ijtimoiy-pedagogik profilaktika- negativ xulq-atvorli bolalarning ijtimoiy og‘ishganlik holatlariga olib boradigan asosiy sabab va haroitlardan ogohlantirishga yo‘naltirilgan tashkiliy-tarbiyaviy chora-tadbirlar yoki sog‘lig‘i sababli jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan (nogiron bolalar), ijtimoiy maqomi o‘zgargan (etim bolalar), hulqiy og‘ishgan (qarovsiz bolalar), huquqbuzar bolalar va boshqalarning oldini olish choralari.
“IJTIMOIY PEDAGOGIKA” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL
ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI.
“Ijtimoiy pedagogika” bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uyga vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim Modullarni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda Modul bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va Modulni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Talabalarning mustaqil ishlari har bir ma’ruza Modulsi asosida tashkil etiladi. Fanni o‘rganish jarayonida mustaqil ishlarning bir necha turlaridan foydalaniladi:
adabiyotlar bilan ishlash;
ijodiy ish;
ba’zi mavzular bo‘yicha referatlar tayyorlash.
“Ijtimoiy pedagogika” fanidan mustaqil ta’limini tashkil etishning shakli va mazmuni
Do'stlaringiz bilan baham: |