1. XXSR boshqaruvi va unda yuz bergan o’zgarishlar
Turkfront inqilobiy qo’mitasi raisi I.R.Fonshteyn bu haqida :”Biz bu
yerda darhol aniqlangan dahshatni hech qayerda ko’rishga to’g’ri kelgani
yo’q.Bu oshkora tashkil etilgan harbiy talonchilik edi…Xotin-qizlarni olib
ketish,ularni huddi tutqunlar,qullar kabi asrash,Petroaleksandrovskdagi va
Xivadagi bozorlarda kimoshdi qilib sotish,Xiva saroylarini talash,qizil askarlar
tomonidan birinchi uchragan odamning mol-mulk to’plashdan bosh tortish
bahonasida otib tashlanishi sodir bo’ldi ”-deb tasvirlaydi
1
.
1920-yil 1-fevralda Xivada xon taxtdan voz kechdi, 2-fevralda yangi
hokimiyat o'rnatilgani e'lon qilindi. Yosh xivaliklardan iborat muvaqqat hukumat
eski, xon davridagi boshqaruv mahkamalarini tarqatib yuborish, yangi hokimiyat
organlari, qonun-qoidalarni joriy qilishga kirishdi.Xalq noroziliklari kuchaydi. Xon
davri soliqlarini bekor qilish, sudlov, vaqf mulklari, pul muomalalari, yangi soliqlar
to'g'risidagi bir qator dekretlar shoshilinch qabul qilindi.Xivada inqilobiy qo’mita -
5 kishidan iborat muvaqqat koalitsion hukumat tuzildi.
Muvaqqat inqilobiy qoʻmita — revkom (raisi Mulla Jumaniyoz
Sultonmurodov) tuzilgan. Bu qoʻmita 2 oy davomida ham qonun chiqaruvchi, ham
ijro qiluvchi hokimiyat vazifasini bajargan. 9 aprelda mazkur qoʻmita ishini
yaxshilash maqsadida uning tarkibida 10 kishidan iborat dastlabki xalq hukumati —
Nozirlar Shoʻrosi tashkil qilindi. Unga quyidagilar kirishdi:Jumaniyoz
Sultonmurodov -Muvaqqat inqilobiy hukumat raisi; tashqi ishlar noziriOdamoxun
Ortiqov- hukumat raisi yordamchisi,Mulla Navroʻz Roʻziboyev -hukumat
kotibi,Mulla Oʻroz Xoʻjamuhamedov- hukumat kotibi yordamchisi, Matlapoboy
Madrahimov moliya noziri, Shayxutdin Hasanov- harbiy ishlar noziri, Polvonniyoz
Hoji Yusupov oliy — davlat nazorati noziri, Eshchonqori Jabborqulov -xalq
xoʻjaligi noziri, Mulla Bekjon Rahmonov maorif noziri,Bobooxun Salimov adliya
noziri 26-aprel kuni xalq vakillarining Butun Xorazm I qurultoyi Xorazm Xalq
Sovet Respublikasi tuzilganini e'lon qildi. Respublika hukumati - Nozirlar sho'rosi
tayinlandi. Polvonniyoz Hoji Yusupov Hukumat raisi. Jumaniyoz Sultonmurodov,
Qo’shmamedxon Sapiyev, Uning muovinlari, Bobooxun Salimov-Adliya noziri
Xorazm xalq sovet respublikasi (XXSR) (19201924) - Xiva xonligi hududida xonlik
tuzumi agʻdarib tashlangach, yuzaga kelgan xalq respublikasi
2
.
Maydoni 62.200 km2, aholisi 550 ming kishi (1920). Milliy tarkibi, asosan,
oʻzbeklar (65%), qisman turkmanlar (26,8%), qoraqalpoqlar (3,8%), qozoqlar
(3,4%) va boshqalardan iborat. Ma'muriy jihatdan respublika 4 viloyat va 26ta
tumanga bo'lingan. Hazorasp, Urganch, Toshhovuz, Xo'jayli. Xorazm respublikasi
Konstitutsiyasi I Butun Xorazm xalq qurultoyida qabul qilingan bo'lsa ham, bu
1
Abdullaev R.M., Azamxodjaev S.S., Alimov I.A. i dr. Turkestan v nachale XX veka. K istorii istokov nasionalnoy
nezavisimosti. – T.: Sharq, 2000. 167-b
2
Jo‘raev M., Nurullin R., Kamolov S. O‘zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. “O‘zbekistonning yangi tarixi”.
II jild. – T.: Sharq, 2000. 237-b
6
masala takror ko'rildi. II va III qurultoylarda Konstitutsiya to'la-to'kis qabul qilindi,
ammo IV qurultoy (1923-yil oktabr) unga jiddiy o'zgartirishlar kiritdi.
Konstitutsiyaning asosiy g'oyasi barcha fuqarolarning tengligi, jamiki boyliklar, yer-
suv xalqniki kabi tamoyillardan iborat bo'ldi.Hokimiyat xalq vakillari qatnashgan
boshqaruv organlari tizimi shaklida tarkib topdi. Oliy hokimiyat xalq vakillari Butun
Xorazm qurultoyi keyinchalik u sovetlar qurultoyi deb ataladigan bo'ldi. Ijroiya
hokimiyati -xalq nozirlari soveti, shuningdek,mahalliy tuzilmalar - mahalliy sovetlar
edi.Revkomlar va hukumat tayinlaydigan 3-5 kishidan iborat xalq vakillari sovetlari
tashkil etildi.
Qozikalon o'z o'rnida qoldi, shu bilan birga oliy sud (qozilik kollegiyasi) joriy
qilindi, joylarda qozilar o'rniga adliya mahkamalari tashkil etildi. Qozilar
belgilangan maosh olishga ko'chirildi, chakana daromad olish man qilindi. Maorif
va madaniyat nozirligi tarkibida vaqf mulklari boshqarmasi tuzildi.1921 y. 6 martda
Xorazmda qizil askarlar uyushtirgan harbiy davlat toʻntarishidan keyin P. Yusupov
hukumati ham agʻdarib tashlandi. Hukumatning sobiq raisi yashirinishga ulgurdi.
Biroq oradan koʻp oʻtmay u qamoqqa olindi. Bolsheviklar koʻplab nozirlarni otib
tashlashdi. Yosh xivaliklar partiyasining faoliyati taqiqlangan. Xorazm
Kommunistik partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi (1921 y. dekabr.).
XXSR davlat boshqaruvi jihatidan xalq demokratik respublikasi hisoblangan.
XXSR Konstitutsiyasiga muvofiq, davlat hokimiyatining oliy boshqaruv organi,
Butun Xorazm xalq vakillari qurultoyi, qurultoylar oʻrtasida — XXSR Markaziy
Ijroiya Qoʻmitasi hisoblangan. Ijro qiluvchi oliy organ (hukumat) — Xorazm Xalq
Nozirlar Shoʻrosi sanalgan. Biroq, asosiy hokimiyat XXSRda turgan sovet Rossiyasi
va SSSRning turli favqulodda organlari qoʻlida boʻlgan. Afsuski, Xorazmda
hokimiyatning yangi organlari faoliyati bu gal ham uzoqqa choʻzilmadi. 1921 y.
sentabr oyida boʻlgan XXSR MIK majlisida "Oʻz vazifasini bajara olmagan va ishni
chalkashtirgan" degan soxta ayblar bilan M. Olloberganov oʻz lavozimidan olib
tashlandi va oʻlimga hukm qilindi
1
.
Umuman olganda, XXSR mavjud boʻlgan qariyb 5 yil davomida bolsheviklar
tomonidan XXSR MIK raislari va hukumat boshliqlarining har biri 10 martadan
o’zgartirildi. Xorazmda oʻtkazilgan bunday davlat toʻntarishlari oqibatida oʻzbek
xalqining koʻplab asl farzandlari qatagʻon qilindi.Respublikada rus harbiylari va
bolsheviklar tashkil qilgan tribunallar ham bo'lib, ularning ishi siyosiy yo'naltirilgan
edi. Tribunallar xohlagan ishni o'z tasarrufiga olib ko'rar, inqilobiy qonunchilik
asosida hukmlar chiqarar va ularni ijro etardi. 1921-yil oxiri - 1922-yil yozi davomi-
da 32 ta ish ko'rilib, ularning 10 tasi bo'yicha oliy jazo chiqarildi. O'limga hukm
etilganlar orasida hukumatning sobiq a'zolari ham bor edi.
Qisqa vaqt ichida tribunallar yana 23 ish bo'yicha oliy jazolar chiqardi.
Qoziliklar, yangi adliya mahkamalari esa, asosan, shariat yuzasidan ish
1
Matkarimov M. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi: davlat tuzilishi, nozirlari va iqtisodi. – Urganch: Xorazm, 1993.
53-b
7
yurgizardilar. Xorazm aholisi, uning turli qatlamlari va vakillari yangi sharoitlarda
boshqaruv organlarini tashkil etishda va ularning faoliyatida qizg'in ishtirok etdilar.
Jamiyatda barqarorlikni joriy qilish, iqtisodiy-xo'jalik hayotini yo'Iga qo'yish uchun
sa'y-harakatlar qilindi. Hokimiyatni dastlab Yosh xivaliklar partiyasi bosh-qardi.
Uning siyosiy yo'lini 1920-yil 8-aprelda qabul qilingan «Xiva inqilobiy partiyasi
dasturi» hamda 30- aprelda qabul qilingan respublika Konstitutsiyasi
belgiladi.Xorazm kompartiyasi - xon hokimiyati ag'darilgandan so'ng Turkiston
bolsheviklari homiyligi ostida tashkil topdi, so'1-ekstremistik siyosatni o'tkazish
vositasiga aylandi. Xorazm kompartiyasining I qurultoyi 1921-yil 10-11-dekabrda
o'tib, uning a'zolari soni 1200 kishini tashkil qildi. RKP(b) tomonidan o'tkazilgan.
Respublikaning xo'jalik boshqaruv organlari tashkil topdi. Xorazm Iqtisodiy
Kengashi (1923-yil) raisi M.Burhonov edi. 1924-yil bahorida respublika davlat plan
komissiyasini tuzishga kirishildi.Bu organlar O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashiga
bo'ysunar edi. Xorazm Iqtisodiy Kengashining tuzilishi va faoliyat ko'rsatishi
Xorazm respublikasining Rossiyaga iqtisodiy qaramligini kuchaytirdi.Hokimiyat
tizimining cheklanmagan darajada ken-gayib borishi, shuningdek, siyosiy sabablar
bilan o'zgartirilishi ham ko'zga tashlandi. Chunonchi, 1923-yil kuzida davlat
apparati 10 marta qisqartirildi, «chistka»lar o'tkazildi.1920 —21 yillarda XXSRda
agrar sohada dastlabki oʻzgarishlar amalga oshirilib, 10 ming desyatina yer
dehqonlarga boʻlib berildi. Dehqonlarga kredit xisobidan 5 ming chorva mol sotildi.
Davlat dehqonlar bankini taʼsis etishga qaror qilindi. Bankka 3 mlrd. soʻm mablagʻ
ajratilgan.
Xullas, 1921 —22 y.larda 400 ming tanobdan ortiqroq yer kambagʻal
dehqonlarga berildi. XXSRda iqtisodiy siyosat va xoʻjalik sohasidagi islohotlar
ziddiyatli tarzda kechdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet
Rossiyasining taʼsiri kuchliroq boʻlganligi uchun sinfiy yondashuv yaqqol namoyon
boʻldi. Soliq toʻlashni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida davlat banki va soliq palatasi
tashkil qilindi. 1923 y. iyunda hunarmandchilik va sanoat sohasidagi soliqlar ham
bir tizimga solinib, davlat sanoat soligʻi joriy qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat
(NEP)ning eʼlon qilinishi bilan XXSRda karvonsaroylar, korxonalar, koʻllar va
toʻqaylar ijaraga berila boshlandi. Telefon simlari tortilib, daryo kemachiligi
tiklashga kirishilgan.Respublika tuzilgan dastlabki oylarda Xorazmda g'oyaviy-
siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Buning sabablari Yosh xivaliklar, aholining
ko'pchiligiga xos bo'lgan liberal, demokratik g'oyalar bilan so'l-ekstremistik
inqilobiy siyosat o'rtasidagi nomuvofiqlik va ziddiyatlar bo'ldi.
Yosh xivaliklar hukumati, respublika MIK, boshqa milliy rahbar doiralar
sharoitni, aholining urf-odatlari, qadriyatlarni e'zozlab ish olib bordilar.Ammo
qurolli tajovuz jarayonida Xorazmga kirib kelgan qizil qo'shin-lar, ularning
qo'mondonligi, dastavval yevropalik bol-sheviklar respublikadagi ijtimoiy-siyosiy
hayotga salbiy ta'sir ko'rsatdilar.1920 yil 13 sentabrda Moskvada RSFSR bilan
XXSR oʻrtasida 24 moddadan iborat Ittifoq shartnomasi va 15 moddadan iborat
8
iqtisodiy bitim tuzilgan. Ittifoq shartnomasiga binoan, sovet Rossiyasi XXSR
mustaqilligi va daxlsizligini rasmiy surʼatda tan olgan.Ittifoq shartnomasining
17moddasi asosida alohida harbiy-siyosiy bitim ham tuzilgan. Unda Xorazm qizil
armiyasi RSFSR homiyligi ostida tuzilishi taʼkidlangan.Bu shartnomalar
Xorazmning RSFSR ga qaramligini kuchaytirdi va Xorazmdagi Sovet tuzumning
mustahkamlanishiga olib keldi. Yosh hukumat quyidagilar bilan shartnomalar
imzoladilar: Turkiston ASSR, Finlyandiya Germaniya, Afg’oniston, Turkiya,
Shvetsiya, Eron.
Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR). 1923 y. 17 -20 oktabrda
boʻlgan Butun Xorazm xalq vakillarining 4 qurultoyi XXSRni Xorazm Sovet
Sotsialistik Respublikasi (XSSR)ga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 20
oktabrda XSSRning 5 boʻlim va 12 bobdan iborat yangi Konstitutsiyasi qabul
qilindi. Bu Konstitutsiya mamlakatning sotsialistik qurilish yoʻliga oʻtishini qonun
yoʻli bilan mustahkamladi. Unga muvofiq:y erning xususiy mulk ekanligi bekor
qilindi.vaqf yerlari butunlay tugatildi. Mavjud yerlar umumxalq mulki deb eʼlon
qilindi.Qozixonalar faoliyati taqiqlanib, sovet sudlari tashkil qilindi. barcha vaqf
mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga berildi.Butun Xorazm xalq vakillarining
5qurultoyi (1924 y. 29 okt. — 2 noyabr) Oʻrta Osiyoda milliy hududiy
chegaralanish munosabati bilan XSSR tugatilishini eʼlon qildi.
XSSRning oʻzbeklar yashaydigan 23 ta tumani yangidan tashkil qilingan
Oʻzbekiston SSR tarkibiga Xorazm viloyati qilib kiritildi. XSSRning qolgan
hududlari Turkmaniston SSR va Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR
tarkibida)ga qoʻshildi. 1924 y. 23 noyabrda XSSR MIK va 30 noyabrda Xalq
Nozirlar Shoʻrosi oʻz faoliyatini toʻxtatdi
1
.
Xulosa qilib aytilganda Ahmad Zakiy Validiyning Germaniyada chiqqan
“Turkiston masalasi” asarida “Turkiston uchun istiqlol barcha ishlarning
boshidir. Turkiston ruslarning qaysi idora usulida yashamasin, yurtni o’zi
istagandek idora eta olmaydi.” –degan edi. Sovetlar Xorazm va Buxoroni dastlab
protektorat, keyin Xalq respublikalari, Sovet respublikalari deb e’lon qildilar.
Lekin qaysi boshqaruv usuli qo’llanmasin, qaramlik davom etaverdi. Bu davrda
sovetlarning xalqqa nisbatan tazyiqi kuchaydi. Ularni xaq-huquqlari poymol
etildi. Yangi tuzum va uning ijobiy chora-tadbirlarini aholi maʼqullab kutib oldi.
Joylarda inqilobiy qoʻmitalar tuzildi. Biroq yangi hokimiyat tomonidan
mulkdorlar tabaqasiga nisbatan koʻrilgan qattiq choralar, ularga tegishli butun mol-
mulkning musodara qilinishi, saroy aʼyonlari va amir amaldorlarining yoppasiga
hibsga olinishi va otib tashlanishi, amir va xon xazinasining Moskvaga olib
ketilishi, majburiy oziq-ovqat "razvyorstkasi" va uning qattiqqoʻllik bilan amalga
oshirilishi, islom dini va ulamolarga nisbatan dushmanlik siyosati, respublika
hududida turgan qizil armiya taʼminotining aholi zimmasiga yuklatilishi, buning
1
Muxammadberdiev K. Istoriya Xorezmskoy revolyusii. – T., 1986. 294-b
9
ustiga, qizil askarlarning bosqinchilik va talonchilik "faoliyati" haqqoniy ravishda
xalqning kuchli noroziligiga sabab boʻlgan edi. Asrlar davomida asrab
kelinayotgan xalqimizning urf-odatlari,qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik edi.
Biz bu tariximizning hasratli sahifalarini unutmasligimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |