Mavzuning ob’ekti va predmeti
Buxoro amirligi tarixi, davlat boshqaruvi,
mansab, unvonlar va ularning egalarini vazifalari, harbiy ta’minot, harbiy kuch
boshqaruv tizimini yaratilish, harbiy kiyim, harbiy mashq va harbiy taktika hamda
mudofaa qurollari va mudofaa tizimi harbiy va diniy unvonlar va ularning
egalarining vazifalarini keng qamrovli tarzda o`rganish, o`z o`rnida Xiva va Qo`qon
xonligi mansab va unvonlari bilan qiyosiy tahlil qilish mavzuning dolzarbligini
belgilaydi. XVI – XX asr boshlarida Buxoro (xonligi) amirligida 3 ta sulola –
shayboniylar (XVI asr), ashtarxoniylar (XVII – XVIII asr o`rtalari) va mang`itlar
(XVIII asr o`rtalari- XX asr boshlari) hukmronlik qilganlar. Bu sulolalar
1
Каримов. И - «Тарихий хотирасиз - келажак йуқ» Тошкент., “Шарқ”, 1998. 14-б
4
hukmronligi davrida xonlikning siyosiy nufuzi, kuch-qudrati yuqori darajaga
ko`tarilib borganligi hamda uchta sulola vakillari idora
5
qilganliklari sababli Buxoro xonligini Shayboniylar davlati, Ashtarxoniylar davlati
va Buxoro amirligi deb alohida o`rganiladi.
Buxoro davlatida XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mang`it
sulolasining namoyandalari hukmronlik qilgan. Buxoro amirligi mang`itlar davri
tarixi turli mahalliy manbalar va ilmiy adabiyotda yoritilgan.Ushbu sulola
hukmronligi 1920 yilgacha davom etdi. Sulola hukmdorlari o`zlarini “amir” deb
atadilar.
Mavzuning maqsad va vazifasi
Buxoro amirligining tarixini manbalar va arxiv
hujjatlariga tayangan holda amirlikda mansab unvonlar, harbiy lavozim, ularning
egalarining vazifalari, lavozim egalarining davlat boshqaruvidagi o`rnini, harbiy
mashqlar, harbiy taktika, o`ziga xos mudofaa tizimini yaratilganini ko`rsatib o`tish
(imkon bo`lsa ismi sharifi bilan keltirish) ishning maqsadini belgilaydi. Buxoro
amirligining XIX asr oxirgi o`n yilliklari – XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy
tarixini, davlat boshqaruvini, diniy- huquqiy va harbiy boshqaruv masalalarini
o`rganish bizga muhim xulosalarni chiqarishga imkon beradi.
Biz o’rgangan Buxoro amirligida Olimxon davrida ko’p bo’lmasada
o’zgarishlar amalga oshirilgan. Bu davrni yoritib berishda biz asosan amirlikda ijod
qilgan olimlarning asarlaridan o’rganishimiz mumkin. Bugungi kunda arxivda
saqlanib kelayotgan Buxoro amirligiga tegishli bo’lgan hujjatlardan ham ushbu
davrni sezirarli darajada o’rganishimiz mumkin. Ushbu arxiv hujjatlar O’zbekiston
Milliy arxiv fondida I-126 fondda saqlanib kelinmoqda.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |