2.
Buxoro amiri Olimxon davrida markaziy va mahalliy
boshqaruvida faoliyat yuritgan davlat muassasalari va amalga
oshirilgan islohotlar
1910-yilda amir Abdulahadxon vafot etganidan so`ng taxtni hukmdorning
o`g`li Sayid Olimxon egalladi. Sayid Olimxon 13 yil davomida Buxoro
madrasalaridan birida islom ilohiyotshunosligi ilmini o`rgandi. 1893-yili otasi uni
Peterburgga o`qishga jo`natdi, bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat
boshqarish asoslarini o`rgandi. Amirlik taxtiga o`tirgan Sayid Olimxon Buxoroda
davlat asoslari va diniy tizimni o`zgartirish taraddudida bo`lmadi. Ammo
Rossiyadagi voqealar va amirlikning o`zidagi muxolifatchi kuchlar uni chora-
tadbirlar ko`rishga va jadidlarning mamlakatni demokratlashtirish va jslohotlar
o`tkazish to`g`risidagi talablariga yon berishga majbur qildi. 1917-yil 7-aprelda,
boshqozi hukmdor qabulxonasida Rossiya rezidenti ishtirokida mamlakatda
islohotlar o`tkazishga va’da bergan, arrtmo amirning mavjud tuzum asoslariga daxl
qilmaydigan va xalqning ahvolini o`nglamaydigan manifestini o`qib eshittirdi.
Manifestda odil sudlov hamda xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning
barqaror asoslarini yaratish haqida so`z borgan. Sanoat va savdoni rivojlantirishga
e’tibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni ijro etganlik uchun
qandaydir qo`shimcha muzd olish taqiqlangan holda davlat tomonidan qafiy belgilab
qo`yilgan maosh ta’sis etildi. "Biz tomonimizdan, — deyiladi manifestda, —
inchunin, shariat amri bilan mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirish va
rag`batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko`riladi". Amir, shuningdek, o`z
xazinasidan alohida bo`lgan davlat xazinasi ta’sis etishga va davlat ehtiyojlariga
kirimlar va chiqimlar aniq hisoblab boriluvchi budjet belgilashga ham va’da
bergandi.
Manifestda bosmaxona ochish, zindonlardan mahbuslarni ozod qilish va’dasi
berilgan va hatto davlatda o`zini-o`zi boshqarish haqida so`z yuritilgan edi. Ana shu
maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi "tiniq fikrli va oqil" odamlardan
"assambleya" (majlis) tuzuvchi "niillafni saylash ham mo`ljallangan edi.
Manifest quruq va’dalarsiz hammabop jumlalar bilan tuzilgan bo`lsa-da, jadidlar
safiga katta g`ulg`ula soldi. Yoshbuxoroliklar rahnamolari (manifestni amalga
oshirish maqsadida tuzilgan qo`mita yoshbuxoroliklar qo`mitasi deb atalgan)
keyingi harakatlar borasidagi fikr-mulohazalarda so`zni bir joyga qo’ya olmadilar.
Boshqalar, ancha radikal hisoblangan Fayzulla Xo`jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon
Xo`jalar yanada chuqur islohotlar talab qilib, zudlik bilan namoyish o`tkazishga
da’vat etdilar. 1917-yil 8-aprelda jadidlar Kerki va Buxoroda namoyishlar
o`tkazishdi. Buxoroda namoyishga to`plangan 150 kishiga Fayzulla Xo`jayev va
Abdurauf Fitrat rahbarlik qilishgan. Shiorlarda "Yashasin, Amir!" qatorida
"Hurriyat, Adolat, Muravvat!" qabilidagi boshqa daVatlar ham bor edi. Ammo
namoyishga chiqqanlar yetib kelishganida ularni amir namoyishchilarga qarshi
yo`llagan 200 piyoda va 300 otliq sarboz kutib olgan. Shu bilan birga ark ostonasi
14
islohotlarga qarshi chiqqan ancha uyushqoq mullalar tomonidan egallab olingan edi.
Mullalar 7 mingdan ziyod bo`lib, ark tevaragidagi maydon ularning sallalaridan
oqarib ko`rinar edi. Mullalar arkka yaqin kelishga botingan har qanday kishini
o`ldirishga va’da berdilar. Namoyishchilarga toshlar yog`dirilib, ularni do`pposlay
va haqoratlay boshladilar. 30 dan ziyod namoyishchi hibsga olindi, ko`plariga tan
jarohati yetkazildi, qolganlari boshqa shaharlarga qochib qutulishdi. Buxorodagi
voqealar jadidlar uchun sergaklantiruvchi saboqqa aylandi. Ma’rifatli hukmdor
sifatida tasawur etilgan Sayid Olimxonga e’tiqod abadiy ko`mib tashlandi. Rasmiy
islohotlar boshlanmasdan oldin to`xtatildi.
Bu safar amir hukmronligi saqlab qolindi, biroq uning uzil-kesil tugatilishi ikki
yilga uzaytirildi, xolos.
Buxoro xonligida davlatni boshqarish boshqa xonliklardan
deyarli farq qilmagan. XVI – XVII asrda otaliq lavozimidagi shaxs xonning o’ng
qo’li hisoblanib, u butun mamlakatni boshqargan. Naqib harbiy ishlar va tashqi
siyosat bilan shug’ullangan. Vaqf yerlarni nazorat qilish sadrlar zimmasiga
yuklatilgan. Shuningdek, qo’shin uchun alohida qozi (qoziaskar) tayinlangan.
Qonunshunoslikka va umuman shariatga doir muhim masalani echish va hayotga
tatbiq etish a’lam zimmasida bo’lgan. Devonbegi otaliq mansabidan keyin turgan. U
urush va sulh ishlari, ayrim viloyat boshliqlarini tayinlash va boshqa masalalar bilan
shug’ullangan. Parvonachi xon yorliqlarini topshirish va harbiy qismlarga
boshchilik qilish kabi vazifalarni ado etgan. Shuningdek, xonlikda yasovul,
eshikog’aboshi, miroxur, shig’ovul, amiri lashkar, to’pchiboshi, mirzaboshi,
xazinachi, mehtar, mirob, Qo’shbegi kabi lavozimlar bor edi.
Mang’itlar sulolasi davrida ham mustabid hokimiyat shakli mavjud bo’lib,
amir huquqi chegaralanmagan oliy hukmdor edi. Ijro etuvchi hokimiyatni bosh vazir
— Qo’shbegi boshqargan. U xon bilan bamaslahat ish yuritgan. Jamiyat hayoti shariat
qonunlariga asoslangan. Mamlakat murakkab davlat apparati orqali idora qilingan.
Masalan, moliya ishlari devonbegi kalonga, davlat xavfsizligi ko’kaltoshga, ichki
tartibni saqlash va nazorat qilib turish raisga topshirilgan. Buxoro amirligida
markaziy boshqaruv quyidagi asosiy idoralar orqali amalga oshirilar edi: amir –
davlat boshlig’i, Qo’shbegi — bosh vazir, (amir yordamchisi), otaliq, moliya idorasi,
vaziri harb, qozilik mahkamasi
1
.
Buxoro amiri hokimiyati cheklanmagan bo’lib, u bir vaqtning o’zida diniy va
dunyoviy hokimiyat boshlig’i edi. Shu bilan birga, amir — davlatning Oliy bosh
qo’mondoni, amirlik yerlarining oliy egasi hisoblangan. Mang’itlar sulolasining
uchinchi vakili bo’lmish Shohmurod (1785-1801) amirlik unvonini qabul qildi
2
.
Amirlik unvoni ilgari asosan, ko’pgina qo’shin boshliqlari va joylardagi turli harbiy
vakillarga berilgan bo’lsa, Muhammad Rahim davriga kelib esa amir unvoniga ega
bo’lgan birorta mansabdor shaxs qolmagan. Ta’kidlash joizki, Shoxmurod
tomonidan qabul qilingan amirlik unvoni tarixchi olim V. V. Bartol’d
ma’lumotlarida keltirilgan amir unvonidan keskin farq qiladi.
1
Xoliqova. R – Markaziy davlat boshqaruvi va tarixiga bir nazar. T:. 2004.
15
Ularning unvonlariga “said” so’zi qo’shib aytilgan. Amir yonida doimiy
ravishda uning shaxsiy yozishmalarini olib boruvchi ikki nafar kotibi bo’lgan.
Ularning birinchisi munshiy bo’lib, u barcha ishlar bo’yicha berilgan ko’rsatmalar
yozib borgan va amirga kelgan axborotlar, ma’lumotlarga hamda ma’muriy
vakillardan va alohida shaxslardan kelgan iltimosnomalarga, shikoyatlarga javob
berish bilan mashg’ul bo’lgan. Ikkinchi kotib - mushrif bo’lib, u sarupo berish,
qurol-yarog’ va shu kabilarni tarqatish haqidagi ko’rsatmalarni rasmiylashtirib
borgan. Amir tomonidan yuqorida zikr etilgan iltimosnoma, shikoyatlar va boshqa
xatlarga berilgan yozma javob - muboraknoma deb atalgan. Amir o’z navbatida,
hududiy tuzilmalardan doimiy xabarnomalar olib turgan.
Amirlikdagi barcha bekliklar beklari va qozilari chopar navkarlar orqali amir
huzuriga yozma axborotnomalar yuborib turganlar. Ularga amir nomidan tegishli
tartibda muboraknomalar jo’natilgan. Markaziy davlat boshqaruvini bir necha
idoralar yig’indisi tashkil etib, davlatning oliy boshqaruv organi — oliy davlat
mansabi hisoblangan Qo’shbegi tomonidan boshqariladigan davlat devonxonasi
(Qo’shbegi devonxonasi) hisoblangan
1
. Qo’shbegi mansabi ilgaridan mavjud
bo’lgan bo’lsada, XVII asrga kelib “otaliq” unvoniga nisbatan uning ahamiyati va
vakolat doirasi ancha toraygan. XVIII asrning o’rtalariga kelib Qo’shbegi mansabi
etakchi o’ringa chiqib, u davlat apparatining asosiy bo’g’ini sifatida barcha
boshqaruvning asosiy funktsiyalarini o’z qo’lida to’play borgan. Qo’shbegi mahalliy
beklar orqali markaziy davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir qatorda, chet
mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan olinadigan boj to’lovlari ustidan
nazoratni ham amalga oshirgan. Qo’shbegi lavozimiga davlatning tajribali,
ishbilarmon, siyosatdon kishilari tayinlangan. Nomzod avval devonbegi mansabida
faoliyat yuritgan bo’lishi lozim bo’lgan. U saroydagi eng yuqori unvon egasi sifatida
davlatda amirdan so’ng turgan. Turklardagi ulug’ vazir yoki Yevropadagi davlat
kantsleri singari Qo’shbegi amirning eng yaqin maslahatchisi va ishonchli kishisi
bo’lgan. Qo’shbegi bir vaqtning o’zida amirning shaxsiy muhrini saqlash, boshqa
davlatlar bilan aloqalarni nazorat qilish, shuningdek, moliya ishlarini boshqarish
kabi mas’ul vazifalarni ham amalga oshirgan.
Buxoro amirligida savdo-sotiqdan olinuvchi barcha bojxona to’lovlari
boshqaruvi ham Qo’shbegi qo’lida bo’lishi bilan bir qatorda, u yer solig’ini yig’ish
va yer-mulklarni berishni ham nazorat qilgan. Bulardan tashqari unga amir saroyi
xavfsizligini nazorat qilish vazifasi ham yuklatilgan. Aynan mana shuning uchun
ham amir shahardan boshqa joyga ketgan paytda u saroy darvozaxonasining unga
maxsus kurilgan joyida amir shaharga qaytguncha kutib o’tirishga majbur bo’lgan.
Har kuni kechqurun shaharning kechasi qulflanadigan darvozasi kaliti Qo’shbegiga
olib kelib berilgan va ertasiga ertalab esa kalitlar yana darvozabonlar boshlig’iga
qaytarilgan. Shuningdek, Qo’shbegi Buxoro shahri hokimi bo’lishi bilan birga,
16
beklarning oliy boshlig’i ham edi. Uning mahkamasidan markaziy hokimiyatning
ko’rsatmalari va qarorlari chiqib turgan. Qo’shbegi barcha ishlarni bevosita amirning
roziligi bilan qilgan va har kuni qilingan va qilinayotgan ishlar to’g’risida amirga
yozma yoki og’zaki axborot berib turgan. Otaliq - amirlik markaziy boshqaruvida
o’ziga xos vakolatga ega bo’lgan, mang’it hukmdorlarining tayanchi hisoblangan va
ularning hurmatiga sazovor bo’lgan mansab egasi. Binobarin, otaliq amirga ota
o’g’liga qilganidek xushmuomalalik bilan munosabatda bo’lishi lozim edi. Unga
Buxoro shahri va Samarqanddan Qoraqo’lgacha bo’lgan hududlarda suv taqsimotini
nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. O’z navbatida otaliq Shohrud kanali mirobligi
vazifasini ham bajargan. Buxoro amirligida ahamiyati bo’yicha uchinchi pog’onada
moliya idorasi – moliyaviy devonxona turgan. Ushbu davlat idorasini oliy moliyaviy
amallardan biri sanalmish devonbegi boshqarib, u davlat boshqaruv tizimida
ikkinchi mansabdor shaxs hisoblangan. Devonbegi davlat xazinasi, zakot (xorijiy
mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan tashqari) hamda soliqlarga nisbatan
umumiy davlat boshqaruvini amalga oshirgan
1
.
Buxoro amirligida davlat xazinasi amir xazinasidan alohida bo’lmaganligi
sababli amirning shaxsiy daromad va harajatlari alohida tartibda bo’linmagan edi.
Amirning ikki xazinasi bo’lib, uni bo’lish quyidagi tamoyilga asosan amalga
oshirilardi: ya’ni birinchi xazina asosiy xazina – sarf qilinmaydigan hamda daxlsiz
sanalib, ikkinchisi xazina esa – xarajatlar manbai hisoblangan. Amir an’anaga ko’ra
faqatgina otasi yoki bobosi tomonidan qoldirilgan daromadlarni sarf etib, o’zining
foydasini saqlab qo’yardi. Amirliqda markaziy idoralardan biri mudofaa va harbiy
masalalar bilan shug’ullanuvchi vazirlik bo’lib, ushbu idora bevosita to’pchiboshi
lashkar (harbiy zir) tomonidan boshqarilgan. To’pchiboshi lashkar davlatdagi barcha
otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan qo’shinni boshqargan.
Mang’itlar hukmronligi davrida ham Buxoroning davlat tizimida jiddiy
o’zgarishlar amalga oshirilmadi. Garchi oliy hukmdor amir unvoni bilan mamlakatn
boshqargan bo’lsada, Buxoro amirligi ham o’z tizimi, qonun-qoidalari, boshqaruv
tartiblari va butun mohiyati bilan Movarounnahrdagi o’rta asr musulmon davlatlari,
xususan, shayboniylar va ashtarxonitylar davlat tizimidan aytarli farq qilmaydi.
Davlat mutloq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga ega bo’lgan amir
tomonidan boshqarilar edi. Davlai hayotiga tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va
boshqa barcha masalalarda Buxorodagi bosh qarorgoh – arkda xal etilardi. Vaqti-
vaqti bilan Davlat Kengashi chaqirilib turilardi. Odatda 5 tadan 20 tagacha eng
yuqori amaldorlar a’zo bo’lgan bu kengashda davlat hayotiga talluqli o’ta muhim
masalalar ko’rib chiqilgan. Mang’itlar davrida ham davlat boshqaruvi ikki bo’g’inli,
ya’ni markaziy va mahalliy boshqaruvdan iborat bo’lib, ularning har biri muksulmon
davlatlariga xos bo’lgan murakkab boshqaruv tarmoqlariga ega edi.
Mang’itlar sulolasi davrida bosh vazir vazifasini Qo’shbegi mansabini
1
Ismoilov. M, Sharopov. A – Tarix atamalar lug’ati. Toshkent:. 2013. 36-b
17
egallagan shaxs bajargan. Davlat boshqaruvida devonbegi, parvonachi, otaliq,
dodxoh, xudaychi, mirzaboshi va boshqpa saroy a’yonlarining hamda shayxulislom,
qozikalon kabi diniy rahbarlarning ahamiyati yuqori bo’lgan. Mahalliy boshqaruv
viloyat beklari qo’lida edi. Ularning ham o’z boshqaruv tizimi bo’lgan. Mang’itlar
sulolasi davrida o’tkazilgan ma’muriy islohotlar tufayli davlatning asosiy ma’muriy
birligi bekliklar bo’lib qoldi. Amirlik hududi eng kengaygan Amir Nasrullo davrida
Buxoro tarkibida asosan 30 ta beklik bor edi.
Amirliklarning markaziy boshqaruv tizimida muhim o`rinni egallagan
ko`pgina mansab egalari harbiy sohada ham muayyan unvonlarga ega edilar. Buxoro
amirligida harbiy kuchlarning boshqaruvini muayyan tizimi shakllangan edi. Bu
tizimning eng yuqori pog`onasida oliy hukmdor amir turgan. U qo`shinning rasman
oliy ko’mondoni hisoblangan sanalsa-da, ko`p hollarda amalda qo`shinga boshchilik
qilish boshqa amaldorlar orqali amalga oshirilgan. Buxoro amirligida qo`shin
parvonachi tomonidan boshqarilgan bo`lib, u bosh ko’mondon mavkeiga ega
bo’lgan hollarni tasdiqlovchi holatlar ham tarixiy adabiyotlarda keltirilgan
1
.
Xonliklarda harbiy unvonlar deyarli bir xil bo`lgan. Buxoro va Qo`qon xonligiga oid
ma’lumotlar ya’ni XIX asr birinchi yarmida har ikki davlatda ham besh yuz askardan
iborat bo`linmaga pansodboshi, yuz askarga – yuzboshi, ellik askarga – panjaboshi,
o`nlikka – dahboshi rahbarlik qilgan.
O`rta Osiyo xonliklarida harbiylarni taqdirlash borasida an’analariga ko`ra,
janglarda alohida xizmat ko`rsatgan harbiylar, harbiy mansab va unvon egalari
ma’lum miqdordagi pul, yer, mol-mulk va qimmatbaho buyumlar bilan
taqdirlanganlar. Jumladan, harbiy harakatlar davrida o`zini ko`rsatgan harbiylar
ularning mansabi va xizmatiga mos ravishda turli-tuman tortiqlar: zarbof, shoyi, ip
matodan tikilgan to`nlar, sallalar, pichoq, kamar, qilichlar bilan mukofatlanganlar.
Yuqori mansab egalariga oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kamar,
pichoq va qilichlar taqdim etilgan.
Amirlikda harbiy harakatlarni rejalashtirish, harbiy kuchlarni jang maydonida
to`g`ri taqsimlash ishi naqiblar zimmasiga yuklatilgan edi. O`ziga xos shtab
boshlig`i sifatidagi bu shaxs XVIII asr oxirida Buxoroda bitilgan manba
ma’lumotlariga ko`ra, harbiy yurishlar paytida qo`shinning tuzilishi, qurollanishi va
joylashuvi, uning harakatlanishi va urush olib borishi borasida yetarli darajada
Jumladan, XIX asrning 20-yillarida Buxoroda bo`lgan E.K. Meyendorfning iborasi
bilan aytganda, amirlikda “polk komandiri” mavqeiga ega – to`qsoba, “bir necha
polklar komandiri” – dodxoh, qo`shin qo`mondoni yoki marshali mavqeiga ega
parvonachi kabilar mavjud edi. Xonlikdagi bunday harbiy unvonlar va mansablar
egalari umumiy nom bilan “sarkarda” deb ham atalgan.
Amirlikda harbiylar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning
1
O’zbekistonda harbiy ishi tarixidan (Qadimgi davrdan hozirgacha). D. Ziyoyeva m’sul muxarrirligi ostida.
Toshkent:. “Sharq”. 2012. 127-b
18
shikoyatldarini shu masalalar bilan shug`ullanuvchi maxsus amaldor qozi askar
ko`rib chiqqan. Harbiy jinoyatlar bo`yicha fatvo tayyorlash muftiy askar zimmasida
bo`lgan. Demak, amirlikdagi harbiylar va fuqarolik ishlari alohida – alohida
mahkamalar tomonidan ko`rib chiqilgan.96 Qozi – askar – bu mansab egalari
qo`shinda sudlov ishlari uchun mas’ul bo`lganlar. Harbiy sohada vujudga kelgan
huquqiy masalalar yechimi shu shaxsning hukmi bilan belgilanar edi. Muftiy -
askarlar esa harbiy sohada qozilar chiqargan hukmlarning to`g`riligini shariat
asosida tekshirib chiqqanlar.
Amir SHohmurod davrida qo`shin ikki qanotdan iborat bo`lgan. So`l qanotida
mang`it, kenagas, keriot, durman, qo`ng`irot, xitoy, qipchoq, o`taji, turkman, arlot,
qiyot, qirgiz, qalmoq, hofiz, o`rlon, tilod dastalari bo`lgan. CHap qanotida saroy,
bahrin, jaloyir, qangli, yuz, ming, nayman, qarluq, berqut, qushchi, arron, orlon,
qalmiq, fulodchi, qirq, olchin, major, chinboy, badyil, as, jibbirin, qilgiy, timoy,
masid, tatar, barlon, iloji, tangut, va shogirdpesha guruhlari joylashgan
1
.
1
Vohidov. Sh, Xoliqova. R – Markaziy osiyodag davlat boshqaruvi tarixidan. Toshkent:. 2006. 162-b
19
Do'stlaringiz bilan baham: |