Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI OZIQLANTIRISHDA OZUQA KOMPONENTLARINING ROLI



Download 156,5 Kb.
bet7/9
Sana30.03.2022
Hajmi156,5 Kb.
#518989
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ERKINOVA SORA

2.2.QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI OZIQLANTIRISHDA OZUQA KOMPONENTLARINING ROLI.
Ozuqalar - hayvonlarning turli tuyimli va mineral moddalarga bo‘lgan talabini qondirib, ularning sog‘ligi hamda mahsuloti sifatiga salbiy ta’sir qilmasligi lozim. Ozuqalar hayvonlar mahsuldorligi, serpushtligi va salomatligida o‘z aksini topadi.Hayvonlar mahsuldorligini 70% ozuqalarga bog‘liq. Shuning uchun har bir xo‘jalikda mo‘l-ko‘l yYem-xashak bazasini yaratish hayvonlardan yuqori mahsulot olish garovi hisoblanadi. O‘zbekistondagi fermer xo‘jaliklarida 1 bosh shartli qoramol uchun 3500- 4000 ozuqa birligi tayyorlash, chorva hayvonlarini to‘kis ozuqalar bilan ta’minlash imkoniyatini yaratib beradi. Buning uchun har bir xo‘jalikda yil boshida hayvonlarning ozuqalarga bo‘lgan talabi aniqlanib, shu asosda oziqa ekinlari joylashtiriladi. Oziqa ekinlarining yangi tur, navlarini joriy qilish, xashaki ekinlarni o‘stirishning yangi texnologiyalaridan foydalanish natijasida har gektar yerdan 100-150 s oziqa birligi yetishtirish choralarini ko‘rish kerak. O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning chegaralanganligi oqibatida yYem-xashak ekinlari uchun yetarli maydonlar ajratishning imkoniyati yo‘q, shuning uchun ko‘proq oziqalarni oraliq va takroriy ekinlar hisobiga yetishtirish taqozo etadi, ularning har gektaridan 250-300 s hosil olsa bo‘ladi. Asosiy xashaki ekinlar bedadan pichan holida 100-150 s, makkajo‘xori poya hisobida 300-400 s, lavlagidan 400-500 s hosil olish talab etiladi. Tayyorlangan oziqalarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish, tashish, saqlash ularning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, buning uchun har bir oziqani ko‘rsatilgan yo‘riqlar asosida saqlash alohida ahamiyat kasb etadi. YYem-xashaklarni yedirishdan oldin hayvonlarga tayyorlab berish ulardan samarali foydalanishning muhim omilidir. Qishloq xo‘jalik hayvonlariga talab qilinadigan ozuqa me’yorlari: Sigirlarning mahsuldorligi 3000 kg bo‘lganda-42 s ozuqa birligi; 4000 kg bo‘lganda-47 s ozuqa birligi; 5000 kg bo‘lganda-60 s ozuqa birligi. 42 s oziqa birligi quyidagi oziqalardan tashkil topadi: pichan-1,4 t, somon- 1,5 t, senaj-1,9 t, silos-2,4 t, ko‘q ut-6,6 t, yYem ozo‘qalar 870 kg. 1 bosh qo‘yga 1 yilga 5,0 s oziqa birligi; 1bosh otga yiliga 30 s oziqa birligi; 1 bosh tuyaga bir yilga 27 s oziqa birligi; 1 bosh urg‘ochi cho‘chqaga 15
Oziqalar to‘yimligi
Hayvon organizmining oziqlanishi – uning morfologik va funksional o‘zgarishining omili hisoblanadi. Bu ta’rif Ch.Darvinniki bo‘lib keyinchalik fiziologlar va zootexniklar tomonidan tasdiqlangan. I.P.Pavlov tajribalari natijasida turli oziqalarning hayvon oshqozon – ichak tizimi va ovqat hazm qilish fermentlarining faolligiga ta’siri ochib berilgan. Hayvonlar ovqat hazm qilish tizimini shakllanishida oziqalar muhim o‘rin tutadi. N.P.Chirvinskiy ma’lumotlariga qaraganda, qo‘zilar onasidan ajratilgandan keyin faqat dag‘al oziqalar bilan oziqlantirilganda ichaklari tanasiga nisbatan 44-51 marta, yYem qo‘shib oziqlantirganda esa faqat 33-38 marta uzun; oshqozon hajmi 1 kg tirik vaznga 800-900 va 270 ml ni tashkil etgan. Oziqlantirish ta’sirida qon aylanish, nafas a’zolari rivojlanib, hajmli oziqalarni ko‘p iste’mol qilgan hayvonlar ko‘kragi yaxshi rivojlanib, qorni hajmli, yonbosh do‘ngliklari orasi keng, tanasi uzun bo‘lishi qayd etilgan. Oziqlantirish organizmda modda almashinuv jarayonlariga ta’sir etib sog‘lom bo‘lish va yuqori mahsulot sifatini ta’minlaydi. Yetarli oziqlanmagan hayvonlarda har doim har xil yuqumsiz kasalliklar ko‘zgalishi xavfi mavjud, hamda uning mahsuldorligini kamaytirib, xo‘jalikda foydalinish davomiyligini qisqartiradi. Oziqlantirish hayvonlarning o‘sish va rivojlanishi, vazni va mahsuldorligini ta’minlaydi. To‘la qiymatli oziqalantirmaslik hayvonning o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi, hayvonlar tanasi yaxshi rivojlanmay, ensiz, kalta, bo‘lishi natijasida mahsuldorligi past bo‘ladi. Bejiz akadYemik M.I.Ivanov «oziqa va oziqlantirish hayvon organizmiga uning zoti va kelib chiqishiga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi » deb aytmagan.Hayvon organizmida modda almashinuvi tashqi muhitdan qabul qilgan oziqa, suv va havo ishtirokida ro‘y beradi. Tashqi muhitdan hayvon qabul qilib olgan oziqalar uning organizmida fizik va bioximik o‘zgarishlarga uchraganidan keyin bir qismi o‘zlashtirib olinadi, qolgan qismi tezak, siydik, ichak gazlari va nafas bilan chiqariladigan karbonat angidrid gazi bilan chiqib ketadi. Hayvon qabul qilib olgan to‘yimli moddalar organizmda energiya manbai, ya’ni tana haroratini saqlab turish uchun, a’zo va to‘qimalar hosil bo‘lishi, mahsulot ishlab chiqarishi, hamda modda almashinuvi uchun zarur suyuqliqlarga sarflanadi. Oziqalar tuyimligi umumiy yoki energetik, oqsil yoki protein, mineral va vitamin tuyimliliklarga bo‘linadi. Hayvonlar turi, yoshi, mahsuldorlik yo‘nalishi, mahsuldorligiga qarab tuyimli moddalarga talabi o‘zgarib turadi, shu boisdan oziqalar tuyimliligi oziqa va organizm munosabatida hayvon fiziologik holati va mahsuldorligiga qarab belgilanadi. Oziqalar kimyoviy tarkibini bilish asosida uning tuyimli moddalarining hayvon mahsulotlariga aylanishi, ularning hazm bo‘lishi va tuyimli moddalarni o‘zlashtirib olishga bog‘liq. Ozuqa normasi - hayvonlar hayotini saqlash va mahsuldorligini oshirish uchun zarur ozuqa moddalarning kundalik miqdori. Chorvachilik mahsulotlarini koʻplab yetishtirish va yem-xashakdan oqilona foydalanish mollarga beriladigan yem-xashakning sifati va miqdoriga, hayvonlarning ozuqaga boʻlgan talabi hamda xoʻjalik sharoitiga bogʻliq. Mollarga ozuqa bel-gilangan norma asosida beriladi. Ozu-qaning normadan kami ham, koʻpi ham hayvonlarga salbiy taʼsir etadi. Amalda qoʻllanish uchun tavsiya qilingan hozirgi Ozuqa normasi hayvonlarning ozuqa moddalarga boʻlgan umumiy talabi asosida tuzilib, ozutsa birligi bilan ifodalanadi

Download 156,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish