Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi



Download 161 Kb.
bet13/20
Sana16.06.2022
Hajmi161 Kb.
#676376
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Gen va gen konsepsiyasi haqida tushuncha, allel va alternativ belgilar

2.4.Genomika metodlari
Zamonaviy dunyoda biologiya, xususan genomika, proteomika va bioinformatika fanlarining rivojlanish holati, mamlakatning rivojlanish darajasini belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Aynan biologiya fanlari dunyoning rivojlangan mamlakatlarida meditsina, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligining rivojlanishini ta’minlovchi bosh kuch hisoblanadi va ularning iqtisodiyoti uchun xizmat qiladi. Oxirgi 20 yilda genomlarning tadqiqoti bo‘yicha juda keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilgan, xususan o‘nlab eukariot va prokariot organizmlarni genomlari batafsil o‘qib chiqilgan (sekvenslangan). Bu genomlar asosida o‘simliklarni qimmatbaho xo‘jalik belgilari uchun javobgar bo‘lgan (hosildorlikka, qurg‘oqchilikka, patogenlarga, zararkunanda hasharotlarga chidamli) genlari aniqlangan. Bu esa qishloq xo‘jalik o‘simliklarini yangi yuqori sifatga ega bo‘lgan navlarini yaratilishi uchun zamin bo‘lmoqda. Bundan tashqari, genomika, proteomika va bioinformatika metodlari yordamida meditsina amaliyotida odam kasalliklari uchun javobgar bo‘lgan genlar aniqlangan. Bugungi kunda irsiy, poligen va yuqumli kasalliklarga zamonaviy tashxis qo‘yish usullari yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy genomli texnologiya, tibbiyotda yangi yo‘nalishni – shaxsiy meditsinani rivojlanishiga asos bo‘ldi. Bu yo‘nalish – rivojlangan mamlakatlarning ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Yuqorida keltirib o‘tilganlarni O‘zbekistonda amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz hukumatining qarori bilan zamonaviy ilmiy tadqiqot muassasi – Genomika va bioinformatika markazi tashkil qilingan. Bu markaz mutaxassislari dunyo ahamiyatiga molik tadqiqotlar olib bormoqdalar va ularning ilmiy natijalari nufuzli xalqaro jurnallarda chop etib kelinmoqda. O‘zbekistonda bu yo‘nalishni yanada rivojlantirish, hamda yuqori saviyaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zR Vazirlar Mahkamasi protokol qarori bilan markazni rivoji uchun katta miqdorda mablag‘ ajratilgan. Markazda raqobatbardosh tadqiqotlarni olib borish uchun yangi avlod “Roche-454” sekvenatori sotib olinib ishga tushirilgan. Markazni 15dan ortiq mutaxassislari dunyoning, shu jumladan AQShning nufuzli ilmiy laboratoriyalarida genomika va bioinformatikadan o‘z malakalarini oshirmoqdalar. Respublikamizda “Genomika”ni rivojlantirish zamonaviy fan tarmog‘laridan biri bo‘lgan bu sohada yuqori saviyali mutaxassislarni tayyorlash hamda fanni rivojlantirish bilan bir qatorda yangi texnologiyalar, yangi o‘simlik navlari, mikrob shtammlari va hayvon zotlari yaratishga imkon beradi. Jamiyat taraqqiyoti nafaqat mamlakat iqtisodiy salohiyatining kattaligi bilan, balki bu salohiyat har bir insonning kamol topishi va uyg‘un rivojlanishiga qanchalik yo‘naltirilganligi, innovatsiyalarni tadbiq etilganligi bilan ham o‘lchanadi. Demak, ta’lim tizimining samaradorligini oshirish, pedagoglarni zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, chet elning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ta’lim amaliyotiga tadbiq etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. «Genomika» moduli aynan mana shu yo‘nalishdagi masalalarni hal etishga qaratilgan.

Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish