Andijon davlat universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Kichik maktab yoshi davridagi bolalarda xarakter va temperament xususiyatlarining psixik asoslariva olimlarning olib borgan tadqiqotlari



Download 152,77 Kb.
bet4/7
Sana13.12.2022
Hajmi152,77 Kb.
#884845
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
203 Guruh Turg\'unboyeva Muhayyo KURS ISHIrivojlanish pedagogikasi

1.2 Kichik maktab yoshi davridagi bolalarda xarakter va temperament xususiyatlarining psixik asoslariva olimlarning olib borgan tadqiqotlari

Tevarak atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va yengilik bilan, bazilari esa shoshmasdan va qiyinchilik bilan boshqalari esa sust va befarq bòladilar yana bir toifadagilari esa keskin va ģayratli ayrimlari esa bir xil maromda mulohazali bòladilar Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bòladigan individual xususiyatlardir. Temperament sòziga tòxtalib òtsak lotincha "aralashma" yoki qismlarning nisbati degan ma'noni anglatadi.Temperament shaxshning hissiy qòzģaluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yiģindsi hisoblanadi. Temperament-inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bòlishidir. Psixologiya fani tarixida temperament haqidagi ta’limotni birinchi bo’lib qadimgi grek olimi Gippokrat (e.avv. 460-356 y) yaratdi.


Temperament tiplarining nomlari ham ana shu suyuqliklardan kelib chiqqan. Masalan, xolerik grekcha «xole» so’zidan olingan bo’lib, o’t yoki safro, sangvinik «sandus» so’zidan olingan bo’lib, qon demakdir; melanxolik grekcha «melanxole» so’zidan olingan bo’lib, qora o’t demakdir; flegmatik grekcha «plegma» so’zidan olingan bo’lib, balg’am, shilimshiq modda demakdir.
Yuqoridagi suyuqliklarning har biri o’z xususiyatiga ega bo’lib, har birining o’z vazifasi, o’z ishi bor. Chunonchi, o’tning xususiyati quruqlikdir. Uning ishi – organizmdagi quruqlikni saqlab turish – badanni quruq to’tishdir. Qonning xususiyati issiqlik bo’lib, ishi organizmni isitib turishdir. Qora o’tning xususiyati namlik bo’lib, ishi badanning namligini tutib turishdir. Balg’amning xususiyati suyuqlik bo’lib, ishi badanni sovutib turishdir.
Gippokratning temperament va uning tiplariga oid ta’limoti qadiimgi zamonlardan bizning davrimizgacha saqlanib kelayotgan bo’lsa ham hech qanday ilmiy asosga ega emas.
Temperament va uning tiplari haqidagi mukammal ilmiy nazariyani mashhur rus psixologi, akdaemik I.P.Pavlov yaratgan va bu sohada «Nerv sistemasining tiplari» nomli asarini kashf etadi..Pavlov asab sistemasining kuchli, muvozanatsiz, sust (xolerik temperamentga asos bo’lgan), kuchli, muvozanatli, epchil (sangvinik), kuchsiz (melanxolik), kuchli, muvozanatli, sust (flegmatik) kabi to’rtta umumiy tipini aniqladi.

Asab sistemasining ko’chi qo’zg’alish jarayoniga ham, tormozlanish jarayoniga ham taalluqli bo’lib, kuchli qo’zg’ovchilarga bardosh bera olish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Xuddi shuning singari asab sistemasidagi muvozanat asab sistemasining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuch darajasini baravar tutib tura bilishda ko’rinadi. Qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari baravar darajada kuchli yoki kuchsiz bo’lganda, asab sistemasida muvozanat bo’ladi. Agar qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlaridan biri h kuchliroq yoki kuchsizroq bo’lsa, asab sistemasida muvozanat bo’lmaydi.

Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o’laroq, ayian shu shaxsning o’zida, uning turli faoliyatlarida, xatti-harakatlarida, muomalasida ifodalanadi.
Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo’lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining davomida yoki uning muayyan bir bo’lagida barqaror, o’zgarmas va mustahkamdir.

Temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o’zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega bo’lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o’zgarmovchi, temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil qiladi.

Shunday qilib, shaxsdagi hatti-harakatlarning, imo-ishoralarning aniq va ravshanligi, hissiy holatlarning qo’zg’alish ko’chi, barqaror va beqarorligida namoyon bo’ladigan individual sifat temperament yoki mijoz, deb aytiladi.Temperament tiplarining xarakteristikasi quyidagilardan iborat:
1. Xolerik temperament. Bu temperamentdagi iyaI., ko’chi, g’ayrati oshib ketadi. Arzimagan to’siqlikdan kuchli g’azablanadi. Natijada ruhi, g’ururi, rashki, qasos olish kayfiyati, izzat-nafsi oxirgi chegarasiga borib yetadi. U kam o’ylab, tez ishga kirishadi, o’zini hamma vaqt haqli deb xisoblaydi va o’z bilganidan qolmaydi, yo’l qo’ygan xatolarini bo’yniga olishi juda qiyin. Uning intilishlari, qiziqishlari barqaror, o’z qarorlarida qat’iy va mustahkam, emotsional holatlarining almashinishi juda sekin.
2.Sangvinik temperament. Bu temperamentdagi kishilarda huzur-halovat ko’rishga intilish kuchli, hissiyot tez qo’zg’aladi, lekin uzoqqa cho’zilmaydi. U o’zining ko’ngliga yoqqanini qiladi, boshqalar bilan tezda do’stlashadi, ammo mayli tez o’zgaradi, jahli tez chiqadi va tez qaytadi. Bu temperamentdagi shaxs va’da beradiyu, bajarishni unutib qo’yadi. Sangvinik har narsaga tez ishonaveradi, reja tuzadi, lekin tezda undan voz kechadi. Unga tasalli berish oson, u ochiq, shirin so’z, raxmdil, ulfatchilikni sevadigan, nafsoniyatni bilmaydigan shaxs.Sangvinik temperamentdagi shaxsni intizomga chaqiriish oson, u diqqatini tez to’playdi, aqli tezda ishlaydi, topqir harakatlari, hissiyotlari, kayfiyat va qiziqishlari beqaror, malakalarni tez o’zlashtiradi, darslarda tez-tez qo’l ko’taradi.

3. Melanxolik temperament. Bu temperamentdagi shaxslar g’ussaga juda moyil bo’ladilar, oson xayajonlanadilar. Ulardagi noxush xislar yoqimli hislarga nisbatan tez sirtga tepadi va uzoq davom etadi. Melanxoliklar arzimagan narsadan xafa bo’ladilar. Ularning hayotida uchraydigan to’siqlar umidsiz, g’ayratsiz, qiyinchiliklardan qutulishga noqobil qilib qo’yadi, g’am-g’ussalari bosilmaydigan, g’amginlik alomatlari kuchli bo’ladi.Melanxolik tipdagi shaxslar nihoyatda arazchang bo’ladi. Ular samimiy bo’lib, sekin yig’lab, oz kuladilar, o’zlariga ishonmaydilar, darsda kam qo’l ko’taradi, ularning diqqati tez chalg’iydi va beqaror bo’ladi.


4.Flegmatik temperament. Bu temperamentdagi shaxs hissiyotga tez berilmaydi. Bu temperamentdagi shaxslar bosiq bo’lib, o’zini bemalol tuta oladi va buning uchun hech qanday jismoniy kuch sarf qilmaydi. Flegmatik temperamentdagi shaxslar jo’shqin va chuqur xissiyot ta’siriga berilmaydilar, o’z faoliyatlari uchun darhol qaror qabul qila olmaydilar. Ular og’ip, arz-holini hadeb aytavermaydigan, azob-uqubatlarni sekin o’tkazadigan, boshqalarning azob-uqubatlariga parvo qilmaydigan bo’ladilar.
Psixologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, ana shu temperament turlari sof holda, ya’ni sof xolerik, sof sangvinik, sof melanxolik va sof flegmatik tarzda bo’lmaydi. Aksariyat odamlar aralashgan temperament turiga ega bo’ladilar. Odamda qaysi xildagi temperamentning xususiyatlari ko’proq namoyon bo’lsa, shunga qarab uni u yoki bu tipga mansub, deb aytamiz. Masalan, serharakat, serg’ayrat, tinib-tinchimas, hamma narsani biladigan shaxsni xolerik temperamentli, beg’am, beparvo, kam harakat, sustkash shaxsni flegmatik temperamentdagi odam deb xisoblanadi.
Xar bir temperament tipining uz ijobiy va salbiy tomonlari bor. Yaxshi tip hisoblangan xolerik shaxsning salbiy tomoni shundaki, unda tormozlanish jarayoni sust bo’ladi, xolerik ba’zi hollarda nojo’ya harakatlardan o’zini tiya olmaydi. Xolerik tipdagi shaxsning ijobiy xislatlari uning g’ayrati, qattiyligi, harakatlar tezligi, o’tkir zexnligi bilan yuzaga chiqadi. Flegmatik tipdati shaxsga xos salbiylik shundaki, u juda sustkash va beparvo bo’ladi. Flegmatikning ijobiy xislatlari uning aqliy kuchliligida, vazminligida namoyon bo’ladi.

Odamga tug’ma ravishda beriladigan temperament xususiyatlari yoshning ulg’ayishi bilan bog’lik tarzda o’zgaradi. Temperament tipi xususiyatlarining sifat mazmuni isloh etilishida ijtimoiy muhit va talim-tarbiya katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun har-bir shaxsdagi temperament tipi sifatlarini o’zgarishda, o’sishda deb qarash maqsadga muvofiqdir.


Ko’rinib turibdiki, yuqoridagi to’rt tipning har biri alohida sifatlarga ega bo’lishi bilan birga ularda takror uchraydigan, turli situatsiyalarda tez o’zgarishga moyil xususiyaglar xam bor. Shunday ekan, tabitan toza, faqat bir tipgagina xos bo’lgan sifatlardan iborat temperament uchramaydi. Temperament alohida olingan xar bir kishining umumiy va uning nerv sistemasining asosiy tavsifi bo’lib, bu tavsif shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi.
Temperament tiplari psixologiyasini o’rganishning dalolaticha, bir xil temperamentdagi odamlar ham xilma-xil bo’ladi. Ma’lumki, har bir kishi takrorlanmas shaxs hisoblanadi. Shuning uchun uni yuqoridagi temperament tiplaridan biriga kiritish hamisha ham to’g’ri bo’lavermaydi. Ikkinchidan ayrim odamlarning shaxsi birgina tipdan tashqari ikki va undan ko’proq tipning belgilariga ega bo’ladi. Shunga muvofiq shaxsda xolerik va sangvinik, melanxolik va flegmatik tiplar xususiyatlari aralash tarzda uchraydi.

Yana bir muhim masala shuki, bir temperament tipini yaxshi, boshqasini yomon deyish ilmiy jihatdan to’g’ri emas. Yuqorida takidlaganimizdek har bir temperament tipining o’ziga xos ijobiy va salbiy sifatlari bor.


Shunday qilib, temperament sifati shaxsning ko’zga yaqqol tashlanib turadigan individual psixologik xususiyati bo’lib, xar bir odamning qaysi temperament tipiga mansubligini aniqlashning juda katta amaliy ahamiyati bor. Birinchidan, temperament tipini bilish shaxslararo munosabatlarda muhim ijobiy rol o’ynaydi, ikkinchidan, yosh avlod ta’lim va tarbiyasini davr talablari asosida tashkil etishda muvaffakayatga erishuv garovi bo’lib xizmat qiladi.

Xarakterning o’sishida tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash asosiy rol o’ynaydi.


O’sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterni tarbiyalashda katta mas’uliyatli vazifa ota-onalar, o’qituvchilar, bolalar boqchalari, kasb-xunar kollejlari va internat-maktablar tarbiyachilari zimmasiga tushadi.
Xarakterni tarbiyalash shundan iboratki, tarbiyachi maktab o’quvchisiga namuna bo’lishi mumkin bo’lgan kishilarni bolaga, o’quvchiga ataylab ibrat qilib ko’rsatadi; shu kishining qilayotgan ishlari, xatti-harakatlariga tarbiyalanuvchi e’tiborini jalb etadi va bu ish xatti-harakatlarning qaysi biri yaxshi, ijobiy, qaysi biri salbiy, yomon ekanligini aytadi. Tarbiyachi bolaning xatti-harakatlaridagi yaramas qiliqlarni yo’qotish va yaxshi, foydali odatlarni mustahkamlashga yordam beradigan vositalarni izlab topadi va ularni tatbiq etadi. Tarbiyaviy ish yana shundan iboratki, pedagog tarbiyalanuvchida muayyan ijobiy sifatlarni o’z xarakterida o’z-o’zi paydo qilish zaruriyati ongini uyg’otishi vabu ongni o’stirishi lozim.

Pedagog bolalarda xarakterni tarbiyalayotganida ularda tarbiyalanadigan temperamentni bilishi, har bir temperamentning ijobiy va salbiy tomonlarini bilishi zarur.

Agar temperament va uning tug’ma hususiyatlari o’z xolicha qolaversa, odamda yomon xarakter xislatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, xolerik temperament odamni cho’rtkesar, qo’pol, o’zini tuta olmaydigan qilishi mumkin. Sangvinik temperament sabotsizlikka, diqqatni bir joyga qo’ya bilmaslikka sababchi bo’lmog’i mumkin bo’lganidek, flegmatik temperament sustkashlikka, loqaydlikka olib borishi mumkin. Melanxolik temperamentli kishida o’z kechinmalariga ortiqcha berilishlik, pismiqlik paydo bilishi mumkin.

Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijo­biy tomonlarini o’stirishdan, uning salbiy tomonlarini va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy xislatlari bilan «almashtirishdan» iboratdir. Masalan, xolerik temperamentli bolalarni tarbiyalashda ularni o’ylab ish qilish, o’zini tuta bilish, atrofdagi odam­lar bilan yaxshi muomalada bo’lishga odatlantirish va ularda shu sifatlarni o’stirishga alohida e’tibor berish lozim. Sangvinik temperamentli bolalarni sabotli bo’lishga, diqqatini bir joyga qo’ya bilishga, ishga qunt qo’ya olishga, boshlagan ishni oxiriga yetkazishga odatlantirmoq kerak. Melanxolik temperamentli bolalarni odamga ko’proq aralashishga, jamoachilikka, ildam harakat qilishga odatlantirmoq, ularda shu sifatlarni tarbiyalamoq kerak. Flegmatik tem­peramentli bolalarni tashabbuskorlikka, faollikka, kishilarga el bo’lishga, quvnoqlikka odatlantirmoq lozim.

Xarakterning salbiy tomonlarini yo’qotmoq uchun, ijobiy tomonlarini tarbiyalab yetkazmoq uchun tarbiyalanuvchini o’z temperamentini o’zi idora qila bilishga o’rgatish lozim, uni shunday tarbiyalash kerakki, u temperamentini o’zi idora qilish zaruriyatini o’zi anglasin va haqiqatan uni idora qila olsin, temperamentiga bo’ysunmaydigan bo’lsin. O’z temperamentini idora qila bilish xarakterning muhim ijobiy xislatidir.

Xarakter tarbiyasini faqat temperamentning salbiy tomonlarini ayrim ijobiy sifatlari bilan almashtirishdan iborat deb tushunish yaramaydi. Xarakterni tarbiyalashda pe­dagog, avvalo muayyan idealni yoki davrimizning olijanob kishilari obrazini asos qilib olmog’i lozim. Bu ma’naviy boylikni, ahloqiy soflikni va jismoniy kamolotni o’zida garmonik holda mujassamlashtirgan yangi odamlardir. Bunday yangi odam xarakterining xislati ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, ahloqiy poklik, oddiylik va kamtarlikdir. Bizga yuksak ma’naviy fazilatiga ega bo’lgan, halol vijdonli kishilar, tetik va xushchaqchaq kishilar, qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan, mustaqil jamiyat qurish yo’lida har qanday qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan, ularni bartaraf qilishga tayyor turgan kishilar kerak.

Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyaviy roli nihoyat kattadir. Inson yakka, bir-biridan ajralgan tanho hayot kechirmaydi, muayyan bir jamoada, chunonchi, muayyan oilada, maktabda, sexda, kolxozda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi zvenodir. Odamning faoliyati o’yin, o’qish va mehnati xuddi mana shu jamoada voqye bo’ladi. Jamoa shaxsning eng yaqin konkret muhiti bo’libgina qolmay, balki shaxsni tarbiyalaydi ham. Kishi xarakterining kerakli ijobiy xislatlari faqat jamoadagina tarbiyalanmog’i mumkin va haqiqatan ham jamoada tarbiyalanadi.
Har bir o’qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta’sir etgandagina, ijobiy natijalarga erishmog’i mumkin. Xarakterning tashabbuskorlik, qat’iylik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy xislatlari bolalar boqchasidayoq bola o’yinlarida tarkib topa boshlaydi.Xarakterni tarbiyalash va o’z-o’zini tarbiyalashda faqat qanday xislatlarni o’stirish kerakligini anglab yetishning o’zigagina kifoya qilmaydi, ijobiy xarakter namunalarini bilishning o’zigina kifoya qilmaydi, ayrim xarakter hislarining qimmatli ekanligini tushunishgina ham kifoya qilmaydi, balki yana shu xislatlarga muvofiq ish qilish, bu xislatlarga ega bo’lish uchun ko’p mashq qilish ham kerak bo’ladi. Kishi xarakteri kishining faoliyatlarida, uning boshqalar bilan qiladigan munosabatlarida namoyon bo’ladi va ayni shu faoliyat va munosabatlarda tarkib topadi.

Insonning yaxshi xarakter fazilatlari Vatanimiz gullab-yashnashida faol ishtirok etish jarayonida tarkib topadi.

XX asrning yakuniy bosqichi umumbashariyat hayotida buyuk ijtimoiy o’zgarishlar va burilishlar davri bo’lib tarixga kirayapti. Bu o’zgarishlarning eng ulug’i SSSR deb atalgan kommunistik imperiyaning barbod bo’lishi va sobiq ittifoqdosh respublikalarning, jumladan, jumhuriyatimizning mustaqillik, milliy tiklanish va demokratik yo’liga kirayotganidir. Bu xalqlar insoniyatning hayotida sinalgan tabiiy – tarixiy taraqqiyot yo’li – bozor iqtisodiyotiga o’tyapti, bevosita jahon iqtisodiy – ijtimoiy oqimiga qo’shilyapti.

Ushbu o’lkan tarixiy jarayonlar kishilarning ruhiyatiga, xarakteriga, ahlok-odobiga, o’zaro munosabatlariga chuqur va ziddiyatli ta’sir ko’rsatyapti. Bu ta’sirlar xalqimizning milliy tiklanishi va milliy qadriyatlarigagina emas, balki kishilarimizning xarakter xislatlarini ham o’zgartirishga sabab bo’lmoqda.


Xulosa qilib aytganda ,yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xarakter va temperament ularning shakllanishi, namoyon bo’lishi uchun kishilarimizni o’rab olgan muhiti, turli faoliyatlarga turlicha munosabatlar, yashab turgan jamiyatimizdagi munosabatlar sabab bo’ladi. Bu esa xalqimizda yangicha xarakter xislatlarining shakllanishiga, asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan sahiylik, samimiylik, o’zaro hamkorlik, bir-biriga yordam, iffat, sharm-xayo, kamtarlik, mehmondo’stlik kabi sifatlar barqaror xususiyatlarga aylanib qolmoqda. Bu xususiyatlar yana avloddan-avlodga o’tadi va mazmun, sifat jihatidan o’zgaradi va u kishilarni o’z-o’ziga, jamiyatga, mehnatga, narsalar va hodisalarga bo’lgan munosabatlarda yangicha xarakter xislatlarni shakllantiradi.
1. 3 .Kichik maktab yoshi bolalarida qobiliyatni rivojlantiruvchi didaktik òyinlar
Eng avvalo didaktik òyin nima ekanligiga e'tibor qaratib òtsak.Bu, ehtimol, ta'limning eng muhim vositalaridan biridir. Axir, o'ynab, bola o'rganadi va shuning uchun rivojlanadi. Bolalar didaktik o'yinlari bolani diversifikatsiya qilishning asosiy vositasidir, o'yin umuman shaxsning asosiy fazilatlarini tarbiyalashga qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.Shunday qilib, o'yin jarayonida bolalar o'zlarini o'rab turgan narsalarga, kundalik hayotning hodisalariga, tabiatga, o'yinlarga to'g'ri munosabatni shakllantiradi va bolaning bilimini chuqurlashtiradi, bu, albatta, aqliy tarbiyadir. Bolalar didaktik o'yinlari hissiyotlarni rivojlantiring, chunki atrofimizdagi dunyoni to'liq anglash uchun bola uni his qilishi va idrok qilishi kerak. Didaktik o'yinlar bolalar nutqini rivojlantirishga katta e'tibor beradi. O'yinda bola so'z boyligini boyitadi, ham faol, ham passiv, tovushlarni va butun so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni, jumlalarni tuzishni, o'z fikrlarini aniq ifoda etishni o'rganadi.Didaktik o`yinlarning asosiy turlari intellektual ( aqliy ) va harakatli hamda aralash o`yinlardan iborat. Bu o`yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim tarbiya jarayonida asosan o`quvchlarda ta’lim olish motivlarini ularning turli yo`nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan didaktik o`yinlardan foydalaniladi. Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, ro’lli, ishchanlik va boshqa yo`nalishlar bo`yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o`yinlardan foydalaniladi va alohida o`ringa ega bo`lib bormoqda. Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda ularni funksional mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga ishlatiladi. Bularning orasida didaktik o`yinlar ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o`ringa ega. O`yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o`yinlarning ta’lim – tarbiyaviy ahamiyatini o`rganish va yanada oshirish bo`yicha tadqiqot olib borishiga asos bo`ldi. Natijada oldingi asrning 60-yillari boshida AQSH so`ngra boshqa G`arb mamlakatlarida ishchanlik o`yinlari qo`llanila boshlandi. Ishchanlik o`yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb takidlaganlar. Didaktik o`yinlarning yana bir turi aqliy hujum usulini birinchi marta 1939- yilda A.F. Osborn qo`llagan. Bu usulni g`oyalar banki deb ham nomlagan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi.
-muammoli vaziyat yaratish
-g`oyalarni shakllantirish
-eng yaxshi g`oyalarni tekshirish va baholash
QOBILIYATNI RIVOJLANTIRUVCHI DIDAKTIK ÒYINLAR

Didaktik o`yinlarning asosiy turlari intellektual ( aqliy ) va harakatli hamda aralash o`yinlardan iborat. Bu o`yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim tarbiya jarayonida asosan o`quvchlarda ta’lim olish motivlarini ularning turli yo`nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan didaktik o`yinlardan foydalaniladi. Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, ro’lli, ishchanlik va boshqa yo`nalishlar bo`yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o`yinlardan foydalaniladi va alohida o`ringa ega bo`lib bormoqda. Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda ularni funksional mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga ishlatiladi. Bularning orasida didaktik o`yinlar ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o`ringa ega. O`yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o`yinlarning ta’lim – tarbiyaviy ahamiyatini o`rganish va yanada oshirish bo`yicha tadqiqot olib borishiga asos bo`ldi. Natijada oldingi asrning 60-yillari boshida AQSH so`ngra boshqa G`arb mamlakatlarida ishchanlik o`yinlari qo`llanila boshlandi. Ishchanlik o`yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb takidlaganlar. Didaktik o`yinlarning yana bir turi aqliy hujum usulini birinchi marta 1939- yilda A.F. Osborn qo`llagan. Bu usulni g`oyalar banki deb ham nomlagan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi.


-muammoli vaziyat yaratish
-g`oyalarni shakllantirish
-eng yaxshi g`oyalarni tekshirish va baxolash va tanlash
Ishchanlik o`yin darsi – dars mavzusi bo`yicha masalalarni hal etish jarayonida o`quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o`zlashtirish mashqi.
Ro`lli o`yin darsi - dars mavzusi bo`yicha masalalarni o`rganishda o`quvchilarga oldindan ma’lum ro`llarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro`lni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi.
Teatrlashtirilgan dars – dars mavzusi bilan bog`liq sahna ko`rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo`yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.
Kompyuter darsi – tegishli o`quv fani bo`yicha dars mavzusiga doir kompyuter materiallari ( multimediya, virtual o`quv kursi va shu kabilar ) asosida o`tiladigan dars.
Kim oshdi savdosi darsi – o`quv fani ayrim bo`limi bo`yicha bilimlarni har bir o`quvchi qanchalik ko`p bilishini namoyish etish darsi.
Yamarka darsi – dars mavzusini bo`laklar bo`yicha oldindan o`zlashtirish o`quvchilarning o`zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o`tiladigan dars.
Formulalar darsi – o`quvchilarning formulalarni puxta o`zlashtirishlari bo`yicha turli o`yinlar shaklidagi mashqlar o`tkazish darsi.
O`yin darsi – dars mavzusiga mos o`yin orqali o`quvchilarning o`zlashtirishlarini tashkil etish darsi.
Sud darsi – o`quvchilar bilan dars mavzusiga mos “sud” jarayonini tashkil etish orqali yangi mavzuni tashkillashtirish darsi.
Konsert darsi – dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida ifodalash mashqlari bo`lib, o`quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash imkoniyatini beradi.
Xulosa qilib aytganda,Didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir.O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud.O‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi.O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi.O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.



Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak. Didaktik o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim.O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.


Download 152,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish