8
Oddiy konstruktiv elementlar va tizimlarni estetik fikrlash tektonika bilan bog'liq bo'lgan.
Keyinroq aniq g'oyaviy-badiiy mazmunni rivojlanishi
badiiy texnik qurilish davrini, ya'ni
arxitektura davri boshlanganligini bildiradi. Bu davr bilan inson faoliyatining yangi qirrasi badiiy
san'atni paydo bo'lish jarayoni ham bog'liqdir.
Neojit davrida toshdan yasalgan, takomillashgan mehnat qurollari paydo bo'lgan va u
insonning moddiy imkoniyatlarini yanada kengaytirgan. Olov bilan bolta yaxlit daraxtdan hatto
qayiq, uy-joy uchun g'o'la va taxta tayyorlash imkoniyatini bergan. Uzunligi 30 m va maydoni
150 kvm ni tashkil etgan konsentrik aylanalar bo'ylab joylashgan (diametri 170 m bo'lgan katta
aylana bo'ylab katta, kichik aylana bo'ylab kichik) uylar qurilgan.
Neolit davrining eng rivojlangan qurilishlariga yog'och qoziqqa
tayantirilgan binolar
kiradi. Bular, odatda daryo, dengiz va botqoq joylarda qurilgan. Ular mudofaa va baliq ovlab
hayot kechirish maqsadida shunday joylarda tiklangan.
Bronza asriga kelib metalldan yasalgan ish qurollari mehnat unumdorligini keskin
ko'targan. Megalitik inshootlar — yirik toshlardan
tayyorlangan imoratlar, plitalar, tik ustunlar
yuzaga kelgan.
Bu inshootlarning vazifasi, asosan diniy marosimlar va xotira hodisalari bilan
bog'liq bo'lgan.
Megalitik inshootlarning menger, dolmen va kromlex nomli uch asosiy turi topilgan.
Mengerlar marhumlar xotirasiga qo'yilgan katta o'lchamdagi (odatda 4-5
m ni tashkil etgan,
ammo balandligi 20 m gacha, vazni 300 t gacha bo'lganlari ham bor, masalan, Franstiyada) tik
toshlardir.
Dolmenlar ustiga bostirma-yopma qo'yilgan bir necha tik o'rnatilgan toshlardan iborat
inshootlar ( ularning dastlabki o'lchamlari — uzunligi 2 m gacha, balandligi 1,5 m gacha,
keyinchalik o'lchamlari kattalashgan).
Kromlex (Angliya, Stanxendjda saqlangan) uzun yo'lak yoki halqasimon to'siqdir,
diametri 30 m bo'lib, devorlari tik toshlardan iborat bo'lgan. U yotiq plitalar bilan yopilgan.
Yodgorlik va diniy inshootlar bilan bir qatorda, ibtidoiy jamoa tuzumining so'nggi
bosqichlarida yangi tur inshootlar — tosh va yog'och qal'alar tiklana boshlangan.
Dastlabki
qal'alar bitta devor bilan, keyinroq esa, ichkaridagi ark (stitodel)
atrofi ikkinchi devor bilan
o'ralgan.
Mehnat turlarini yuzaga kelishi va dehqonchilikdan hunarmand-chilikni ajralishib
chiqishi bilan qabilalar orasidagi nizolar kuchaygan. Xususiy mulkni paydo bo'lishi bilan mulkiy
farqlar kattalashgan. Qo'l mehnatini ahamiyati oshib, qarindoshchilik tuzumini yemirilishiga olib
kelgan va quldorlik davlatlari paydo bo'la boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: