Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilova
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi konsepsiyasi – noan’anaviy ta’lim tehnologiyalarning turli uslublarini qo’llashni taqazo etmoqda. Ta’lim jarayoniniga bir tizim deb qarasak,uni tashkil etuvchi elementlariga quyidagilar kiradi: o’quv maqsadi, kutilayotgan natijalar, o ‘qituvchi, o’quvchi, ta’lim mazmuni, ta’lim metodi,shakli va vositalari,nazorat va baholash.Ta’lim jarayonini loyihalashda ana shu elementlardan biri chetda qolsa yoki to’g’ri tanlanmagan bo’lsa tizim ishlamaydi,demakki,ta’lim maqsadiga erishib bo’lmaydi.
Prezidentimiz ta’kidlaydilarki: “Biz buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo’lishimiz darkordir. Buning uchun esa eng avvalo tarbiyali, ilmu – ma’rifatli farzandalar yetishtirish kerak bo’ladi. Mana shuning uchun ham bu masalaga qaratilgan loyixalar jamoatchiligimiz diqqat e’tibori markaziga o’tmoqda, tarbiya sohasi isloxoti bugungi eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Qisqacha qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz jamiyatimizning yangilanishi, xayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan isloxotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi avvalambor, zamon talablariga javob bera oladigan yuqori malakali, ongli mutahasis kadrlar tayyyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqlikni barchamiz yaxshi anglab yetmoqdamiz.”1
Shuning uchun ham, so’nggi yillarda o’rta mahsus, kasb-hunar ta’lim tizimida malakali kichik mutahassislar tayyorlash jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi noan’anaviy ta’limni tashkil qiilish, faol usullardan foydalanishga ko’proq e’tibor berilmoqda. Ma’lumki, ta’lim olishning bu usuli-talabalarni o’z kasbiga qiziqtiruvchi, bilim doiralarini kengaytiruvchi,ularda hozirjavoblik hususiyatlarini tarbiyalovchi, faollashtiruvchi va ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi kabi didaktik funksiyalarni bajaradi.
Soha tilini o’rgatishda zamonaviy usullardan foydalanishning samaradorligi yana shundan iboratki, uning qatnashchilari yahlit tizimli bilimga ega bo’ladi va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi negizida bo’lajak kasbiy faoliyatga oid boshlang’ich ko’nikmalar shakillantirilib, o’quv tarbiyaviy jarayonni amaliyot bilan bevosita bog’lab olib borishni ta’minlaydi.Bunda KHK talaba yoshlari o’rganayotgan sohasini nafaqat o’z ona tilida balki o’rganayotgan chet tilida ham ish yurita olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’qitishning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga, intensivlashtirilgan usullardan foydalanishga, namunali, davr talabiga javob beradigan darsliklar, qo’llanmalar va lug’atlar yaratishga aloxida e’tibor talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»2 talablarini bajarish asosida, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika imkoniyatlarini oshirish, ularni zamonaviy binolar, o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va adabiyotlar bilan ta’minlash ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zero, Prezidentimiz uqtirganidek, «… o’quv muassasalarini bitirgan farzandlarimiz ertaga oliy o’quv yurtlari, litsey va kollejlarga har taraflama puxta bilim va tayyorgarlik bilan kelishi zarurligini unutmasligimiz kerak»3.
To’qimachilik sohasining rivojlanishi natijasida yangi tushunchalar, yangi jarayonlar ishlab chiqildi. To’qimachilik sohasi atamalarini ajratib olish muammosi,ularni jarayonga tadbiq qilish,qo’llashda hatolikka yo’l qo’ymaslik,chet tilida ularni amaliyotga tabiq qilinishi mobaynida qo’pol hatoliklarni oldini olishda bitiruv malakaviy ishim qo’l keladi degan umiddaman.
Chunki o’quvchi yoshlarga atamalarning asl mohiyatini o’rgatmay turib, ularni chet tiliga tarjima qilish,amaliyotda qo’llash,rivojlangan davlatlarga o’qishga yuborish va o’sha davlatlar yutug’idan baxramand bo’lish, jaxon andozasiga mos keladigan yetuk mutahassislar yetkazib chiqarish mumkin emas.
Kasb – hunar kollejlari uchun mo’ljallangan nemis tili darslari kasbga yo’naltirilishi dolzarb masaladir.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012 yil 10 dekabrda “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari” to’g’risida4 chiqargan qaroriga asosan hozirgi kunda yurtimizda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda dunyo ahborot resurslaridan keng ko’llamda foydalanishlari, halqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida ko’plab chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |