Hozirgi kunga kelib belbog‘li kurash sporti to‘rt qit’aning 59 mamlakatida keng ommalashib kelmoqda. 2018 yil fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahrida an’anaviy milliy sport turlarini tiklanishi bo‘yicha xalqaro forum tashkil etildi. Forum ishtirokchilari dunyo xalqlari an’anaviy milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha xalqaro deklaratsiyani qabul qildilar. Barcha xalqlar milliy sport turlari kabi belbog‘li kurash sportini ham dunyo xalqlari o‘rtasida ommaviylashtirish, uni yanada ko‘rkam va jozibali sport turiga aylantirish maqsad qilib belgilandi. Buning uchun mutaxassislarga belbog‘li kurash sporti qoidalarini yanada takomillashtirish hamda soddalashtirish va qulaylashtirish uchun tavsiyalar berildi. Bu jarayonda bu kurash turini milliylik xususiyati va asosiy usul hamda shakllari o‘zgarmasligi muhim vazifa qilib belgilandi.
O‘zbek kurashi (Buxorocha) usulining taraqqiy etishi
O‘zbekiston milliy kurashi hisoblangan Buxorocha kurash usuli etuk mutaxassislarni harakatlari ilmiy va uslubiy va amaliy izlanishlari natijasida Xalqaro o‘zbek kurash usuliga aylandi. Bu bilan kurash yanada jozibali va zavqli ko‘rinishga ega bo‘ldi. Xalqaro kurash federatsiyasi tashkil etildi - IKA
Federatsiyaga o‘ndan ortiq mamlakatlar a’zo bo‘ldi. Hozirgi kunda Xalqaro kurash federatsiyasiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar soni ellikdan ortdi. Federatsiya prezidenti Xalqaro kurash usulini takomillashtirishda katta hissa qo‘shgan mutaxassislardan K.YUnusov saylandi. Faxriy prezidentlik va bosh homiy lavozimiga O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.Karimov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi va tasdiqlandi. 1999 yilda Xalqaro kurash usuli bo‘yicha Jahon chempionati tashkil etildi. 1-Jahon chempionati Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi, unda o‘zbek polvonlari 73 kg vaznda Akobir Qurbonov 1-o‘rin, Maxtumquli Maxmudov 2-o‘rinni, Xayrulla Nasrullaev 3-o‘rinni egalladilar. Xalqaro kurash bo‘yicha 2-jahon chempionati 2000 yil Turkiyaning Antoliya shahrida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 23 kg vaznda O‘zbekiston paxlavonlaridan Maxtumquli Maxmudov 1-o‘rinni oldi. 90 kg vazndagi paxlavonlar bellashuvidagi O‘zbekistonlik polvon Baxrom Avazov 1- o‘rinni oldi. SHu musobaqadan boshlab xalqaro kurash bo‘yicha jahon chempionati musobaqalari doimiy o‘tkazilishi tashkil etildi. Xalqaro kurash bo‘yicha 3-jahon chempionati 2001 yili avgustda Vengriyaning Budalesht shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqada O‘zbekistonlik polvonlar ham ijobiy natijaga erishdilar. Baxrom Avazov mutloq vazn toifasidagi kurashda hammadan g‘olib keldi. 4-jahon chempionatida 2002 yili sentyabrda Armaniston poytaxti Erevanda o‘tkazildi. Bu musobaqada ham o‘zbek polvonlari ijobiy natijaga erishdilar. 81 kg vaznda g‘olib bo‘lgan Isoq Axmed mutloq vazn toifasidagi musobaqalarda ham mutloq g‘oliblikka erishdi. Xalqaro kurash bo‘yicha Erevanda o‘tkazilgan Jahon chempionati yakunida Xalqaro kurash usulini Olimpiada o‘yinlariga kiritishga qaror qilindi. SHuningdek Janubiy Koreyaning Puson shahrida o‘tkazilgan. XIV Osiyo o‘yinlari musobaqalarida Xalqaro kurash bo‘yicha chiqishlar namoyish etildi. Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi qarori va Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti SHayx Axmad al Fasad al Sabax tavsiyasiga muvofiq kelgusi Osiyo o‘yinlari, Xalqaro kurash musobaqalari kiritildi. SHu yo‘sinda o‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnirlar tashkil etish, Osiyo musobaqalari o‘tkazish keng udum bo‘lib bordi.
O‘zbek xalqaro kurash usullari o‘zining rang barang uloqtirish usullari, xujum va himoya harakatlari bilan boshqa kurash turlaridan ajralib turadi. Yillar o‘tishi bilan kurash usullari yanada ko‘payib, takomillashib bormoqda. Kurashchilar harakatlari texnikasi deganda kurashchining kurash gilamidagi har bir harakatlari, siljishlar, yurishlar, yugurishlar, sakrashlar, egilish, o‘tirish, qayrilish,
kurashchilarning turish holatlarini tushinish mumkin. SHu bilan birga kurash harakatlari texnikasiga raqibini belbog‘idan ushlash, kurash kiyimidan ushlash, tana qismlari, bosh, bo‘yin, qo‘l va oyoqlar hamda gavda qismlaridan ushlash shakllari, qo‘l yordamida, gavda va bosh yordamida hamda bel va oyoqlar yordamida uloqitirish shakllarini ham kiritish mumkin. Demak kurashchining bellashuv jarayonida qo‘llaydigan mashqlari va harakatlari kurash texnikasi bo‘la oladi.
Kurash harakatlarini yaxlit holda bajarish va ularni bellashuvlar jarayonlarida samarali bajarish jarayonlari kurash harakatlari taktikasiga aytiladi. SHuning uchun kurash harakatlari taktikasi hujum va himoya harakatlaridan iborat bo‘ladi. Harakatlari taktikasi kurashchilar harakatlarini butun bir ko‘rinishda bajara olish jarayoni deb qabul qilish mumkin. Barcha taktik harakatlar kurashchini uloqtirish yoki uloqtirish harakatlariga qarshilik ko‘rsatish bilan yakunlanadi. kurashchining texnik mahorati kurash harakatlarini ko‘p bilishi bilan belgilansa, ularning taktik maxoratlari kurash usullarini bellashuvlar jarayonlarida samarali qo‘llay olishi bilan baholanadi.
Sport kurashining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Sport kurashi eng qadimgi sport turlaridan biri bo‘lib, juda qiziqarli va yorqin tarixga ega. Qadimgi inson ko‘p ming yillar davomida instinktli xujum va himoyalanish harakatlaridan to zamonaviy kurash turlari usullariga yaqin bo‘lgan koordinatsiyalashgan harakatlargacha qiyin yo‘lni bosib o‘tgan. Misr ehromlari devorlari ko‘rinishiga qaraganda mukammal texnikaga ega bo‘lgan kurashchilarning tasvirlari topilgan. Taxminan e.a.2800 yilda tayyorlangan bronzali haykal kurashning eng qadimgi yodgorligi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va kurashning rivojlanishida Qadimgi YUnoniston alohida o‘rin tutadi. Eramizdan avvalgi 9-8 asrlarda Qadimgi YUnonistonda jismoniy tarbiya tizimi yaratildi va o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Maxsus maktablarda tajribali o‘qituvchilar kurash, shuningdek qisqa masofalarga yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va disk uloqtirishdan tashkil topgan dastur bo‘yicha bolalar tayyorgarligiga alohida e’tibor berganlar. SHu bilan birga shug‘ullanuvchilar qo‘l jangini olib borish, toshlar uloqtirish malakasini egallab borganlar.Kurashning boshqa jismoniy mashqlari bilan bir qatorda san’atga tenglashtirilishi o‘sha davrning o‘ziga xos xususiyati edi. Kurash bilan o‘sha davrning yirik vakillari-olimlar, shoirlar, davlat arboblari, sarkardalar shug‘ullangan. Qadimgi YUnoniston Olimpiya o‘yinlari vataniga aylandi (e.a.766 y). Birinchi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kurash mustaqil sport turi bo‘lib (e.a.708 y.dan boshlab) kiritilgan. O‘sha davrdagi ko‘pgina taniqli arboblar- matematik Pifagor, faylasuf Evripid va Aflotun, Suqrot hamda boshqalar Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari bo‘lishgan.
Dzyu-do YAponcha djiu-djitsu kurashi zamonaviy dzyudo asosi hisoblanadi. Uning afsonaviy imkoniyatlari XIX asrning oxirida shakllandi. Bu qurolsiz qo‘l jangini olib borish usuli Evropaga eng rivojlangan davrda kirib keldi. Doktor Dzigaro Kano zamonaviy dzyudoning asoschisi hisoblanadi. Dzyudo kurash, ya’ni- “yumshoq yo‘l” deb nomlandi. Kano 1882 yil universitetni tamomlab, Tokioning Eyse ibodatxonasida birinchi dzyudo maktabi-“Kadokan”ni ochdi.
Dzyudo asoschisining hisoblashicha, bu sport turi usullarini mukammal o‘rganish bilan, kuchli, lekin epchil bo‘lmagan kishi ustidan g‘alabaga erishish mumkin. Dzyudoda eng asosiysi - bu kuch emas, balki yuqori mahorat, takomillashgan bellashuv texnika va taktikasidir. Dzyudo bo‘yicha birinchi musobaqalarda ishtirokchilarning vazn toifalariga qarab bo‘lmaganlar.
Sambo XX asrning 30 yillarida Rossiyada yangi kurash turi - sambo shakllana boshladi. Ushbu sport turining paydo bo‘lishi va rivojlanishida V.S.Oshchepkov va A.A.Xarlampievlar tashabbus ko‘rsatadilar. Sambo kurashi texnik-taktik tavsiflariga ko‘ra dzyudo kurashiga yaqin. Sambo kurashining asoschilaridan biri
V. Oshchepkov dzyudo kurashini YAponiyadagi “Kadokan” maktabida o‘rgangan. Uning rahbarligi ostida 1931 yilda yangi kurash turini o‘rganish boshlandi. YAngi kurash turida V.Oshchepkov kurashchilar kiyimini o‘zgartirdi. U yaponcha kurashdagi an’anaviy shim va kimonodan voz kechdi, ularni sport kalta shimi hamda maxsus kurtka bilan o‘zgartirdi. V. Oshchepkov sport oyoq kiyimini ham o‘zgartirib, yunon- rum kurashidagi kabi, lekin qirg‘og‘i yumshoq poyabzallarni kiritdi. Texnik harakatlardan tashlashlar va oyoqlardan ushlab olib qoqish hamda oyoqlarga og‘riq beruvchi usullarni kiritdi. SHu bilan birga bo‘g‘ib ushlab olish usullarini bekor qildi. YAngi kurash turi 1938 yilda tan olindi. Ushbu kurash turining nomi bir qator o‘zgartirishlardan so‘ng 1947 yilga kelib rasmiy ravishda “Sambo” deb ataldi. U so‘zlarning qisqartirilmasidan hosil qilingan bo‘lib, “samozashita bez orujiya” - “qurolsiz o‘z-o‘zini himoya qilish” demakdir.
YUnon-Rum kurashi XVIII-XIX asrlarda Evropada, ayniqsa, Fransiyada kurash bilan qiziqish qayta tiklana boshladi. Aholi o‘rtasida kurashga bo‘lgan qiziqishning uyg‘onishi ko‘p sonli professional kurashchilarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ular sirklarda va yarmarkalarda o‘z san’atlarini namoyish qilardilar. XIX asr o‘rtasida Parijda birinchi ixtisoslashgan kurash maydonlari ochildi, shuning uchun 1848 yil Fransiyada professional kurash rivojlanishining boshlanishi hisoblangan. Bu kurash turi Evropaning hamma davlatlarida “fransuzcha kurash” nomi bilan keng tarqalgan. Kurashning Qadimgi YUnoniston, Qadimgi Rimda rivojlanganini hisobga olgan holda fransuzcha kurashga yunon-rum kurashi deb nom berildi. U bizning mamlakatimizda uzoq vaqt “klassik kurash” deb atab kelingan.
Olimpiya o‘yinlari tiklanishi bilan 1896 yildagi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kurash ham kiritildi. 1912 yilda havaskorlar o‘rtasida kurash musobaqalarini kuzatish va o‘tkazish bo‘yicha Xalqaro kurash qo‘mitasi tuzildi. 1921 yilda mazkur qo‘mita Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasiga aylantirildi.
Erkin kurash Erkin kurash tarixi ildizi Qadimgi YUnonistonga borib taqaladi. Ma’lumki, har xil sport turlari bo‘yicha kompleks sinovlar qadimgi yunonlar umumiy jismoniy tayyorgarligi asosini tashkil qilgan. Erkin usulda kurashish hamma sport turlari ichida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Zamonaviy erkin kurash, mutaxassislarning fikricha, Angliyada shakllangan. XVIII asrdanoq bu erda shunday kurash varianti mavjud bo‘lganki, bunda kurashchilarga xujum vositalarini tanlashdan keng imkoniyat berilgan. Angliyadan Amerikaga ko‘chib kelgan muxojirlar kurash usullarini ham Amerikada keng yozilishiga xissa qo‘shdilar. Hozirgi kunda erkin kurash sporti AQSH mamlakatining milliy sporti darajasiga ko‘tarilgan.
Bob. Kurash mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari
YOshlarni jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlaridan biri kurash mashg‘ulotlariga jalb etish hisoblanadi. Kurash mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lishiga qaramay mustaqil mashg‘ulotlar ham muhim o‘rinda turadi. Jismoniy fazilatlarni kurash mashg‘ulotlari yordamida har tamonlama rivojlantirish organizm barcha funktsiyalarini muvofiqlikda takomillashuvi, ishchanlik qobiliyatini ortirish, sog‘likni mustahkamlashga imkoniyatlar yaratadi. Jismoniy yuklamalarni tanlashda kurashchilar yoshi, jinsi va salomatligi darajasiga muvofiq yondoshish jismoniy yuklamalarni
rejalashtirishning asosiy mezoni bo‘ladi.
YOshlarni kurash turlari bilan shug‘ullanishga ommaviy jalb etish hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bu muammolarni hal etishda yoshlar sportga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda o‘zlarini shaxs hamda jamiyat a’zosi sifatida ko‘rishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu jarayonlarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlariga ommaviy jalb etishda subektiv va obektiv omillar rol o‘ynaydi.
Obektiv omillarga kurash zallari moddiy texnika bazasi, kurash mashg‘ulotlari maqsadi va vazifalari, kurashchilar tayyorlashning me’yoriy talablari, kurash mutaxassislari kasbiy mahoratlari, shug‘ullanuvchilar sog‘ligi holati, mashg‘ulotlar o‘tkazilish soni va davomiyligi hamda mashg‘ulotlar saviyasini kiritish mumkin.
Subektiv omillarga esa yoshlarni kurash mashg‘ulotlari va ommaviy jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlariga bo‘lgan munosabatlarni ko‘rsatish mumkin. YOshlarning kurash mashg‘ulotlariga munosabatlari ularning shaxsiy qiziqishlari, jismoniy qobiliyatlari va intilishlari zamirida shakllanadi. SHu bilan ularda kurash bilan shug‘ullanishga extiyoj, o‘z sog‘ligini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarda ishtrok etish istagi hosil bo‘ladi. Kurash mashg‘ulotlari yoshlar bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy rivojlantirish, sport mahoratlarini ortirish vazifalarini hal etishga qaratilgan bo‘ladi. YOshlarni kurash mashg‘ulotlarida umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarini takomillashtirishda mustaqil mashg‘ulotlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Mustaqil mashg‘ulotlar shakllari ularning maqsad va vazifalariga muvofiq tashkil etiladi. Ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlari ertalab uyqudan turgandan so‘ng bajariladigan umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlardan iborat bo‘ladi. Mashqlar barcha muskul guruhlari va tana qismlari uchun berilib, egiluvchanlik va nafas olish mashqlaridan tashkil topadi. Statik zo‘riqish talab etiladigan mashqlar bajarish tavsiya etilmaydi. Jixozlar bilan mashqlar, arqonchada sakrash, rezina espanderlarda mashqlar, koptoklar bilan mashqlar bajarish mumkin. Ertalabki badan tarbiya mashqlaridan so‘ng o‘zini massaj qilish va suv muolajalarini qabul qilish tavsiya etiladi.