Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika


Ta’lim sohasidagi davlat siyosatinmg asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat



Download 12,39 Mb.
bet30/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   569
Bog'liq
boy ota

Ta’lim sohasidagi davlat siyosatinmg asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

-ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik va demokratiyaga amal qilishi;

-ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda kasb ta’limining majburiyligi;

-o‘rta maxsus, kasb ta’limi beruvchi akademik litsey hamda, kasb-hunar kollejini tanlashning ixtiyoriyligi;

-ta’lim tizimining dunyoviylik xususiyati;

-davlat ta’limi standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun tengligi;

-ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

-iste’dod va ta’limga qiziqishni rag‘batlantirish;

-ta’lim tizimini boshqarishda davlat va jamoatchilikning uyg‘unligi.

O‘zbekistonda yashayotgan har bir kishi ta’lim olish huquqiga ega bo‘lib, barcha tafovutlarga qaramasdan teng huquqlidir. Ta’lim olishning bepul va pullik shakllaridan foydalanish mumkin.

Chet el fuqarolari xalqaro shartnomalar asosida ta’lim olish huquqiga egadirlar. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ta’lim olishda teng huquqli sanaladi.

Ta’lim muassasalari huquqiy maqomga ega bo‘lib, attestatsiyadan o‘tkazilgan holda akkreditatsiyaga ruhsatnomaga ega bo‘ladi. No davlat ta’lim muassasalari Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida akkreditatsiyadan o‘tkazilgandan keyingina huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘ladi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosini O’zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg’or mamlakatlari darajasiga ko’tarilishiga hissa qo’shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning yaratilishida mazkur jihatlar to’la o’rganildi. Milliy dastur asosini O’zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg’or mamlakatlari darajasiga ko’tarilishiga hissa qo’shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayonini tashkil etadi.

Xo’sh, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qanday hujjat? Uning mazmunida qanday g’oyalar ifoda etilgan?

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g`ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.

«Kadrlar tayyorlash milliv dasturi»ning maqsadi — ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.

1-prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqida: “O’zbekistonda qabul qilingan ta’lim sohasini isloh etish va malakali kadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirish bo’yicha o’tgan davrda bajarilgan ishlarni bugun qandaydir o’lchov va raqamlar bilan baholash juda qiyin, desam, o’ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo’shilasiz”,-deya e’tirof etgan. Darhaqiqat, mustaqillikka erishganimizdan buyon turli sohalarda, xususan ta’ilm sohasida juda ko’p yutuqlarga erishdik.



«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish bosqichlari.

Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi nazarda tutiladi.

Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir:

Birinchi bosqich (1997—2001 -yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish.

Ikkinchi bosqich (2001 —2005-yillar) — Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish ta`minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro’yobga chiqarishning ikkinchi bosqichida ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o’quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish vazifalarining ham hal etilishiga alohida urg`u beriladi.

Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, shuningdek:

- ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash;

- o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta`minlanishi;

- milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qarorto’tirish va rivojlantirish;

- ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog`iga ulanadigan komputer axborot tarmog`i bilan to’liq qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy yechimi ta`minlanadi.

O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» tarkibiy tuzilmasi quyidagicha aks etadi:




Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish