Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма


Ekosistemalarning xarakteristikasi



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

 
Ekosistemalarning xarakteristikasi. 
 
Ma‘lumki tabiatda uchraydigan tirik organizmlar va ularni o‘rab turgan o‘lik jinslar bir-birlari 
bilan doimiy, uzviy bog‘liq bo‘ladi. Har qanday katta-kichik biologik sistemalar o‘z ichida 
uchraydigan harakatdagi organzimlarni qamrab oladi, ularni bir-birlari va tashqi muhit omillari bilan 
munosabatlarini boshqarib, shu sistema ichida biotik tuzilishda energiya oqimini, uning tirik va o‘lik 
qismida moddalar almashinishini ta‘minlaydi. Bunday birlik ekologik sistema yoki ekosistem deb 
ataladi. 
Ekosistema ekologiyaning asosiy funksional birligi bo‘lib, unga tirik organizmlar va muhit 
omilari kabi komponentlar kiradi, ular bir-birlariga ta‘sir qiladi.Yer yuzasida hayotning tiriklik va 
tabiat qonunlari ekosistemalar darajasida o‘rganiladi. 
Ekosistemaning xislatlari qismlari va chegaralari.
Yuqorida qayd qilganimizdek, 
bniotsenozni biotop tushunchasidan ajratib bo‘lmaydi. Chunki biotopni biotsenoz ishg‘ol qiladi, unda 
tarqaladi, yashaydi, rivojlanadi, avlodqoldiradi. 
Shunday qilib, biotsenoz va uning biotopi bir-biridan ajralmaydigan elementlar bo‘lib, ula bir-
birlariga ta‘sir qiladi va ma‘lum darajada turg‘un ekologik sistema hosil qiladi. Ekosistema 
komponentlari ichida intensiv modda energiya almashinish uning belgilovchi xislati hisoblanadi. 
Ekosistema termodinamik jihatdan ochiq sistema bo‘lib, vaqt bo‘yicha turg‘un bo‘ladi. Ekosistema 
ikki qism, ikki komponentdan tashkil topgan bo‘lib, uning organik qismi biotsenozlardagi tirik 
organizmlarning turlari, neorganik qismi biotop, turlarning yashash joyini tashkil qiladi. 
Ekosistema biotop va biotsenozdan bo‘lib, bu sistema bo‘yicha joyning relyefi, iqlim, botnik, 
zoologik, tuproq, gidrologik va geoximik nuqtai nazaridan ekosistema butun abiotik va biotik 
omilarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik ekosistemalar uzoq evolyutsion rivojlanish va turlarning 
yashash muhitga moslashishi jarayonida tashkil topgandir. Ekosistemalar o‘z navbatida birlashib, 


44 
biosferani hosil qiladi. ―Ekosistema‖ atamasi birinchi marta ingliz ekolog olim A.Tensli (Tansley, 
1935) tomonidan fanga kiritilgan. Shu davrda V.N.Sukachevning ―Biogeotsenoz‖ atamasi ham 
kiritilgan. 
―Biogetsenoz‖ va ―Ekosistema‖ atamalarining tushunchasi bir-biriga yaqin, lekin bir-birini 
qaytarmaydi. Ular to‘la o‗xshash emas, ikkala holatda ham tirik organizmlar va ular guruhlarining 
yig‘indisi, bir-biriga va muhit bilan munosabatini ifodalaydi. 
V.N. Sukachevning fikricha, biogeotsenoz, bu tirik organizmlarning yashash muhitiga oddiy 
to‘planishi va muhit bilan doim muloqatdagi o‘ziga xos yashash formasidir. Biogeotsenozlar Yer 
yuzining har xil joyda hosil bo‘lishi mumkin. Ekosistemalar komponentlari va ulardagi mavjud 
jarayonlar; biologik birlik, energiya
kelishi va moddalar almashinishidan iborat. Bu yerda Quyoshdan kelayotgan energiya bir 
tomonga yo‘nalib, biologik birlik tomonidan o‘zgarib,sifat jihatdan murakkab organik moddaga 
o‘tadi va energiyaning konsentrlashgan formasiga aylanadi.
 
Hamma ekosistemalar va biosfera ham ochiq sistema hisoblanadi. Biosferaga kiradigan 
ekosistemalar energiya kirishi va chiqishida o‘zini boshqarib turadi. 
Ekosistemadan chiqib ketgan boshqa ekosistemalarga o‘tgan (hayvonlar, qushlar migratsiyasi) 
organizmlar ma‘lum atomlarini oldingi yashagan joyda (modda almashinishidagi chiqindilar) 
qoldirsa, bir qismini o‘zlari bilan ikkinchi ekosistemaga olib keladi. 
Ayrim ekosistemalarda moddalar chiqib ketishi juda yoqori bo‘lib, u yerlar uchun doimiylik 
chetdan keladigan moddalar hisobiga ushlab turiladi. Ekosistemalardagi moddalar cheksiz emas. 
Faqat ularning almashinib turishi natijasida hayot uchun modda, energiya zaxiralari ta‘minlanadi. 
Moddalar almashinishi, energiya o‘tib, turishi esa organizmlarning doimiy funksional faoliyatiga
bog‘liqdir. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish