Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

redutsentlar 
deyiladi. Ammo shu bilan birga 
ko‗pchilik zamburug‗laming meva tanalari jamoadagi hayvonlar uchun sevimli ozuqa bo‗lishi ham 
mumkin. Bunda ular konsumentlar hisoblanadi. 
Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib, ular organik moddalami mineral 
moddalarga parchalab beradi. 
Demak, yuqorida aytib o‗tilgan organizmlar guruhi o‗rtasida keskin chegara qo‗yib bo‗Imaydi, 
chunki konsumentlar (hayvonlar, zamburug‗lar. tekinxo‗r o‗simliklar) ayni vaqtda redutsentlar 
vazifasini ham bajarishi mumkin. 
Epifitlar, asosan produtsentlar hisoblansa ham, oziqlanish vaqtida daraxt tanasi po‗stlog‗idagi 
parchalangan o‗simlik qoldiqlaridan foydalanadi, ya'ni bir vaqtda redutsentlar vazifasini ham 
bajaradi. 
3.Redutscntlar.o‗simlik qoldig‗i va hayvon jasadi zida energiya saqlaydi. Nobud bo‗lgan 
o‗simlik va hayvonlardagi organik modda mikroorganizmlar, ya'ni saprofit holda yashovchi bakteriya 
va zamburug‗lar ta'sirida parchalanadi. Bunday organizmlar redutsent deb ataladi. 
Saprofitlar o‗zidan maxsus fermentlar ajratib chiqaradi. Organik qoldiqlar sekin - asta 
bakteriyalar va zamburug‗lar hayot faoliyatida parchalanib, hazm bo‗ladi. Parchalanish tezligi ham 
har -xil bo‗lishi mumkin. Hayvon jasadi, ahlatlari bir necha haftalar talab etsa. qulab tushgan daraxt 
tanasi va moxlar bir necha yilda chirishi mumkin. 
Biogeotsenoz populyatsiyalari orasidagi bog‗lanishlarni - turlarning oziqlanish xarakteri va 
energiya hosil qilish usullari belgilaydi. Organizmlar oziqlanish usuliga qarab ikki guruhga bo‗linadi: 
Avtotroflar (asosan yashil o‗simliklar. Organik moddalarni sintezlash uchun atrofdagi anorganik 
birikmalardan foydalanadi). 
Geterotroflar ( hayvon, odam, zamburug‗, bakteriyalar. Avtotroflar hosil qilgan taor organik 
moddalar bilan oziqlanadi). 
3-asosiy savolning bayoni

Mahsuldorlik deganda mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati tushuniladi. Biotsenozda birlamchi va 
ikkilamchi mahsulotlar ajratiladi. Birlamchi mahsuldorlik (BM) produtsentlar tomonidan anorganik 
moddalardan hosil
bo‗lgan mahsulot hisoblansa. konsumentlar va redutsentlar mahsuli ikkilamchi (IM) hisoblanadi. 
Shuningdek, yalpi birlamchi mahsulot va sof birlamchi mahsulotlarga ajratiladi. Yalpi birlamchi 
mahsulot(YaBM) ma'lum vaqt oralig‗idao‗simliklar tomonidan hosil qilingan hamda nafas olishda 
sarf bo‗lgan va geterotroflar tomonidan o‗zlashtirilgan mahsulotlardan iborat bo‗ladi. Agarda yalpi 
mahsuldorlikda nafas olishga sarf bo‗lgani chiqarib tashlansa, birlamchi mahsuldorlik qoladi. Sof 
birlamchi mahsuldorlik *(SBM) esa nafas olishga sarf bo‗lgandan so‗ng geterotrof organizmlar 
hayotini o‗tkazish uchun qolgan mahsulotdir. Energiya oqimi. 
Ekotizimlardagi organizmlaming hayot faoliyati va moddalamging aylanishi uchun energiya 
talab etiladi. Yashil o‗simliklar hayot uchun zarur bo‗lgan kimyoviy moddalami olib, fotositez 
jarayonida organik birikmalar to‗playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday 
organizmlar - avtotroflar deyiladi. 
o‗simhklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida 
organik moddalami karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ular organik
moddalami o‗simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo‗lgan darajagacha parchalaydi. Shunday


39 
qilib, biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi. 
Geterotroflar - yani hayvonlar, zamburug‗ va bakteriyalar ikki guruhga bo‗linadi. Bulardan 
birinchisi-iste'mol qiluvchilar, ya"ni konsumentlar bo‗lib, ozuqa sifatida tirik organizmlardan 
foydalanib. organik moddalami o‗zgartiruvchi, qisman parchalovchilardir. Eekin bu organizmlaming 
biror turi ham o"simliklardagi organik moddalami oxirigacha parchalay olmaydi. Ular organik 
moddalari muaan darajagacha parchalay oladi. Bunday turlardan qolgan chiqindilar boshqa geterotrof 
organizmlarga yem bo‗ladi. Bular - redutsentlar. ya'ni parchalovchilar - 
zamburug‗lar, bakteriyalar bo‗lib, o‗lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni 
parchalab oddiy mineral birikmalarga aylantirib beradi. Bu birikmalar yana tabiiy muhitga qaytadi va 
avtotrof organizmlar ( yashil o‗simliklar ) tomonidan qaytadan o‗zlashtinladi. 
Moddalarning bunday davriy aylanishi - hayotning davom etishi uchun zarur sharoit hisoblanadi, 
bu uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgandir. 
Shunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan bir-biriga bog‗liq turlardan barqaror 
zanjirlar paydo bo‗ladiki. bular boshlang‗ich ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin - ketin 
olib. turli yillar bilan tabiatda moddalarning davriy aylanishini ta'minlab turadi.
Organizmlar quysh energiyasini kimyoviy. mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda 
boradigan hamma o‗zgarishlar energiyam yo‗qotish bilan bog‗liq bo‗lib, u oxirida issiqlikga aylanib 
tarqalib ketadi. 
Jamoalardagi ozuqa zanjirlari juda murakkab bo‗lib. ular aslida yashil o‗simliklar tomonidan hosil 
qilingan energiyani 4-6 bo‗g‗in orqali o‗tkazadi. Bunday qatorlar boshlang‗ich energiyaning 
sarflanish yo‗li hisoblanib. ozuqa zanjiri deb ataladi. 
Shunday qilib, organizmlar orasida oziq uchuru-o‗zaro munosabatlar o‗rnatiladi. Natijada 
oziqlanish zanjiri hosil bo‗ladi. Oziq zanjiri esa uchta asosiy zvenodan iborat bo‗ladi. ya'ni 
produtsentlar, konsumentlar. redutsentlardan. 
Har bir oziq zanjirida ma'lum bir trofik bosqich shakllanadi: yashil o‗simliklar - organik 
moddalarni hosil qilib, birinchi trofik bosqichni; fitofaglar ikkinchi, etxo‗rlar uchinchi va hokazo 
bosqichlarm hosil qiladi. Oziq zanjiridagi hamma zvenolar o‗zaro bog‗liqdir. Bularning orasida 
birinchisidan to oxirigacha modda va energiya berilishi amalga oshiriladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish