Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o‘sishi jamiyat oldiga ijtimoiy
me’yorlardan og‘ishgan xulqli o‘smirlar va yoshlar bilan olib boriladigan ishlarning shakl va
usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo‘ygan. SHu sababli deviant va delinkvent xulq-
atvorli o‘smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar
Profilaktika (oldini olish)-o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy og‘ishganlikning turli
ko‘rinishlariga asosiy sabab bo‘luvchi sharoitlardan ogohlantirish, bartaraf qilish yoki
neytrallashga yo‘naltirilgan davlab, jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-
42
tadbirlarining yig‘indisidir. O‘smirlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan bir
necha yondashuvlari mavjud.
1.Axborotli yondoshuv. Bu yondoshuv ijtimoiy me’yordan xulqiy og‘ishganlik kelib
chiqishida voyaga etmaganlar (bu ijtimoiy me’yorlarni) bilmasliklari tufayli uni o‘z asosiy
yo‘nalishi sifatida voyaga etmaganlarga bu me’yorlarga rioya qilish, o‘z huquq va burchlari
haqida axborot berishdan iborat. Davlat va jamiyat qo‘ygan talablarini bajarishda bolalarning
yosh ko‘rsatkichiga mos qabul qilingan ijtimoiy me’yorlar haqida ma’lumot berishni ko‘zda
tutadi.
Bu ishni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televidenie)dan
kino, teatr, badiiy adabiyot va boshqa san’at asarlaridan foydalanish mumkin.
2. Ijtimoiy-profilaktik yondoshuv. Bunday asosiy maqsad – negativ holatlarning sabablari
va sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, neytrallashdan iborat. Voyaga etmaganlar tomonidan
giyohvandlik moddalarini iste’mol qilinishi uchun jinoiy javogarlikka tortilishlari haqida
ma’lumotga ega emaslar. Ular giyohvandlik – shaxsiy ish deb biladilar, faqat giyohvandlik
moddalarini tarqatish jinoyat deb hisoblaydilar. O‘smir giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi
psixotron moddalar to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan bu moddalarni
iste’mol qiluvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Bizning jamiyatimizda o‘smirlar o‘rtasidagi alkogolizm-ichkilikbozlik profilaktikasi
muammosi ham muhim o‘rin tutadi. O‘smirlar ichkilikbozlik va alkologizmning og‘ir ijtimoiy va
psixonevrologik oqibatlari haqida ham bilmaydilar.
3. Tibbiy-biologik yondoshuv. Bu yondoshuvning mohiyati ijtimoiy me’yorlardan
og‘ishganlikning oldini olishda tibbiy-profilaktik xarakterdagi turli psixik nosog‘lom shaxslarga
munosabat-biologik darajada bo‘lishi lozim. Agar insonda psixik (ruhiy) rivojlanishi, sog‘lig‘ida
turli nuqsonlar bo‘lsa, u o‘z ruhiy xususiyatlariga asosan ma’naviy-axloqiy me’yorlarni buzishi
mumkin. Bu holatda insonga uni o‘zgartirib bo‘lmaydigandek qaraladi. O‘smirda bunday psixik
nosog‘lomlikni o‘z vaqtida aniqlash juda muhimdir.
CHunki ular umuman hayolga kelmaydigan harakatlarni sodir etishlari mumkin. O‘smir
psixiatr mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilib, shunga muvofiq tibbiy davo choralari ko‘rilishi
lozim.
4. Ijtimoiy-pedagogik yondoshuv. Bu yondoshuv mohiyati o‘smirni deviantlik xulq-
atvoridagi shaxsiy xususiyatlarini qayta tiklash yoki to‘g‘rilashdan iborat. Ayniqsa, uning
axloqiy-irodaviy shaxsiy xususiyatlarini qayta tarbiyalash shart. O‘smirlarda, ularning irodaviy
xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni shakllantirish lozim:
o
o‘z so‘zi va ishining egasi bo‘lish;
o
o‘smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar etkazish kabi illatlarga bo‘lgan qiziqish
va harakatlarini to‘xtatish;
o
hozirgi davrda muhim bo‘lgan masalalar bilan band qilish;
o
huquqqa qarshi bo‘lmagan, puxta o‘ylab chiqilgan maqsadlarni qo‘yish.
Erki bo‘lmagan inson flyugerga o‘xshaydi, shamol qay tarafga essa o‘sha tomonga
o‘giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me’yorlarni buzish, jinoyatchilikni kutish mumkin. Uni
engillik bilan aldash, o‘zgalarning so‘zlariga quloq solishi. o‘zga axloqiy qarash va baholarga
og‘dirish oson. O‘zga axloqiy qarashlarga ergashib, u huquqbuzarlik va ahloqsizlik xulq-atvoriga
ega bo‘ladi. Bunday insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga erkinlik va huquqlarini
berib, uni o‘z-o‘zini boshqara olishga o‘rgatish zarur.
5. Saknsiyalarni qo‘llash. Bu yondoshuv mohiyati huqukbuzarlik qilgan insonni jinoiy
qonunlar asosida jazolash turadi.
Biroq, jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bu Samara bermaydigan holat bo‘lib, jamiyat
tomonidan qattiq sanksiya bo‘lib hisoblanadi, xalos. SHu sababli ijtimoiy og‘ishganlik
sabablarini aniqlash va bartaraf etishda bu faqatgina yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: