Vasiylik – bu “balog‘atga etmagan shaxslar shaxsi va mol-mulki huquqlarini himoya qilish
Ожегов.С.И. Толковый словарь русского языза. – М, 1994, с. 445
30
vazifasi yuklatilgan shaxslar yoki tashkilotlar ham tushuniladi. Vasiylik qilish topshirilgan shaxs
vasiy deb ataladi, uning majburiyati esa vasiylik.
qaramog‘iga olish - o‘z mazmuni bqyicha vasiylikka yaqin tushunchadir, qaramog‘iga
olish – bu balog‘atga etmagan bolalar shaxsiy va mol-mulkka himoya qilish shakli (va boshqa
kategoriyali odamlarning ham), ya’ni qaramog‘iga olish deganda vasiylikdan farqli ravishda
unga ancha keng kategoriyadagi bolalar kiradi. Hozirgi kunda kundalik nutqda va nazariy
tadqiqotlarda ikki tushuncha keng qo‘llaniladi: Yetim (hech kimi yo‘qlik) va ijtimoiy Yetim
(ijtimoiy hech kimi yo‘qlik).
Yetim bolalar – bu 18 yoshgacha bqlgan ikkala ota-onalari yoki birortasi vafot etgan
shaxslardir. Ijtimoiy Yetim – bu biologi kota-onalari bor bola, lekin ular qandaydir sabablarga
ko‘ra bola tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar.
Bunday hollarda bolalarga g‘amxo‘rlik qilish vazifasini jamiyat va davlat o‘z zimmasiga
oladi. SHunday qilib, ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar kategoriyalariga quyidagilari kiradilar:
ota-onalari vafot etgan.
Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan.
Ota-onalik huquqlari cheklangan;
Noma’lum, daraksiz, yo‘q hisoblangan.
Ishga yaroqsiz (nosog‘lom, ish qobiliyati cheklangan);
Jazoni ijro etish kolonniyalarida jazo olayotgan.
Jinoyat qilganlikda ayblanadi va qamoqqa olingan.
Bolalarni tarbiyalashdan bosh tortadi.
Bola vaqtincha joylashtirilgan davolash, ijtimoiy tashkilotlardan bolani olib ketishdan
bosh tortadilar.
Vasiylik va qaramog‘iga olish – Yetim-bolalarni va ota-onasi qarovisiz qolgan bolalarni
boqish, tarbiyalash, ta’lim berish va ularning huquq va qiziqishlarini himoya qilish uchun
joylashtirish shaklidir. Vasiylik 14 yoshga etmagan bolalar ustidan o‘rnatiladi, qaramog‘iga olish
14 yoshdan 18 yoshgacha bolalar ustidan o‘rnatiladi.
Yetimlik – jamiyat oldida turgan juda jiddiy muammolardan biridir. Ota-onasini yo‘qotgan
bola – bu alohida juda ham fojeali dunyodir. Ota va onali bo‘lish talabi ehtiyoji bolaning eng
kuchli talablaridan biridir.
Ijtimoiy Yetimlik bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun
xosdir. Masalan, amerikalik tadqiqotchilari butun dunyo bo‘yicha kasalxonalar, tug‘ruqxonalar,
ijtimoiy muassasalar tashlab ketilgan chaqaloqlar bilan to‘lib ketganligini aytadilar. Ularni
turlicha “voz kechilgan bolalar”, “davlat bolalari”, “tashlab ketish uchun tug‘ilganlar” ham deb
ataydilar.
Urush boshlanganda Shoahmad Shomahmudov va uning xotini Bahri Akramova artelda
temirchi bo‘lib ishlaganlar. Tokent ayollarining O‘zbekiston barcha ayollariga murojaat etib
(1942 yanvar) ularni evakuatsiya qilib kelingan bolalarga nisbatan onalik g‘amxo‘rligini
ko‘rsatishga chaqirganlaridan keyin ular turli millatlardan Yetim-bolalarni tarbiyalariga olishgan.
Ular orasida rus, belorus, moldavan, ukrain, latish, qozoq, tatar va boshqa millat bolalari bor edi.
Shomahmudovlar boshpanasiz qolgan bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadilar, ularni o‘qitib
tarbiyalab bizning mamalakatimizga munosib kishilari qilib o‘stirdilar. 1966 yilda zilziladan
so‘ng Shomahmudovlar boshpanasiz qolgan bolalarni oilaga qabul qildilar. Shomahmudovlar
“Hurmat belgisi” ordeni bilan B,Akramova “qahramon ona” ordeni bilan ham mukofotlanganlar.
Ular Raxmat Fayzining “Ulug‘ inson” romanining, “Sen Yetim emassan” badiiy filmining asosiy
qahramonlari timsoli qilib olinganlar. Toshkentning ko‘chalaridan biri Shomahmudovlar nomi
bilan ataladi, Xalqlar Do‘stligi maydonida “Do‘stlik” monumenti o‘rnatilgan. Ulardan tashqari
yana minglab o‘zbek oilalari urush yillarida evakuatsiya qilingan bolalarni asrab olganlar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq shoiri Gofur Gulom o‘zining “Sen Yetim emassan” she’rida
o‘z ota-onalarini va uylarini yo‘qotgan bolalarga qaratilgan qalb so‘zlarini yozgan:
Sen yetim emassan, tinchlan jigarim!
Quyoshdek mehribon vataning onang,
31
Zamindek vazminu mehnatkash, mushfiq
Xalq bor, otang bor cho‘chima jigarim,
O‘z uyingdasan, uxla jigarim
Yetimlikning hamma sabablarini aytib o‘tish qiyin, chunki bu turli fan sohalari olimlari
(shifokorlar, psixologlar, sotsiologlar, pedagoglar va ko‘plab boshqalar) shug‘ullanadigan ko‘p
qirrali muammo va u ham oxirigacha o‘rganib bo‘linmagan. Ammo hech bo‘lmaganda
Yetimlikning uchta sabablarini aytish mumkin:
1.
Ota-onalar (ko‘pincha onalar) o‘zining balog‘atga etmagan bolasidan o‘z ixtiyori
bilan voz kechadi, shu bilan birga bu ko‘pincha chaqaloqlik yoshida kuzatiladi: voz kechish,
tashlab ketilgan chaqaloqlar.
2.
Bolaning qiziqshlarini himoya qilish maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum
etilganda bolani oiladan majburlab tortib olish. Bu holat asosan ichkilikbozlikka berilgan,
jamoatchilik, jamiyat qoidalariga zid ravishda hayot kechirayotgan, nosog‘lom ota-onalari
bo‘lgan, notinch oilalarda yuz beradi.
3.
Ota-onalari vafot etganda. Bunga aholini shoshilinch ko‘chishga majbur etuvchi
qandaydir tabiiy yoki ijtimoiy kataklizmlar (urush, er qimirlashi va shu kabilar) oqibatida
yo‘qolib qolgan bolalarni ham kiritish mumkin. Har qanday jamiyat va davlatning asosiy vazifasi
– bolaning oilada tarbiyalanish huquqini amalga oshirishdir. Bolaning bu huquqlari xalqaro
hujjatlarda qayd etilgani kabi (BMTning bolaning huquqi haqidagi konvensiya va boshqalar),
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarda qayd etilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
oila kodeksida eng ustun va mustaqil sifatida quyidagi bolaning huquqlari ko‘rsatiladi: oilada
yashash va tarbiyalanish huquqi, ota-onalari va boshqa qarindoshlari bilan aloqa qilish huquqi,
o‘zini himoya qilish huquqi, ismi, familiyasi, otasining ismiga huquqi. davlat birinchi navbatda
bolani oilada saqlab qolishga va uni davlat muassasalariga tarbiyalashga berishni oldini olishga
bor kuchi bilan intiladi. Agarda bolani oilada saqlab qolish mumkin bo‘lmasa uning uchun yangi
oila izlash afzal deb hisoblanadi.
O‘zbekistonda ota-onalarisiz qolgan Yetim-bolalarga yordam ko‘rsatish uchun “Sen
yolg‘iz emassan” Respublika ijtimoiy fondi tashkil etilgan. Har bir mamlakatlarda bola tarbiyasi
va rivojlanishiga tegishli ijtimoiy alternativ masalalar tizimi yaratilmoqda, rivojlantirilmoqda va
mustahkamlanmoqda. Ularga quyidagi mumkin bo‘lgan usullarni kiritish mumkin:
Oilaga qaytarish.
Mamlakat ichida asrab olish.
Tarbiyalash uchun oilaga berish;
Maxsus tarbiya muassasalariga berish.
Yetim-bolalarga vasiylik qilish ikki yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin – asrab olish
yoki davlat qaramog‘iga olish bilan. Asrab olish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: asrab
olgan oila, vasiylik qiluvchi oila, bolalikka olgan oila.
Farzand qilib olish – bu bolani himoya qilish maxsus chorasi, bunda bola va uning haqiqiy
ota-onasi bo‘lmagan odam yoki er-xotin o‘rtasida qarindoshlik aloqalari yuridik o‘rnatiladi.
Bolaning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun bolani farzand qilib olganida u aynan oilaga ega
bo‘lishi, unga biror-bir o‘rnini bosuvchi emas, oilaga ega bo‘lishi muhim holat hisoblanadi.
Bizning davrimizda ko‘plab hamyurtlarimiz mehribonlik ko‘rsatib ota-onasiz qolgan bolalarni
oilalariga oladilar. Masalan, Nizomiy nomidagi TDPU padgogika kafedrasi katta o‘qituvchisi
Ishmuxamedov Ravshan Djuraevich Yetim qolgan bola – koreys bolani asrab oldi (2003).
Ishmuxamedovlar oilasida o‘zlarining to‘rtta farzandlari bor. Bunday harakat haqiqiy
insonparvarlik va begonalar baxtsizligiga g‘amxo‘rlik munosabatini bildiradi.
Davlat vasiyligi – asrab olingan bolaga (Yetim bolaga) uning tarbiyasi va rivojlanishi
uchun zarur sharoitlar yaratib, uni bu maqsadda maxsus tashkil etilgan tashkilotga joylashtirish
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bola bolalar uyiga (maloletka), vaqtinchalik asrab olinadigan oilaga, mehribonlik uyiga
(bolalar uyi) maktab-internatga joylashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: