10
2. Milliy g‘oyani o‘quvchi yoshlar ongiga singdirishda ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni takomillashtirishning o‘rni va ahamiyati
Hozirgi davrda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni ma’rifatli va yuksak
madaniyatli qilib tarbiyalash ta’lim muassasalari zimmasidagi mas’uliyatli, biroq
sharafli vazifadir. Yoshlarga ma’naviy tarbiya berishning bosh maqsadi ularda
mustaqillik tafakkurini shakllantirishga qaratilmog‘i lozim. Mustaqillik tafakkuri esa,
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, yoshlarda O‘zbekistonning
istiqboli va istiqloli haqida qayg‘urish, o‘zining va o‘z xalqining, vatanining qadru
qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilish, yuksak g‘oyalar, yangi fikriy
kashfiyotlar og‘ushida mehnat qilib, iste’dodi bor imkoniyatini, kerak bo‘lsa, joinini
yurt istiqboli, eliga baxshida etish kabi buyuk xislatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Shu boisdan ham bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirishga
ehtiyoj kelib chiqdi
1
.
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar tushunchasi keng qamrovlidir. U o‘z yo‘nalishiga
ko‘ra komil insonni tarbiyalash maqsadini qo‘yar ekan, bu vazifani ado etish murakkab
va chuqur mazmunli vazifalarni bajarishni talab qiladi. Shu bois barcha ta’lim
muassasalarida 1996-1997 o‘quv yilidan e’tiboran rahbarlarning ma’naviyat va
ma’rifat ishlari bo‘yicha muovinlari lavozimlari ta’sis etildi. Ularning zimmasiga
yoshlarni ma’naviy barkamol, ma’rifatli, yuksak madaniyatli qilib tarbiyalashdek
sharafli vazifa yuklangan. Bu ishlarni ko‘ngildagidek bajarish uchun izlanish, harakat
qilish taqazo etiladi. Ma’naviyat va ma’rifat sohasiga mas’ul kishilar bu yo‘lda bor
imkoniyatlarini ishga solishlari kerakligini yaxshi tushundilar
2
.
Xalqaro maydonda globallashuv sharoitida mafkuraviy, g‘oyaviy va
informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli
mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli
munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga dahldorlik hissini
oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi
mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi
ishlarni, yanada kuchaytirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
kengashining faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqish davr talabidan kelib
chiqdi. Mamlakatimizda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning
samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida
hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishida
bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda 2006 yil 25 avgustda Milliy g‘oya va
mafkura Markazi tashkil etilgan. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, milliy g‘oya
va mafkurani, O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining
1
Toxiriyon A. va boshq. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari. Toshkent., “Navro‘z”, 2015. 37-bet
2
Bekmurodov. M, Yusupova. N - Madaniyat sotsiologiyasi., Toshkent., 2010. 41-bet
11
buyuk davlat barpo etish to‘g‘risidagi maqsad-muddaolarini hisobga olgan holda,
yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo‘nalishlari bor.
Bunda jamiyat xayotining barcha sohalarini qamrab olishi ta’lim tarbiya, targ‘ibot
tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishini taqozo etadi.
Milliy g‘oya va mafkurini singdirishda har bir ota-ona o‘z farzandining
maktabgacha tarbiyasi, uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb
etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanligini anglab yetishi
kerak. Bunda oilaning ta’lim muassasalari tizimiga izchil uyg‘unlashuviga erishish
zarur. Bu davrdagi barcha ta’lim beruvchi muassasalar mafkuraviy 40 tarbiyaning
asosiy o‘choqlaridir. Mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalari va
darsliklar, ko‘shimcha adabiyotlarda: Vatan tuyg‘usini shakllantirish, ona tilimizga
muhabbat uyg‘otish, milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, ezgulik timsoli
bo‘lgan ayolni ulug‘lash oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini
ko‘rsatish, mahalla demokratik darsxonasi va o‘z o‘zini boshqarish maktabi ekanligi
to‘g‘risidagi omillar ustivor ahamiyat kasb etishi lozim. Jamoatchilik fikrini
shakllantirish, milliy g‘oya va mafkurani yosh avlod ongiga singdirishda ommaviy
axborot vositalari alohida o‘rin tutadi.
Ta’lim va tarbiya berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va
mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri muloqot hisoblanadi, chunki
inson qalbi va ongida shakllanadigan ruhiy qarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat
kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta, jurnallar, badiiy hamda ilmiy
adabiyotning o‘rnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz keladigan
fikr almashuv, insonning yuzi-ko‘ziga qarab turib aytiladigan bamani so‘z va
hissiyotlarning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham har bir ota-ona bir gapni aytishi
lozim bo‘lsa, bolasining yuzini o‘ziga qaratib olib zarur yuz qiyofasi va ko‘zidagi
samimiyat bilan fikrni uqtira boshlaydi bunday muloqot samarali bo‘ladi. Shu bois
auditoriyalarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi, talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot
ta’lim va tarbiya jarayonida katta ahamiyatga ega. Mafkurani amalga oshiruvchi shaxs,
ziyoli pedagoglardan avvalo tajriba, bilimdonlik ishontira olish qobiliyati uning nutqi,
o‘ziga ishonch va boshqalar talab qilinadi.
O‘qituvchilar o‘zida mavjud bilim, tushuncha g‘oyalarni asos qilib olgan holda,
yoshlar, o‘quvchilar ongida mustahkam e’tiqodni shakllantirish, ta’sir ko‘rsatishdir.
Bunda u muloqotning barcha samarali va ta’sirchan vositalaridan monolog, dialog,
bahs-munozara kabilardan foydalanadi, aynan ana shu faoliyat har bir o‘qituvchi, ta’sir
ko‘rsatuvchining ritorika asoslaridan xabardor bo‘lishini nutq mahoratini egallashini
talab qiladi. So‘zlovchi nutqiy va nutqiy bo‘lmagan vositalardan o‘z o‘rnida maqsadga
muvofiq foydalanishi kerak. Hissiy ta’sir usullari o‘rinli ishlatilgan qarashlar, imo-
ishora, mimika kabilar ham ta’sirni kuchaytiruvchi psixologik mexanizmlar ekanligini
unutmaslik kerak. Mafkuraviy g‘oyalar turli badiiy va hujjatli filmlar, bolalar yoki
kattalar uchun yaratilgan mulfilmlar orqali ham yetkazilishi mumkin, muhimi ular xalq
12
ma’naviyati, o‘lmas merosimiz, kelajakka ishonch uyg‘otuvchi mano-mazmun bilan
yo‘g‘irilgan bo‘lishi kerak. Eng muhimi mamlakatimizda qabul qilingan Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi har tomonlama, barkamol, bilimli, malakali yoshlarni voyaga
yetkazishni jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan tarixiy xujjat ekanini tushuntirish va
uni amalga oshirishga butun kuchli safarbar etishimiz, yurt tinchligi, vatan ravnaqi,
xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan komil insonlarni tarbiyalash bizning
muqaddas burchimizdir.
Hozirgi voqelikda Milliy g‘oya va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar
mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda.
Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek,
zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish; mafkuraviy
diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy infiltratsiya, dezoriyentatsiya,
mafkuraviy qo‘poruvchilik harakatlarini qo‘llash orqali xalqimizda O‘zbekistonning
buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg‘otishga, davlat siyosatini obro‘sizlantirishga,
odamlarning o‘zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga
intiladilar.
Bunda ular biror xususiy faktni umumlashtirish (ekstrapolyatsiya), yolg‘onni
haqiqatga o‘xshatib tasvirlash, kichik muammodan katta yolg‘on yasash, bir narsani
takrorlayverish, tuyg‘uni aqldan ustun qo‘yish, tinglovchining shaxsiy manfaatni
birinchi o‘ringa qo‘yib, (unga do‘st bo‘lib ko‘rinish) “hasratlashish”, hukumatlarni
xalqlarga yomon ko‘rsatish, millat dushmanlariga rahmdillik, hamfikrlik tuyg‘ularini
uyg‘otish, masalan odamlarga tanish, qadrdon ma’lumotlarni ishlatib, (falon joyda
falon voqea bo‘ldi), deb rostga yolg‘onni ulab yuborish uslublaridan mafkuraviy
kurashda foydalanayapti. Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni yengishi
uchun o‘zida ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, to‘kislik, jangovarlik, safarbarlik,
umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun Milliy
istiqlol mafkurasining yot mafkuralarga qarshi kurash uslublari, jumladan, buzg‘unchi
g‘oyalar mohiyatini fosh qilishga qaratilgan targ‘ibot, mafkuraviy monitoring va
tahdidlar mohiyatini xalqimiz ongi va qalbiga yetkazish, jaholatga qarshi ma’rifat
tarqatish uslublaridan doimo va hamma joyda foydalanish taqozo qilinadi
1
.
Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim
qismining g‘oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. Yot mafkura va buzg‘unchi
ta’sirlar bilan kurash mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har
qanday
ko‘rinishlariga
murosasizlikni
taqozo
qiladi.
Qarshi
targ‘ibot
samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tezkorligida bo‘lib, unda
muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy o‘quv
yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy
imkoniyatlarini hisobga olish ko‘zda tutiladi. Shaxsning mamlakat ichkarisida va
1
Toshmatova. K - Madaniy-marifiy faoliyat va sog'lom mafkurali insonni tarbiyalash. BMI., Toshkent., 2012. 24-bet
13
tashqarisida sodir bo‘layotgan voqealarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy
immunitetni mustahkamlaydi. Chunki mafkuraviy tahdid o‘zining mazmuni,
tamoyillari, uslublari va shakllariga ko‘ra murakkab hodisadir. Unga: Mustaqil
O‘zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka
erishgan mamlakatlarning hammasida bor bo‘lgan umumiy muammolarni “faqat
O‘zbekistonda bor” deb talqin qilish, erishilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari
mohiyatini, hukumatimizning tashqi va ichki siyosatini soxtalashtirish, buzib
ko‘rsatish.
Ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizimini bir yoqlama ko‘kka ko‘tarish;
milliy g‘oyalarimizni obro‘sizlantirish; ko‘p millatli O‘zbekistonda aholi o‘rtasida
ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni tarqatish va nizolar keltirib
chiqarishga urinish; odamlarning diniy tuyg‘ularini junbushga keltirish, diniy
yovqarashni paydo qilish kabi yo‘nalishlar xosdir. Globallashuvning ana shunday
murakkab sharoitida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov atrofiga jipslashib u olib
borayotgan siyosatni xalqimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish uchun bor kuchi bilan
harakat qilayotgan juda katta ziyolilar otryadi mavjud. Ular Vatan manfaatlarini,
xalqimizni turli xil ma’naviy taxdidlardan himoya qilishga doimo shaydirlar. “Yuksak
ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida aytilganidek “o‘qituvchilar va shifokorlar,
madaniy oqartuv muassasalaridagi va boshqa sohalardagi ko‘plab mutaxassislar –
chinakam ziyolilardir. Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimizga e’tiborni
kuchaytirish kerak.Chunki ma’naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga
g‘amxo‘rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur moddiy-ma’naviy sharaitlarni
yaratib berish davlat hokimiyati va xo‘jalik tashkilotlari rahbarlarining burchi va
mas’uliyatli vazifasidir”.
Ma’naviy - ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlari hech qachon hozirgidek
dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma’naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishi bo‘lgani, mafkuraviy tahdid va axboriy xurujlar ko‘payib borayotgani,
odamlar ongi va qalbini egallash yo‘lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun
hayotning barcha jabhalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma
qatlamlari orasida ma’naviy - ma’rifiy va mafkuraviy sohada jadal ishlarni amalga
oshirish targ‘ibotchi oldidagi eng muhim vazifa hisoblanadi. Shuning uchun ham
ma’naviy - ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlari qanday dastur va yo‘nalish, qaysi
ko‘rsatma va qo‘llanma, qanaqa reja asosida, qay saviyada, kimlar tarafidan olib
borilayotgani g‘oyat muhim masala bo‘lib turibdi. O‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida
yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda, ularda milliy ong va g‘ururni
uyg‘otishda, Vatan, millat va istiqlol taqdiri uchun faol kurashchi fuqarolarni
tarbiyalab, voyaga yetkazishda muzey, teatr va kutubxonalar, bugungi kun ta’biri
axborot resurs markazlarining alohida o‘rni bor.
Bu kabi muassasalar mustaqil Respublikamiz fuqarolari ma’naviy dunyosini
boyitish, ularni go‘zal narsalarning hammasidan bahramand qilish, kishilar qalbiga
14
tezroq yo‘l topish, estetik hissiyotiga kuchli ta’sir qilish, hayotiy voqea-hodisalarni
chuqur mushohada etishga da’vat etish kabi ajoyib xususiyatlarga ega. Shuning uchun
pedagog-o‘qituvchilar o‘z faoliyatida mazkur muassasalarning yoshlarni yuksak
ma’naviy-ahloqiy ruhda tarbiyalashdagi badiiy ta’sir etishdek vositalik xususiyatidan
imkoni boricha kengroq foydalanishlari muhim ahamiyatga ega
1
.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasini yaratish eng muhim
vazifalardan biridir. Chunki har qanday ma’naviy-ma’rifiy tadbir metodik jihatdan
puxta ishlab chiqilmasa quruq safsatabozlikdan nariga o‘tmaydi. Shu sababli birinchi
Prezident o‘zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek
“Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-
kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar
tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr,
g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra
muhim ahamiyat kasb etmoqda”. Ma’naviy va ma’rifiy ishlar yuzasidan o‘tkaziladigan
tadbirlarning muayyan majmui xalqimizning tarixi, urf-odatlari, rasm-rusmlari asosida
tayyorlanib, talaba-yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat uyg‘otish ruhida
o‘tkazilishi muhimdir. Shuni ham aytish kerakki bunda milliy o‘ziga xoslikka haddan
tashqari e’tiborni qaratish, boshqa millatlarning an’analari, urf-odatlarini ozgina
bo‘lsa-da kamsitish, behurmat qilish kabilarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Milliy
qadriyatlarga bag‘ishlab tashkil etiladigan tadbirlar umuminsoniy qadriyatlar bag‘rida,
u bilan ichki, uzviy aloqadorlik tarzida o‘tkazilishi lozim. Jumladan, xalqimizning
to‘ylari haqida gap ketganda, bir mintaqada tarixan yonma-yon yashab kelgan, hozir
Respublikamizda bahamjihat istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning to‘ylari
bilan qiyoslab, boshqa millat va elatlarning to‘ylariga ham hurmat hissini uyg‘otgan
ma’qul. Ayni paytda, xalqimizning to‘ylaridagi ayrim nomaqbul jihatlarga, jumladan
ortiqcha sarf- harajatlarga, keragidan ziyod hashamlarga, shuhrat orttirish maqsadida
“behuda bel sindirishga” urinishlarni tanqidiy baholashlarga ham ozgina bo‘lsa-da,
e’tibor berilgani durust.
Natijada, bunday tadbirlarning ma’rifiy jihati kuchayadi. Ma’naviy va ma’rifiy
ishlarning muayyan majmui Navruz bayrami singari xalqimizning ajoyib an’analarida
ham o‘z ifodasini topishi mumkin. Bunday sanalarni nishonlaganda ham talaba-
yoshlarga ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiya berish masalasiga alohida e’tiborni
qaratish kerak. Jumladan, Eron va Turonzamin xalqlarining talaygina an’analari, urf-
odatlari rusm-rusumlari, umuman turmush tarzidagi umumiylik, mushtaraklik
mavjudligi misolida azaldan ushbu mintaqadagi xalqlarning o‘zaro iqtisodiy va
madaniy aloqalari mavjudligiga e’tiborni qaratish va Navro‘z singari bayramlar
qardosh xalqlar, qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik, totuvlikni
1
Toshmatova. K - Madaniy-marifiy faoliyat va sog'lom mafkurali insonni tarbiyalash. BMI., Toshkent., 2012. 28-bet
15
mustahkamlashga xizmat qilib kelganini ta’kidlash joiz. Bu bilan Navro‘z bayrami
tashkilotchilari talaba-yoshlarda baynalmilallik, do‘stlik va o‘zaro xayrixohlik
tuyg‘ularini kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldilar. Aslida, qadimdan yetib kelgan an’ana
va rasm-rusumlarni nishonlashdan ko‘zlangan maqsad ham shudir.
Ta’kidlash lozimki, Navro‘z bayramiga diniy tus berish o‘zini oqlamaydi.
Umuman, talaba-yoshlarga diniy - ma’rifiy tarbiya berishda ham Respublika
hukumatining dinga bo‘lgan munosabatini aniqlashtiruvchi, belgilovchi, shuningdek
vijdon va e’tiqod erkinligiga oid hujjatlari doirasida ish tutmoq kerak. Aks holda
kutilmagan, noma’qul natijalar kelib chiqishi mumkin. Biz so‘z bilan aytganda,
ma’naviy ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri tashkil etish milliy g‘oyani o‘quvchi yoshlar ongiga
singdirishda eng muhim omillardan biri bo‘lib xizm at qilishiga shak-shubha yo‘q.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jonlantirish orqali mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot
ishlarini tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, uzviylik, meyor,
davomiylik tamoyillariga alohida rioya etish zarur.
O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari
quyidagilar: Mafkuraviy ishlarni tashkil etishda, bu mas’uliyatli ishni shu sohaning
mutaxassislariga topshirish. Bunda bilim, hayotiy tajriba va notiqlik talablariga rioya
etiladi. Ijtimoiy muhit hisobga olinishi lozim Targ‘ibot, tashviqotda uzviylik talab
etiladi. Targ‘ibot – tashviqot ishlarini doimo takomillashtirib borish, yangi usullarni
ishga solish lozim bo‘ladi. Bu ishni quruq rasmiyatchilikka, majlisbozlikka aylantirib
yubormaslik kerak. Ishning samarasini monitoring orqali yakunlab borish talab etiladi.
Milliy g‘oyani targ‘ibot-tashviqot qilishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga e’tibor
qilish lozim: Keng qamrovlilik, jamiyatning barcha a’zolarini jalb qilish. Uzluksizlik,
davomiylik, ta’lim tizimining barcha sohasini, maktab, litsey, kollej, oliy o‘quv
yurtlarini, o‘quv rejalari, darsliklarda o‘z ifodasini topishi kerak. Bosqichma –
bosqichlik, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi, intellektual imkoniyatini hisobga
olish.
Meyoriylik hayotdan uzilib qolmaslik Shaxsiy ibrat, targ‘ibotchi, tarbiyachilar,
korxona, xo‘jalik raxbarlari, hukumat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, hamma
jihatdan namuna bo‘lishlari talab etiladi. Uzundan – uzoq ma’ruza emas, suhbat,
munozara, bahs, davra suhbatlaridan keng foydalanish talab etiladi. Eng muhimi milliy
g‘oya yuzasidan olib boriladigan targ‘ibot ishlarida o‘quvchilarning yoshi va
intellektual salohiyatini hisobga olgan holda turli usul va vositalardan foydalanish
lozim. Targ‘ibotning dastlabki bosqichi sinf, auditoriyani o‘ziga jalb qilishdir. Albatta,
darhol mavzudan so‘z yuritmasdan, bir necha daqiqa ular bilan yaqindan suhbatlashib,
so‘ngra asosiy masalaga o‘tilsa yaxshi samara beradi. Keyingi bosqich – masalani
tushuntirish maqsadi bosqichi bo‘lib, qo‘yilgan har bir masalani sodda, aniq,
turmushdan olingan dalillar, ma’lumotlar bilan bog‘lab tushuntirilsa hamda zarur
o‘rinlarda buyuk allomalarimiz asarlaridan olingan pandu nasihatlari, hikmatlari, xalq
matallaridan foydalanilsa o‘quvchining ongi va hissiyotiga ta’sir qiladi.
16
Natijada milliy g‘oya o‘quvchilarning ongi va qalbiga yetib boradi, ishonch va
e’tiqodini shakllantiradi. Shunday qilib, mafkuraviy tarbiya jamiyatimizning barcha
sohalarida, iqtisodiy va madaniy yuksalishimizda, bunyodkorlik ishlarimizda,
xalqimizning erkin va farovon hayotini ta’minlashda qudratli ma’naviy qurol xizmatini
bajaradi. Ma’naviyati yuksak xalq – yengilmas xalqdir. Shu boisdan ham yoshlarni
milliy g‘oya ruhida tarbiyalashni ta’minlashning g‘oyat muhim shartlaridan biri – bu
ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, umumtalim, akademik litsey va kasb-
xunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida ommaviy axborot vositalaridagi materiallarni
tahlil qilishga, o‘quvchi yoshlar va talabalarni yot mafkuralar ta’siridan himoya
qilishga qaratilgan tadbirlarni yo‘lga qo‘yish, ommaviy axborot vositalarining
samaradorlik darajasini o‘lchash va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish usullari,
texnologiyalari, ustuvor yo‘nalishlari XXI asrda insoniyat o‘z taraqqiyotining sifat
jihatidan yangi pallasiga qadam qo‘ydi. Dunyoda katta o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan
bugungi kunda ijtimoiy makonni o‘zlashtirishning yangi usullari, jumladan, yangi
texnologiyalar keng rasm bo‘ldi. Texnologiyalar asri deb atalayotgan XXI asrda ishlab
chiqarishda joriy etilgan yangi texnologiyalar mehnat samaradorligini misli
ko‘rilmagan darajada o‘stirib yubordi. Biroq yangi texnologiyalar faqat sanoat va
qishloq xo‘jaligida qo‘llanilmayapti, balki ma’naviy, mafkuraviy jarayonlarda ham o‘z
samarasini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai
nazardan yondoshish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishda zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish zaruratini ko‘rsatadi. Ma’naviyat va ma’rifat g‘oyalarini
xalq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida
tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va meyori, davomiyligi va tamoyillari singari
jihatlar qamrab olinadi. Ularning muhimligi shunda ko‘rinadiki, masalan, targ‘ibotda
meyorning buzilishi, milliy mafkura to‘g‘risida hadeb va noo‘rin gapiraverish, meyorni
bilmaslik teskari samara berishi mumkin. Targ‘ibot texnologiyasi ma’naviy-ma’rifiy
ishlar, milliy g‘oya va mafkura mazmun-mohiyatiga mos bo‘lgan taqdirdagina kutilgan
natijaga erishish mumkin. Milliy g‘oya va O‘zbekiston tajribasi ko‘tarilgan masalaning
muhimligi O‘zbekistonda ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishga
undaydi. E’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, bizda “fuqaro tarbiyasi” haqida kam
gapiriladi. Lekin bizda bu vazifa o‘z holiga tashlab qo‘yilgan emas.
O‘zbekistonda fuqaro tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lib, asosan
ikki yo‘nalishda: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida va milliy istiqlol g‘oyasini
singdirish vositasida amalga oshirilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, bizda ham fuqaro
tarbiyasini amalga oshiruvchi maskan sifatida maktab tanlangan. Chunki maktabda
bola bilim olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Demak, maorifga millatni
tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa yuklangan. Lekin ta’lim tizimida targ‘ibot-
tashviqotdan maqsad – faqat bilim berish emas, balki kishini biror harakatga undashdan
iborat ekanligini unutmasligimiz lozim. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak,
17
milliy g‘oya va mafkura o‘qitilayotgani hali odamlar ongiga mafkura singdirilyapti
degani emas. Demak, mafkuraviy maqsadlarni aniq o‘quv vazifalari shakliga
keltirishimiz, milliy g‘oya va mafkuradagi asosiy g‘oyalarning amaliy harakatlarga
aylanishiga erishishimiz zarur.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar vositasida milliy g‘oyani o‘quvchilar ongiga
singdirishda ta’lim jarayoni tarbiya bilan uzviy bog‘liqligini tashkil qiluvchi, har bir
fanni о‘qitishdan kо‘zlangan maqsadni belgilashda uning tarbiyaviy tomoniga e’tibor
berish, tarbiyachini ma’naviy shakllantirishga oid tarbiyaviy tadbirlardan samarali
foydalanish, ta’lim jarayonini hayot bilan, amaliy bilim bilan chambarchas bog‘liq
xolda tashkil qilish kerak. Chunki sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek
ma’suliyatli va sharafli vazifani о‘z zimmasiga olayotgan о‘qituvchi, avvalo, о‘z
yuksak ahloqi, ma’naviy yetuk, milliy qadriyatlarga, istiqlol g‘oyalariga sodiq, siyosiy,
iqtisodiy, huquqiy bilimlardan xabardor bо‘lgan mukammal inson bо‘lishi zarur.
Inson asosan ikki yо‘l bilan tarbiyalanishi mumkin: birovlarning bevosita ta’siri,
ya’ni о‘rgatishi, shuningdek, donolar fikrlari, о‘gitlari va asarlarini о‘qitish orqali;
inson о‘zini fikrlashi, odamlar hayoti harakatidan, qilgan va qilayotgan ishlaridan
tegishli xulosalar chiqarib olish; eng qudratlisi – tafakkuri vositasida tarbiyalanishi
mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, insonning insonligi birinchi navbatda uning
ma’naviy-axloqiy jihatidan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-ahloqiy
tarbiya tushunchasi keng qamrovlidir. Ma’naviy-ahoqiy barkamol inson ota-onasi,
farzandlari, qarindoshlari, xullas, butun oila a’zolari, qо‘ni-qо‘shnilari, mahala-kuyi,
qishloqdoshlari va butun mamlakat xal farovonligi haqida qayg‘uradi, tevarak atrofni
о‘rab olgan insonlar unga kerak bо‘lgani singari, о‘zi ham ularga kerakli bо‘lishiga
intiladi, odob-ahloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblaydi, ota-
bobolardan yodgor bо‘lib qolgan madaniy merosni qadrlaydi, milliy qadriyatlarni
e’zozlaydi va ularga sodiq bо‘lib qoladi, vatanparvarlik, xalqparvarlik. insonparvarlik
tuyg‘ulari barqaror bо‘ladi, о‘zaro muomala-munosabatda о‘rnak bо‘lishga moyil
bо‘ladi; birovning og‘irini yengil qilishni odat qiladi, umumxalq ma’qullagan va
hukumat tomonidan qabul qilingan Konstitutsiyani hurmat qiladi va unga sadoqat
namunalarani amalda kо‘rsatadi; diyonat va adolat, mehr-shavqat va ezgulikni himoya
qiladi; va’daga vafoli bо‘lishni о‘ziga kasb qilib oladi. О‘sib kelayotgan yosh avlodda
ana shunday fazilatlarni shakllantirish – milliy g‘oyamizning eng ezgu maqsadidir.
Bunday maqsadga erishishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar muhtim ahamiyat kasb etadi.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |