1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETI
MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI
YO’NALISHI 3-BOSQICH 302-GURUH TALABASI
ASHUROV MIRZOHIDNING
“MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARGA TIZIMLI YONDOSHISH”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Bajaruvchi__________________
Kurs ishi rahbari______________________
ANDIJON – 2022
2
Reja
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi, maqsad va vazifalari
2. Milliy g‘oyani o‘quvchi yoshlar ongiga singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
takomillashtirishning o‘rni va ahamiyati
3. Jamiyatdagi turli mafkuraviy taxdidlarning shaxs taraqqiyotiga ta'siri.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Insoniyat tarixiy tajribasining ko'rsatishicha, biron-
bir jamiyat madaniy-ma'naviy, ma'rifiy imkoniyatlarni, odamlar ongi va
qalbida ma'naviy axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay va mustahkamlamay
turib, o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Yuksak madaniyat, ma'naviyat va
ma'rifat har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir.
Madaniy-ma'naviy
jihatdan
qashshoq
bo'lgan
mamlakat
buyuk
porloq
istiqbolga ega bo'lolmaydi. Madaniy qashshoqlik, ma'naviy inqiroz, insonning
intellektual noyetukligi va omiligi barcha davlatlarda ham jamiyat taraqqiyoti uchun
nihoyatda halokatli hodisa bo'lgan. Siyosiy, ijtimoiy va hatto iqtisodiy
bo'hronlar, taraqqiyotdagi sustlashish, depsinishlar ham asosan ma'naviy-ma'rifiy
zaiflashish oqibatida yuzaga kelgan, chuqur ildiz otib ketgan.
Madaniy-ma'rifiy taraqqiyot va ma'rifiy yuksalish bitun insoniyat hayotida
katta o'rin tutgan va ustuvorlik qilganidek mustaqil O'zbekistonnig o'z istiqlol
va taraqqiyot yo'li uchun ham muhim hayotiy zaruratdir. O'zbekistonning
kelajakda buyuk davlatga aylanishi, Yo'lboshchimiz takidlaganidek, to'rt asosiy
negizga - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikka,
xalqimizning
ma'naviy
me'rosini o'rganish va rivojlantirishga, insonning o'z imkoniyatlarini erkin
namoyon qilishga hamda vatanparvarlikka asoslanadi. Ana shunday ulkan siyosiy
qarashlar va bunyodkorlik g'oyalari hukm surayotgan bir davrda ma'naviy
barkamol, sog'lom mafkurali insonni tarbiyalashda madaniy
-
ma'rifiy
faoliyatning o'rni va ahamiyati haqidagi ushbu bitiruv malakaviy ishi ayni
hozirgi kunimiz va hayotimiz uchun juda zarur va ahamiyatli hisoblanadi.
Bashariyat tarixida sanoqligina xalqqa va millatga zardushtiylik va uning
muqaddas kitobi "Avesto" dek ilohiy ne'mat nasib etgan.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganining 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida
“Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni
rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini
va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini
ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi”
1
.
Hozirgi
davrimizda
esa
Islomiy
qadriyatlarni,
Qur'oni
Karim,
Muhammad payg'ambarimizning Hadislarini, tasavvuf ta'limotini o'rganar
ekanmiz, ularda milliy ma'naviyatimiz uchun o'ta muhim bo'lgan komil
inson masalalarini e'tibordan chetta qolmaganligini ko'rishimiz mumkin. Umuman
olganda shaxs mafkurasini to'g'ri shakillantirish to'g'ri ta'lim-tarbiya berish
masalalari barcha davrlarda eng muhim masala hisoblangan. O'zbekiston xalqi
o'zining o'tmish tarixida bir necha bor madaniy yuksalish bosqichlarini bosib o'tgan.
Ana
shunday
yuksalish
bosqichlarida
bizning
qadimiy va
muqaddas
1
https://daryo.uz/2020/12/07/shavkat-mirziyoyev-ozbekiston-xalqini-konstitutsiya-qabul-qilinganining-28-yilligi-
bilan-tabrikladi/
4
zaminimizda
o'zimizning tariximiz, madaniyatimiz,
ma'naviyatimiz
va
ma'rifatimizni, adolat va qonunchilikni va jahon sivilizatsiyasini rivojlanishida
bebaho hissa qo'shgan, ma'naviyat va ma'rifat sohasida ta'limot yaratgan buyuk
daholar, yetishib chiqqan. Komil inson masalalari aynan bizning vatandoshlarimiz
ijodida o'zining chuqur ilmiy-amaliy ahamiyatini topgan. Hususan, Imom Ismoil
Buxoriy, at-Termiziy, Ahnad Yassaviy, Bahuddin Naqshband, Abu Nasr
Moturdiy, Burhoniddin Marg'iloniy, Najmiddin Kubro, Al-Xorazmiy, Ahmad
Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud
Qoshg'ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek,
Xoja Ahror Valiy, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, kabi ulug' zotlar, buyuk
ajdodlarimiz asarlarida insonni ma;naviy jihatdan boyitish masalalari ko'ndalang
qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |