Tayanch iboralar: bir jinsli muhit, sindirish ko‘rsatkichi, xira muxit, Tindal-effekt, yorug‘likning molekulyar sochilishi, dielektrik
Avvalgi barcha boblarda yorug‘lik mutlaqo bir jinsli muhitda tarqaladi debfaraz silgan edik. Haqiqny muhithech vaqt bir jinsli bo‘la olmaydi. Unda zichlik, temperatura gradientlari va h. k. bo‘ladi, natijada muhitning sindirish ko‘rsatkichi koordinataning funksiyasi bo‘lib qoladi. Fazoda juda ham sekin o‘zgaruvchi makroskopik nobirjinsliklar bilan bir qatorda muhitda mikroskopik nobirjinsliklar ham bo‘lishi mumkin. Bularga muhitning ashdirish ko‘rsatkichi va yutilish koeffitsientlaridan farqlanuvchn ko‘rsatkich va koeffitsientga ega bo‘lgan muallaq holdagi mayda zarralar, masalan, kolloid eritmalardagi muallaq kolloid zarralar, havodagi chang, tuman zarralari, suyuqliklardagi qattigs. ' zarralar kiradi. Bu zarralarning kattalig'i va sindirish ko‘rsatkichi turlicha bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi muhitda yorug‘likning tarqalishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Begona mikrozarralar muallaq holda ishtirok etgan bir jinsli bo‘lmagan muhit xira muxit deyiladi. Yorug‘likning bunday xira muhitda tarqalishida muallaq zarralar yorug‘likni boshlang‘ich tarqalish yo‘nalishidan chetlatadi. Bunday chetlanishlar barcha yo‘nalishlarda ham ozmi-ko‘pmi bo‘ladi (1-rasm), ya’ni yorug‘lik sochila-
1- rasm
di. Shu tufayli xira muhitga tushgan yorug‘lik dastasi chekka tomondan ham ko‘rini-shi mumkin. Ko‘pincha kunduzlari bulutlardan o‘tib kelayotgan Quyosh nuri, kechasi projektor nurlari yaxshi ko‘rinib turadi va h. k. Havoda nurlarning ko‘rinishiga havoning changlanganligi va unda namlik zarralarining bo‘lishi sabab.
Xira muhit tomonidan yorug‘likning sochilishi natijasida muhit orqali tik o‘tuvchi yorug‘lik oqimi kuchsizlanadi. Yorug‘lik oqimining bunday kuchsizlanishi formal holda yorug‘likning muhit tomonidan yutilish i deb talqin qilinsa-da, tabiatan yorug‘likning yutilishi emas, sochilishidir.
Yorug‘likning xira muhit tomonidan sochilishiga oid birinchi sistematik tatqiqotlar ingliz fizigi Tindal tomonidan boshlandi, shuning uchun yorug‘likning sochilish hodisasi Tindal-effekt deb ham yuritildi. Tindal kolloidli eritmalarda, shuningdek, gazlarda yorug‘likning tarqalishini kuzatish bo‘yicha tajribalar qilib ko‘rdi va sochiluvchi nurning qutblanganligini qayd qildi.
Keyingi tajribalar, hech qanday begona muallaq zarralar bo‘lmagan, ya’ni birinchi qarashda mutlaqo bir jinsli bo‘lgan modda, yorug‘likni sochishini ko‘rsatadi, bunda temperatura qancha yuqori bo‘lsa, sochilish shuncha'katta bo‘lar ekan. Bu hol, begona aralashmalardan mutlaqo tozalangan moddalarda ham o‘z-o‘zidan yorug‘lik sochilishini yuzaga keltiruvchi optikaviy mikroskopik nobirjinsliliklar paydo bo‘ladi, degan farazni keltiribchiqardi. Bu nobirjins-liliklar zichlik flyuktuatsiyasi ekanligi ko‘p sonli tekshirishlar natijasida aniqlandi. Zichlikning juda kichik hajmdagi flyuktuatsiyalari (tebranishlari) shu modda tashkil topgan atom, molekula va boshqa zarralarning xaotik issiqlik harakati natijasida yuzaga keladi. Issiqlik harakati qancha intensiv bo‘lsa, ya’ni muhitning temperaturasi qancha yuqori bo‘lsa, flyuktuatsiya shuncha katta qiymatga ega bo‘ladi. Bundan temperatura ortishi bilan yorug‘lik sochilish intensivligi ham ortadi, degan hulosa kelib chikadi, bu hol tajribada ham kuzatiladi. Muhit molekulasining is-siqlik harakati tufayli yuzaga.kelgan yorug‘likning sochilishi yorug‘likning molekulyar sochilishi deb ataladi. Yorug‘lik sochilishini xuddi shu hodisadan boshlaymiz, chunki moddaning tuzilishi va xossalarini tekshirish uchun yorug‘likning molekulyar sochilishi katta ahamiyatga egadir.
15-mavzu.YORUG‘LIKNING MOLEKULYAR SOChILIShI
Reja
1. Molekulalarning issyqlik harakati
2. Molekulyar harakat tufayli birlik hajmdagi molekulalar sonning flyuktuatsiyasi yuz berishi
3. dielektrik singdiruvchanlik flyuktuatsiyasi tufayli yorug’likning sochilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |