Tayanch iboralar: Molekulalarning issyqlik harakati , birlik hajmdagi molekulalar soni, dielektrik singdiruvchanlik flyuktuatsiyasi, dielektrik
Molekulalarning issyqlik harakati tufayli ular fazoda qat’iy tekis taqsimlanmagan. Vaqtning har bir payti mobaynida molekulalarning fazoda ideal tekis taqsimlanishidan chetlanish ro‘y beradi, ya’ni birlik hajmdagi molekulalar soni o‘zgarib turadi. 1 sm3 ga to‘g‘ri kelgan zarralar soni:
(15.1)
ifoda bilan aniqlanadi, bunda N — birlik hajmdagi molekulalar soni; dN— molekulalarning dV hajmdagi soni.
Faraz qilaylik, fazoda molekulalar ideal tekis taqsimlanganda 1 sm3 dagi zarralar soni N0 bo‘lsin. Molekulyar harakat tufayli sonning flyuktuatsiyasi mavjud bo‘ladi. Flyuktuatsiyani nazarda tutganda hajm birligidagi zarralar sonini
N = N0+∆N (15.2)
ko‘rinishda yozish mumkin, bunda ∆N — molekulalar zichligining flyuktuatsiyasi. Moddaning zichligi hajm birligidagi zarralar soniga proporsionaldir, ya’ni N0~ρ0, ∆N ~∆ρ, bunda ρ — modda molekulalari unda ideal tekis taqsimlangandagi zichlik, ∆ρ — flyuktuatsiya zichligi.
Demak, ρ moddaning zichligini umumiy holda quyidagicha yozish mumkin:
ρ = ρ0 + ∆ρ. (15.3)
Flyuktuatsiya qiymatini nisbiy flyuktuatsiyani bildiruvchi
(15.4)
nisbat bilan xarakterlash yaxshiroq bo‘ladi.
Shunday qilib, zichlik flyuktuatsiyasi tufayli muhit xira bo‘lib qoladi va unda yorug‘likning sochilishi yuz beradi. 1- rasmda zichlik flyuktuatsiyasining sxe-masi tasvirlangan. Tekshiriluvchi muhitda uchta: I,' II va III hajm ajratilgan. I hajmda zarralar zichligi o‘rtachaga (N0) yaqin, II hajmda zichlik o‘rtacha qiymatiga nisbatan ortganda uning flyuktuatsiyasi yuz beradi, III hajmda esa, muhit zichligi kamayishi tufayli bo‘ladigan zichlik flyuktuatsiyasi ko‘rsatilgan. Zichlik flyuktuatsiyasi bilan boshqa kattaliklarning ham flyuktuatsiyasi bog‘liq bo‘lishi mumkin.
1- rasm
Agar ∆V hajm elementida zichlik flyuktuatsiyasi paydo bo‘lsa, bu hol ∆ε dielektrik singdiruvchanlik flyuktuatsiyasini yuzaga keltiradi, chunki ε moddaning zichligiga bog‘liqdir. Dielektrik siygdiruvchanlik ε birlik hajmdagi induksiyalangan dipol momenti P va tashki elektr maydoni E bilan:
(15.5)
munosabat orqali bog‘langan.
Agar ε = ε0 + ∆ε bo‘lsa, bunda ε0 — flyuktuatsiya bo‘lmagandagi dielektrik singdiruvchanlik, ∆ε — dielektrik singdiruvchanlik flyuktuatsiyasi bo‘lsa, u holda hajm birligidagi induksiya dipol momenti:
(15.7)
kattalik hajm birligidagi dipol momentining flyuktuatsiyasini bildiradi. Agar mazkur flyuktuatsiya ∆V hajm elementida sodir bo‘lsa, u holda ∆Ps kattalik:
∆Ps =∆εE. ∆V/4π (15.8)
bo‘ladi. Kelgusida biz hodisalarni skalyar kattaliklardan foydalanib o‘rganamiz. G O‘zgaruvchan p dipol momenti
Eϑ=ω2ΡοSinϑ/c2r (15.9)
formulaga muvofiq elektromagnit to‘lqinlar nurlaydi, bunda Eϑ — dipoldan r masofada bo‘lgan kuzatish nuqtasidan nurlanuvchi elektromagnit to‘lqinning amplitudasi; p0 — dipol momentning tebranishlar amplitudasi; ϑ — dipol o‘qi yo‘nalishi bilan r radius-vektor orasidagi burchak. Agar dipol momenti E tashki elektr maydoni tomonidan hosil qilingan bo‘lsa, u holda ϑ — burchak E va r yo‘nalishlar orasidagi burchakni ifodalaydi.
2- rasmda E — tushuvchi yorug‘lik to‘lqini maydonining vektori, tushuvchi to‘lqinning tarqalish yo‘nalishini aniqlovchi k0 vektor, r vektor va sochilgan yorug‘lik to‘lqini maydon kuchlanganligini ifodalovchi Eϑ vektorlari va M - kuzatish nuqtasining joylanishlari keltirilgan. (15.6) formulada ikkita
2-rasm
had mavjud. Birinchi had flyuktuatsiya bo‘lmaganda yorug‘lik o‘tayotgan muhitning‘ uyg‘onishini belgilaydi, ∆ε ga bog‘liq bo‘lgan ikkinchi had flyuktuatsiya tufayli hosil bo‘ladi va yorug‘likning sochilishiga tegishlidir. Shunga ko‘ra agar p0 o‘rniga (15.9) formulaga
(15.10)
kattalikni qo‘ysak, u holda zichlik flyuktuatsiyasi hosil bo‘lgan ∆V hajm elementi tarqatgan to‘lqinning Eϑ amplitudasini hosil qilamiz:
(15.11)
Do'stlaringiz bilan baham: |