ILOVA 1.
“AMALIY OPTIKA” FANI BO‘YICHA MA’RUZA VA AMALIY(SEMINAR VA LABORATORIYA PRAKTIKUMI) MASHG‘ULOTLARIDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Ta’lim texnologiyalari ta’limning ijobiy natijasini, muvaffaqiyatini to‘la kafolatlaydigan metodlar va tadbirlar majmuasi bo‘lib, insoniylik tamoyillariga tayanadi. Fizik ta’limning murakkabligi va o‘ziga xosligi talabalarning uni o‘zlashtirishlaridagi individualligi,olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llashlaridagi faolliklarining ham turlichaligida namoyon bo‘ladi. Talabalar asosiy ma’lumotlarni ko‘rish sezgilari orqali olsalarda,optik jarayonlarni izoxlashda katta qiyinchiliklarni sezadilar.Shulardan kelib chiqqan holda “Optika” fanining ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak.
•Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu yo‘nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda o‘quvchining intellektual rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilib qolmay, uningning ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi. Bunda har bir shaxsning ko‘rish xususiyatlarining idivudial xarakterga ega ekanligini albatta e’tiborga olinadi.
• Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam qilishi zarur: ta’lim jarayonining mantiqiyligi, undagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi,uzviyligi,uzluksizligi va izchilligi ta’minlanishi zarur.
• Amaliy yondashuv. Har bir talabada optikadan olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llay bilish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo‘naltirish; talabaning o‘quv va amaliy faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni o‘rgatish.Bu boradagi ko‘nikma va malakalarni xosil qilish.
• Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi har bir ishtirokchi bilan induvidual ishlashga erishish,sub’ektlarning psixologik birligi va o‘zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada, shaxsning ijodiy faolligiga erishiladi.
• Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.Ta’limni xamkorlik pedogogikasi tamoyillari asosida tashkil etish.Demokratiya, tenglik, sub’ektlar munosabatida o‘qituvchi va o‘quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko‘zda tutadi.
• Muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida o‘quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob’ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo‘llash ta’minlanadi.
• Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, Ya’ni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish. Yuqoridagi konseptual yondashuv va “Optika” fanining tarkibi, mazmuni, o‘quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o‘qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi.
• O‘qitish usullari va texnikasi: «Aqliy xujum», “Sinektika”, ”Taksonomiya”, muloqot, keys stadi, muammoli usul, o‘rgatuvchi o‘yinlar,
insert, “Birgalikda o‘rganamiz”, pinbord, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, ma’ruza-konferensiya, aniq holatlarni yechish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy).
• O‘qitishni tashkil qilish shakllari: Ma’ruzu,amaliy,laboratoriyalar, frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o‘zaro hamkorlikka asoslangan.
• O‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari (darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matni, tayanch konspekti, dars prezentatsiyalari),organayzerlar, proektorlar,kompyuter va axborot texnologiyalari.
• O‘zaro aloqa vositalari: So‘rash va suxbatlashish,nazorat natijalarining tahlili asosida o‘qitishning diagnostikasi (tashxisi).
• Boshqarishning usuli va vositalari. O‘quv mashg‘ulotini texnologik karta ko‘rinishida rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan maqsadga erishishda talaba va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini, talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.
• Monitoring va baholash. Optikadan o‘quv mashg‘uloti va butun kurs davomida o‘qitish natijalarini kuzatib borish, talaba faoliyatini har bir mashg‘ulot va yil davomida reyting asosida baholash.
MA’RUZA MASHG‘ULOTINI TASHKIL ETISHNING SHAKL VA XUSUSIYATLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |