Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


O‘quv faoliyatning mazmuni



Download 2,83 Mb.
bet55/253
Sana18.07.2021
Hajmi2,83 Mb.
#122906
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   253
Bog'liq
3 ИАТ КТМ мажмуа 2019-2020

O‘quv faoliyatning mazmuni yangi bilim va faoliyat usullarini o‘zlashtirish jarayoni hisoblanadi

O‘quv faoliyatning vositalari quyidagilardan iborat:

  • bilim o‘zlashtiriladigan formalar: bеlgili, tilli, vеrbal vositalar

  • individda mavjud bo‘lgan va unga yangi bilimlarni egallashga yordam bеradigan – o‘rganuvchining tеzaurusi

  • ijtimoiy tajriba, bilimlar, ular bilan ishlash orqali talaba o‘z tajribasi

ni o‘zgartiradi
O‘quv faoliyati quyidagi bosqichlardan iborat:

Motivatsiya (faoliyatga bo‘lgan istak)

Maqsadlarni qo‘yish

Rеjalashtirish, dasturlash

Bajarish, amalga oshirish

Nazorat


Natijalarni tahlil qilish va baholash.

O‘quv faoliyatning mahsuli va natijasi

O‘zlashtirilgan ijtimoiy tajriba fragmеnti va ushbu o‘zlashtirish hisobiga o‘rganuvchilarning avvalgi tajribalari bilan bo‘lgan o‘zgarishlar, ya’ni bilim, o‘quv va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilgan tizimi, olingin ijodiy faoliyat, dunyoga qadrli munosabatda bo‘lish tajribasidir.

Ushbu bosqichlarga muvofiq o‘quv faoliyati quyidagi tuzilmaviy komponеntlarga bo‘linadi:


  • motivatsiya

  • o‘quv vazifasi

  • o‘quv amallar

  • nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish

  • baholash va o‘z-o‘zini baholash

O‘rganish faoliyatining o‘ziga nisbatan quyidagi motivlarni ajratishadi:

    • ichki

    • tashqi

Ichki

  • ushbu faoliyat uchun ahamiyatli bo‘lib, uning mazmuni va bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan

  • Bunday motivlar sifatida quyidagilar bo‘lishi mumkin: o‘quv jarayonga qiziqish; yangi axborot, amaliy uquv va ko‘nikmalar olish uchun intilish (o‘qish natijalari); o‘zini rivojlantirishga, kasbiy faoliyatni o‘zlashtirish istagi

Tashqi

  • o‘qish jarayoni bilan bеvosita bog‘liq bo‘lmagan

  • Ularga ijtimoiy motivlar (jamiyat tan olishi, jamiyat uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan ehtiyoj) va shaxsiy (muvaffaqiyatga erishish,

martabaga erishishga bo‘lgan ehtiyoj) kiradi.

O’quv faoliyatining asosiy mazmuni va eng muxim vazifasi bilim va faoliyat usullarini o’zlashtirish hisoblanadi. O’zlashtirish jarayon sifatida, o’rganish natijasi sifatida qaraladi. O’zlashtirish odatda Yangi tajribaning oldingilari bilan qo’shilishi, to’plangan ijtimoiy tajribaning shaxsning mulkiga aylanishi sifatida aniqlanadi.

Turli o’qitish nazariyalari, o’zlashtirishning mohiyati va uning asosiy bosqichlari turlicha talqin qilishadi. Eng keng tarqalgan yondashuv o’qishning assotsiativ-reflektor nazariyasiga asoslanadigan psixologlar va S. L. Rubinshteyn ishlarida olib borilgan. Unga ko’ra o’zlashtirish to’rtta bosqichdan iborat bo’lgan jarayon sifatida qaraladi;

1. O’quv materiali ob’ekt, predmet, hodisa, jarayonlarni ko’rgazmali obrazlar (modellar, sxemalar va h. k. ) yordamida persepsiya (bevosita qabul qilish, idrok qilish) asosida qabul qilish yoki appersepsiya, ya’ni ob’ektni fondan ajratib olish va uning xossalarini aniqlash asosida idrok etish. O’qituvchi turli xil ko’rgazmali vositalar yoki mavjud bo’lgan tasavvurlarga tayangan holda idrok etishni tashkil qiladi. O’zlashtirishning ushbu bosqichida o’rganuvchilarda ob’ekt, hodisa va h. k. to’ғrisida tasavvur shakllanadi.

2. Predmet mazmunini ochish orqali o’quv materialini tushunib yetish (anglash). Bu bosqichda tushunchalarning mohiyati quyidagi fikriy amallar asosida ochiladi: taqqoslash, mos qo’shish, tasniflash, tahlil, umumlashtirish, abstraksiyalash, tashqi, uncha ahamiyati bo’lmagan xossalardan ajratish hamda uni avval o’rganilganlar bilan o’zaro aloqasini o’rnatish. Natija sifatida tushunchalarni shakllantirish, sabab-oqibat aloqalarini o’rnatish, qurilmaning umumiy tuzilish prinsiplari va mexanizmlarning ishlash qonun va qonuniyatlarini o’rnatish hisoblanadi.

3. O’quv materialini ko’p marta takrorlash, eng muhim xossalarini qayta tiklash asosida yodda saqlab qolish.

4. O’rganilgan materialni amaliy masalalarni yechish uchun qo’llash. Natijada faoliyatning stereotip va ijodiy usullarini egallash, uquv va ko’nikmalarning shakllanishi ro’y beradi. O’zlashtirishning ushbu bosqichini tashkil qilish o’rganuvchilarni masalalar tizimini yechish bo’yicha asta-sekin murakkablashib boradigan faoliyatga jalb etishni talab qiladi: avval - bilimlarni standart vaziyatlarda qo’llash, so’ngra – ularni talaba uchun Yangi bo’lgan vaziyatga, Yangi masalalar yechishda foydalanishga ko’chirish.

Bosqichlarni bunday ajratish yetarlicha shartli ekanligini e’tiborga olish zarur, chunki har bir bosqich boshqa bosqichni qisman o’z ichiga oladi.

O’zlashtirishni shunday sxema bo’yicha qurish o’qituvchidan quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:


  1. Talabalarga qabul qilish va idrok etishlari uchun birorta o’quv materialini berish;

  2. Ularda bilimlarni qo’llash usullarini shakllantirish jarayoniga rahbarlik qilish, ya’ni uquv va ko’nikmalarni namuna bo’yicha shakllantirish;

  3. Avval o’rganilgan bilim va uquvlarni ijodiy qo’llashni ta’minlash.

O’zlashtirishning bunday sxemasida o’qitishning an’anaviy reproduktiv turlarini produktiv ijodiy turlari bilan bog’lashga intilish o’z aksini topadi.

Topshiriq. Turli o’qitish nazariyalari, o’zlashtirishning mohiyati va uning asosiy bosqichlari turlicha talqin qilishadi. Ular qanday. Fikringizni yozing.



Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish