Seminar mashgulot №16
Mavzu: O’quv mashg’uloti va uning tuzilishi. O’quv mashg’ulotining turlari.
Mavzuning maqsadi: bilimlarni chiqurroq o’zlashtirish va faoliyat usullarini egallashni ta’minlash maqsadida ularni amaliy faoliyatga ko’chirish.
Mavzuning mazmuni: To’liq o’quv mashg’ulotiga tayyorgarlik o’qituvchidan katta mahorat va professionalizmni talab qiladi.
Yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’uloti. Bu mashg’ulotning o’ziga xos xususiyatlari Shundan iboratki, uning asosiy vazifasi Yangi materialni tushuntirish, uni boshlang’ich qabul qilish. Bunday mashg’ulotlarda talabalar asosiy faoliyati avval o’zlaShtirilgan bilimlarni tekshirish va ularni amalda qo’llaSh orqali mustahkamlash, amaliy va professional xarakterdagi uquvlarni ishlab chiqish, ulardan eng muhimlarini ko’nikmaga aylantirish. Mashg’ulotda talaba faoliyatining xarakteri o’rganilayotgan material mazmunini hamda o’quv predmetining xususiyati bilan aniqlanadi. Bu frontal, guruhli, yakka-amaliy, tajribaviy ish bo’lishi mumkin. Bilimlarni mustahkamlash, uquv va ko’nikmalarni Shakllantirish bo’yicha mashg’ulot strukturasi odatda quyidagi strukturaviy elementlarni o’z ichiga oladi:
mashg’ulotning tashkiliy qismi;
maqsad va vazifalarni qo’yish;
avval o’zlashtirilganlarni tekshirish (uy vazifasini);
bilim va faoliyat usullarini shakllantirishni mustahkamlash;
uyga vazifa;
mashg’ulotga yakun yasash.
Bu mashg’ulotda o’quv vaqtining asosiy qismi vazifasi bilimlarni o’zlashtirish va faoliyat usullarini tipik va o’zgargan vaziyatlarda qo’llaShdan iborat bo’lgan mustahkamlashga ajratiladi. Bunday mashg’ulot turiga odatda amaliy, laboratoriya va laboratoriya-amaliy mashg’ulotlar kiradi. Bu mashg’ulotlar nimasi bilan farq qiladi?
Amaliy mashg’ulotlar bilimlarni amaliyotga ko’chirishga mo’ljallangan. Bu yerda bilimlar amaliy uquv va ko’nikmalarni shakllantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi (masalalar yechish, xujjatlar tuzish, agregat yoki mexanizmni egallash, nosozliklarni topish va ularni bartaraf qilish, birorta muolajana bajarish va h. k. ). Masalalar yechish bo’yicha amaliy mashg’ulotlarning namunaviy strukturasini keltiramiz:
mashg’ulotning boshi;
maqsad va vazifalarni qo’yish, oldindagi faoliyat motivatsiyasi;
bilimlarni faollashtirish: uy vazifasini tekshirish; o’rganilgan materialni qaytarish; masalani yechish algoritmi yoki instruktaj; yechim namunasini ko’rsatish (ajratilgan faoliyat tamoyili – o’qituvchi ko’rsatadi, talabalar yozmasdan diqqat bilan eshitadi);
talabalar tomonidan namunaning takrorlanishi, tashqi nutq bosqichi;
mustaqil, bo’sh talabalarga yakka yordam berish (ichki nutq bosqichi);
mustaqil tekshirish ishi;
uyga vazifa;
yakun yasash.
Laboratoriya ishining asosiy maqsadi talabalar o’z bilimlarini amaliyotda qanday qo’llay olishlarini tekshirish, tasdiqlash, aniqlashtirishdan iborat.
Laboratoriya-amaliy mashg’ulotlar aralaSh xarakterga ega, chunki ular mavjud bilimlarni mustahkamlash va tasdiqlaSh Shu bilan birga amaliy uquv va ko’nikmalarni ishlab chiqishga yo’naltirgan.
Barcha sanab chiqilgan mashg’ulot turlari (laboratoriya, amaliy, laboratoriya-amaliy) fanlararo aloqalarni, nazariya va amaliyotning aloqasini, talabalarning fikrlash, bilish faolligining rivojlanishiga, ularning ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishni amalga oshirishga imkon yaratadi. Bularning hammasi o’quvchilar kasbiy tayyorgarligi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish bo’yicha mashg’ulotlar. Mashg’ulotlarning bu turidan barcha o’quv fanlarini o’qitishda foydalaniladi. Asosan yirik mavzu, bo’lim va butun kursni o’tib bo’lgandan so’ng. Unda avval o’rganilgan materialning eng muhim, kerakli joylari takrorlanadi va tizimlashtiriladi, fanning asosiy g’oyalari umulaShtiriladi. Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish bo’yicha mashg’ulotning strukturasi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
tashkiliy qism;
maqsad va vazifalarni qo’yish;
o’rganilganlarni umumlashtirish, takrorlash va tizimlashtirish;
uyga vazifa;
yakun yasash.
Eng ko’p vaqt qaytarishga sarflanadi. Umumlashtirish va tizimlashtirish bo’yicha mashg’ulotlarga eng avvalo seminar mashg’ulotlari kiradi. Seminar mashg’ulotlari o’z rivojlanishida uzoq va qiyin yo’lni bosib o’tdi.
Seminar mashg’uloti – bu talabalarning o’qituvchi rahbarligida intensiv mustaqil ishi bo’lib, uning asosiy vazifasi olingan bilimlardan o’quv vaziyatlarida mohirona foydalanishni ta’minlashdir. Seminar mashg’ulotini samarador o’tkazish uchun unga jiddiy tayyorgarlik ko’rish kerak. Eng avvalo o’qituvchi talabalarga seminarda ko’riladigan masalalar ro’yxatini berishi lozim. Tayyorlanish jarayonida talabalar turli manbalarni faqatgina o’qib va tahlil qilmasdan, balki referatlar, sxemalar, xaritalar tayyorlaydilar, tajribalar o’tkazadilar, eng asosiysi ular o’zlarining shaxsiy xulosalarini, o’z nuqtai nazarlarini, o’z fikrlarini aytadilar. SHuning uchun savollar reproduktiv emas, balki muammoli xarakterga ega bo’lsa yaxshiroq bo’ladi.
Seminar mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyati talabalarning mustaqil ishlari natijasini birgalikda muhokama qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |