Seminar mashgulot №. 14
Mavzu: Ta’lim va o’qitish mazmuniga qo’yiladigan talablar.
Mavzuning maqsadi: Pedagog o’z oldiga talabalarning bilish qobiliyatlarini, kasbiy qiziqishi va dunyoqarashini, ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish maqsadini qo’yadi
Mavzuning mazmuni: Talabaning maqsadi – bilimlarni boShlanғich egallaSh, uning faoliyati esa qabul qilingan axborotni anglaSh va yodda saqlab qolishdan iborat bo’ladi. Vosita sifatida ma’ruzadagi yozuvlari, konspektlar, tezislar, darsliklar, o’quv qo’llanmalar va h. k. lar xizmat qiladi.
Shaxsni o’zgartirish mexanizmi unda aniq yo’nalishning mavjudligida namoyon bo’ladi.
Informatsion-reseptiv metodlardan foydalanish natijasida talabalarda ularning keyingi faoliyati yo’nalishini aniqlab beradigan bilimlar doirasi va dunyo to’ғrisidagi tasavvur Shakllanadi.
Instruktiv-reproduktiv metodlar doirasida o’qituvchining maqsadi o’quvchilarda reproduktiv xarakterdagi faoliyatga asoslangan uquv va malakalarni shakllantirishdan iborat. Pedagogning o’rgatish faoliyati esa talabaga birorta faoliyatni bajarish usuli to’g’risida ko’rsatma berishdan iborat bo’ladi. Vositalar sifatida esa yozma ko’rsatmalar, algoritmik jadvallar, faoliyat namunalari xizmat qilishi mumkin.
Talabaning maqsadi – alohida amallarni egallab, birorta faoliyat turini bajara olishdir. Uning faoliyati esa bilish xarakterida bo’lib, faoliyat namunalarini, ma’lum ko’rinishdagi amallarni bajarishdan iborat.
Ko’p marta takrorlash natijasida talabalarning faoliyat usullarini bajarish tajribasi uquv va malakalarga aylanib boradi. Bunda vosita sifatida qabul qilish uchun mo’ljallangan turli xildagi vazifalar xizmat qiladi.
Shaxsning o’zgarishi uning faoliyatga tayyorligida namoyon bo’ladi.
O’qitish natijasi talabalar tomonidan mavjud bo’lgan madaniyatni qabul qilishni ta’minlaydigan turli xildagi faoliyat usullarini egallashdan iborat bo’ladi.
Shunday qilib, reproduktiv metodlarning yetakchi, ustivor funksiyasi – bu o’qitish funksiyasidir, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalar ular negizida hosil qilinadi.
Produktiv metodlar. Produktiv metodlardan foydalanilganda pedagog va talabaning maqsadi o’zgaradi.
Pedagog o’z oldiga talabalarning bilish qobiliyatlarini, kasbiy qiziqishi va dunyoqarashini, ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish maqsadini qo’yadi. Ma’lumki ijodiy faoliyat tajribasi muammo va muammoli vazifalarni yechish jarayonida o’zlaShtiriladi, Shuning uchun pedagogning faoliyati muammoli vaziyatlarni taShkil qilishdan iborat bo’ladi. Bu talabalarning uch bosqichdan iborat bo’lgan psixik holatida o’z aksini topadi: qarama-qarShiliklarni anglaSh, ularni qiyinchilik sifatida qabul qilish, ularni yechish istagi. O’qitishning bu metodini samarali taShkil qilishda pedagogga muammoli matnlar, bitta predmetga turli nuqtai nazarlarni ifodalovchi qo’Shimcha adabiyotlar, u yoki bu fanda mavjud bo’lgan paradokslar, real hayotga murojaat qilish va uni ilmiy dalillar, muammoli tajribalar bilan taqqoslaSh va h k. vositalar yordam beradi.
Talabaning maqsadi ilmiy tadqiqotga mos keladigan faol ijodiy tafakkurdan iborat bo’ladi (muammo, gipoteza, isbot, xulosalar).
O’qitish vositalari pedagog vositalari bilan qisman yoki to’liq mos tuShadi.
SHaxs tomonidan o’zlaShtirilgan ijodiy faoliyat tajribasi uni jamiyatdagi ijodiy o’zgarishlarda qatnaShishga tayyorlaydi. SHaxsdagi sifat o’zgarishlar xuddi Shunda namoyon bo’ladi. O’qitish natijasi talabalarda ijodiy fikrlaSh strukturasining mavjudligidan iborat bo’ladi.
SHunday qilib, produktiv metodlar doirasida bilimlar talabalarni rivojlantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi, ya’ni uning yetakchi funksiyasi rivojlantiruvchi funksiyadan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |