1. Dars turlari
Aralash dars.
Yangi bilimlarni o‘zlashtirish darsi.
O‘zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash darsi.
Umumlashtirish va sistemalashtirish darsi.
Amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish darslari.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish darslari.
Yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash darsi.
Tavsiya etilayotgan darslar orasida aralash darslar eng ko‘p qo‘llaniladi. Aralash darsda bir necha didaktik maqsad quyiladi. Bunday darslarning tuzilishi tashkiliy qism, uy vazifalarini tekshirish va o‘zlashtirilgan bilimlarni aniqlash, yangi mavzuni bayon etish, uni mustahkamlash va uyga vazifani o‘z ichiga oladi.
O‘quv mashg‘ulotlari tahlili samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchilar va muhandis-pedagoglarning o‘zlari didaktikaning asosiy tamoyillaridan, yuqorida ko‘rsatilgan dars turlari va uning tuzilishidan xabardor bo‘lishlari talab etiladi.
O‘quv jarayonini tahlil qilishda ko‘pincha, quyidagi kamchiliklar kuzatiladi; sistemasizlik darslarga tasodifan qatnashish, aniq bir maqsadning yo‘qligi, tahlil qiluvchining darsni chuqur tahlil qilishga metodik tayyor emasligi, aniq kuzatish dasturining yo‘qligi, darsda asosiy tomonlarini ajratib ko‘rsata olmasliq xulosalar chaqara bilmaslik kasbdoshiga malakali tavsiyalar va metodik yordam bera olmasliq
Ayniqsa, bir darsga qatnashishdan oldin aniq maqsadni belgilash zarur. Qo‘yilgan maqsad darsda qatnashish va uni tahlil qilishni yanada samaraliroq, xulosalarni esa yanadi aniqroq qiladi.
2. Kurs ishining maqsadi.
Kurs ishi, fanning o‘qishidan olingan bilimlarni yakuniy hisobotidir. U nazariy va amaliy ishlanmalaridan tashqil topadi va fanga muvofiq mavzuda bajariladi. Kurs ishi fanining o‘rganilgandan olingan barcha bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Kurs ishi Informatika fanini barcha elementlar xaqida umumiy tushuncha, mavzu muvofiq bo‘lgan ma’lumotlar xamda tizimlarninng vazifasini mukammal o‘rganish, avtomatik tizim tashkil etish usullarini o‘rganish, uni ishga tushirish, operatsion tizimlarni o‘rnatish va amalda uchraydigan viruslarga qarshi kurashish dasturlarida ishlash va to‘liq tahlil qilish, mantiqiy xulosaga kelish kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Kurs ishida berilgan mavzu bo‘yicha vazifani nazariy jixatdan tahlil qilib, uni to‘liq yoritib berish va tasavvur qilish malakasini shakllantirishni asos qilib olingan. Unda quyidagi umumiy topshiriqlarni bajarish ko‘zda tutilgan:
- vazifani nazariy jixatdan o‘rganib chiqish;
- tizimlarnilarning qo‘llanilishini yoritish;
- berilgan sistemali dastur yoki vazifani ishlatish yo‘llarini ko‘rsatish;
Bundan tashqari kurs ishini talabada barcha tizimlarning vazifalarini nazariy jixatdan bilishni maqsad etib qo‘yilgan.
Kurs ishini mavzulari tanlashda «Informatika» fani asos qilib olinadi.
Kurs ishlarining namunaviy mavzulari ushbu ko‘rsatmaning 1-ilovasida keltirilgan. Kurs ishlarining mavzulari talabalar tomonidan tanlangandan so‘ng kafedra qaroriga muvofiq ravishda tasdiqlanadi. Tasdiqlangan mavzular o‘zgartirilmaydi xamda bir xildagi mavzular ikki talabaga berilmaydi. Kurs ishining mavzulari xar yili kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |