Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi mutaxassislik fanlarini o



Download 1,58 Mb.
bet34/142
Sana12.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#779715
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142
Bog'liq
OUM mutaxassislik fanlarni o\'qitish metodikasi

Didaktika tamoyillari
Didaktika tamoyillari (lotin tilidan “principium” - har qanday nazariyaning asosiy, boshlang‘ich, dastlabki holati) - ta’limni tashkil etishga qo‘yilgan me’yoriy talablami ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki hoiatini belgilovchi qarashlari.
Didaktika tamoyillarining tarixi shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar dars oldidan ko‘zlagan maqsadlariga ko‘p kuch va vaqt sarflamay aniq yetishlari uchun, bir necha avlod olimlari tinimsiz izlanishlar olib borib, didaktika prinsiplar majmui yaratilishiga sababchi bo’lganlar. Avval ham aytganimizdek, yaqin vaqtlargacha pedagogikadagi qonun, qonuniyat va tamoyil degan tushunchalar sinonim sifatida ishlatilib yoki bularning bittasiga - yo qonun, yo qonuniyat, yo prinsipga ustunlik berilib kelingan. Ammo ko‘p yillik tajribalar va bu sohadagi izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, qonuniyat turg‘un boiib, ular asosida yaratilgan qonun va tamoyillar o‘zgarib ham turishi mumkin ekan. Ba’zi eski tamoyiilar, masalan, tabiatga mos ravishda rivojlantirish tamoyili yo‘q bo‘lib ketib, o‘rniga yangi tamoyillar kiritilgan.
Tamoyillar to‘g‘risida didaktikada shunday qoida o'rnashib qolganki, ular tarixiy vaziyatdan kelib chiqib konkret jamiyatning ehtiyojlarini ifoda etar ekan. Ijtimoiy taraqqiyot va ilm-fanning rivojlanishi hamda taTim-tarbiya jarayonida yangi qonuniyatlarning aniqlanishi, shuningdek, ilg‘or pedagogik tajribalar natijasida pedagogik tamoyillar tizimi boyib boraverar ekan. Ko‘p yillik izlanishlar va bahslar natijasida pedagogikada quyidagi dars o‘tishning umumiy tamoyillar tizimi ishlab chiqilgan:
1) onglilik va faollik - bilimni talabalar tomonidan ongli ravishda va faol qatnashib egallashlik;
2) ko‘rgazmalilik - «yuz marotaba eshitgandan bir marotaba ko‘rgan yaxshi» tamoyilidan kelib chiqib, bilim berishda turli-tuman ko‘rgazma qurollardan samarali foydalanish;
3) tizimlilik va muntazamlilik - bilimni ma’lum bir tizimda va uzluksiz ravishda berib borish;
4) mustahkamlik - bilimni tushunarli tilda qayta-qayta takrorlash yo‘li bilan berish;
5) tushunarlilik - bilimni hammaga tushunarli va hammabop qilib berish;
6) ilmiylik - bilimni bolalarda avvaldan mavjud bilimlarga berish;
7) nazariya va amaliyot birligi - bilim berishda nazariy bilimlaming amaliyotda ishlashini, ya’ni uni hayot bilan, amaliyot bilan bog‘liqdigini ko‘rsatib berish. Bu tamoyillar pedagogik jamoatchilik tomonidan umumiy tamoyillar deb qabul qilingan.
Onglilik va faollik tamoyili. Bu tamoyil asosida ilm tomonidan aniqlangan, insonning haqiqiy bilim egallashi uchun, u – bu bilimlarni chuqur anglab yetgan holda aqliy quwatini intensiv ishlatishi natijasida yetishi mumkin, degan qonuniyat yotadi. Bilimlarni anglaganlik holati quyidagi omillardan kelib chiqadi: o‘qishning sababi; talabaning bilish faolligi darajasi; o‘quvchi va talabalaming bilish faolligining boshqarilishi va bilim berishni tashkil qilish hamda boshqa omillar. Talabaning shaxsiy bilish faolligi bilib olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Onglilik tamoyilini amaliyotda qoilash quyidagi qoidalarga rioya qilishni taqozo etadi:
1. Bu bilimning hayotdagi zarurligi va ahamiyatini talaba yoshlarga tushuntirib, uning istiqbolini ravshan qilib ko‘rsatib berish yoii bilan, taiim oJuvchilarda aniq maqsad va vazifalami shakllantirish qoidasi.
2. Talabalarga qanday yoi bilan bilim olishni tushuntirib, ularda shunday ishonch hosil qilish kerakki, ular hech qachon olinadigan bilimni chuqur anglab yetmay mexanik holda egallamasinlar.
3. O‘qitganda barcha bilish shakllaridan: tahlil va sintez; deduktiv va induktiv; taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yish va hokazolardan foydalanish qoidasi.
4. Bolalardagi mavjud bilim va ko‘nikmalariga tayanib, obrazli taqqoslash usulidan foydalanib, har bir so‘z va gapning tom ma’nosini oehib berish qoidasi.
5. O‘quvchilaming о‘zaro o‘qitish kuchidan unumli foydalanib, qo‘yilgan savollarga jamoa boiib javob topish qoidasi.
6. Bugungi faol talaba, ertangi faol ishchi va xizmatchi ekanligini yaqqol bilgan holda, ulami faollashtirishga hech qanday kuchni ayamaslik qoidasi.
7. Bolalardagi mavjud bilimlar bilan berilayotgan bilim orasidagi mantiqiy bogianish yo‘q joyda onglilik boimasligini esda tutgan holda, ulaming aqli yetmay turgan joylami, ulardagi bor bilim bilan mantiqiy bogiab berish qoidasi.
8. O‘quv fanini hech qachon dars markaziga qo‘ymay, dars markazida doimo o‘quvchi turishini, uning shaxsi shakllanayotganini bilgan holda talabaga taiimiy ta’sir o‘tkazish qoidasi.
9. Talabalar fikrini, hayot bilan nazariy bilimlar orasidagi farqlar borligiga qaratish yoii bilan, ulaming tafakkurini faollashtirish qoidasi.
10. O‘qitish jarayoni yanada muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, har bir tushuncha berilganidan keyin, uni bir necha misollar bilan mustahkamlash qoidasi.
11. O‘qitilayotgan fanda asosiy va ikkinchi darajali joylarini ajratish yo‘li bilan, talabalarda berilgan bilim ichidagi asosiy o‘rinlarmi ajrata olishga o'rgatish qoidasi.
12. Hech qachon quruq obro‘ga tayanib o‘qitmay, faqat aql va hissiyotdan kelib chiquvchi dalillarga tayanib o‘qitish qoidasi.
13. Bolalarni o‘qishga o‘rgatish qoidasi.
14. Ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi ichki va tashqi omillami doimo bartaraf etib borish qoidasi.
15. Talabalarga «nega?» degan savolni tinmay berish yo‘li bilan, ularda sabab va oqibat orasidagi bog‘lanishni bildirib borish qoidasi.
16. Berilayotgan bilimning to‘g‘riligiga, bolalarda hech qanday shubha-gumon qolmasligi va uni esdan chiqmasligi uchun bilimni asos va dalillar bilan berish qoidasi.
17. Haqiqiy bilimga ega bo‘lgan deb, uni qaytarib aytib berganga emas, balki bu bilimni amaliyotda qo‘llay olganga aytiladi, degan qoida.
18. Doimo talabalar qiziqish va ehtiyojlarini o‘rganib borib, ularni jamiyat ehtiyojiga moslashtirib borish.
19. Bolalardagi kuzatuvchanlikni rivojlantirib, hayotdagi voqeliklami ilmiy asoslab berish yo‘Ii bilan ularda onglilikni kamol toptirish qoidasi.
20. Talabalarga shunday bilim berish kerakki, bu bilimlar ularda qat’iy ishonch hosil qilib, harakat uchun dastur vazifasini o‘tash qoidasi.
21. Hech qachon o‘qituvchi aytganlarini qaytarish, birovlardan ko‘chirish va aytib turish hollariga yo‘l qo‘ymaslik bilan, o‘quvchi talabalami mustaqil fikrlashga va harakat qilishga o‘rgatish qoidasi.
22. Berilayotgan bilimni har tomonlama tahlil qilib berish yo‘li bilan bolalarda ijodiy tafakkumi rivojlantirish qoidasi.
23. Talabalarni faollashtirish va rag‘batlantirish uchun doimo savollar berib, ularga javobni chidam bilan tinglash qoidasi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish