Mavzu: Treningni tashkil etish. Pedagogik treninglar tamoyillari. Trening turlari. Shaxslararo muloqotni rivojlantiruvchi treninglar.
Reja:
1. Treningni tashkil etishning oziga xosligi.
2. Faollik tamoyili, ijodiylik tamoyili. Xulq-atvor obektivlashishi (anglab etilishi) tamoyili. Sheriklik (subekt-subektlik) muloqoti tamoyili.
3. Shaxslararo munosabatlarda muomalaning inson psixik dunyosiga tasiri. Muloqotning komunikativ tomoni.
4. Muloqotning interaktiv,perseptiv tomoni va ularning farqi. Psixogimnastika uchun mashqlarning tanlanishi.
5. Xulosa
Shaxs ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining, asosiy sababi, uning doimo insonlar davrasida hamda ular bilan ozaro tasir doirasida bolishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Har bir normal inson ozgalar tinglashga, oz fikrini birovlarga yetkazishga, yani gapirishga, fikrlarini ba’zan yozma tarzda bayon etishga tugma qobiliyatliday ozini tasavvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni tushunish va oz fikrlarimiz, oylarimizni birovlarga yetkaza olish qobiliyati aslida bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz ozimizga oxshash inson jamiyatisiz mavjud bola olmasligimizni bildiradi.
Oqituvchi shaxsining bolalarga tasiri quyidagi eksperimentda juda yaqqol kuzatilgan. Boshlangich sinf oquvchilariga anchagina oyinchoqlar berib, shularning ichida faqat bittasiga, qizil yogoch oyinchoqqa tegmaslik aytilgan. Bolalar yolgiz qoldirilib, harakatlari pinhona kuzatilgan. Juda kop bolalar taqiqlangan oyinchoqqa baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi seriyasida esa endi barcha oyinchoqqa tegish mumkin-u, faqat qizil qutichaning qopqogini ochish mumkin emas, deb aytilgan. Shu quticha tepasiga esa shu bolalarning oqituvchisi surati ilib qoyishgan. Bu seriyada birinchisiga qaraganda ta’qiqni buzuvchilar" soni keskin kamaygan. Demak, bu narsa oqituvchi shaxsining bola harakatlariga tasirini yaqqol isbotlab turibdi.
Masalan, ozbek xalqining muloqot jarayoni boy, ozaro munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning koproq ishlatilishi bilan bogliq.
Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bolsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarining turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bolish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa boyicha fikrni tasdiqlamoqchi bolishsa, boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bolsa, aksincha, bosh siltashar ekan. Mahlumki, ozbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi.
Noverbal- muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, ayollar koproq hissiyotlarga boy bolganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar ortasida esa doimo fazoviy masofa boladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin otqazib trninglar tashkil qilish, oqitgandan kora, ularni yuzma-yuz otkazib davra qurib oqitgan ma’qul , chunki bunday sharoitda oquvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bolar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bolib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha yaxshi bolar ekan.
Paralingvistik tasir bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, toxtashlar, duduqlanish, yotal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, dostimiz bizga biror narsani vahda berayotgan bolsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan Albatta bajaraman!, desa ishonamiz, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |