Dars berish usullari – ta‘lim beruvchining faoliyatini tashkillashtirish vositasidir, о’qish usullari esa, ta‘lim oluvchining faoliyatini tashkil qilish vositasidir. Usullar tizimini ta‘lim maqsadlariga erishisha bо’yicha о’quvchi va о’qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qlish uslublari quyidagi belgilari bо’yicha guruhlarga ajratilgan:
Birinchi guruh - о’quvchilarning о’zlashtirish, tushunib yetish, bilimini mustahkamlash bо’yicha perseptiv (о’zlashtirish) ish faoliyatini ta‘minlaydigan, tayyor holatda о’quvchilarga bayon qilingan о’qitish va bilim olish usullari:
- ma‘ruza, hikoya, tushuntirish;
- namoyish, illyustratsiya, videousul.
Ikkinchi guruh - о’quvchilarning bilimini о’zlashtirish, singdirish,mustahkamlash bо’yicha reproduktiv faoliyatini ta‘minlovchi, mahorat va malakani algoritm (namuna) bо’yicha о’quvchining bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan о’qitish va bilim olish usullari:
- kitob bilan ishlash;
- laboratoriya usuli;
- mashqlar.
Uchinchi guruh - ta‘limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi,ta‘lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta‘minlovi dars berish va о’qitish usullari.
Tо’rtinchi guruh - о’quvchilar tomonidan muammoni tushunish va yechish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar:
- muammoli topshiriqlar usuli;
- individual (amaliy) usul;
- loyihalar usuli.
Metod - yunoncha metodos – bilish yoki tadqiqot yо’li, nazariya, ta‘limot.Ta‘lim jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, о’zlashtirish, о’rgatish, о’rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yо’l-yо’riqlar, usullar majmui.
Metodologiya – tadqiqotchining nazariy-amaliy pedagogik faoliyatini tashkil etish tamoyillari, u amal qiladigan meyoriy-huquqiy, nazariy-falsafiy yondashuvlar, qonuniyatlar, qarashlar yig’indisi.
Texnologiya- yunoncha so‘z bo‘lib, «techne»-mahorat, san’at, «logos»-tushuncha, o'rganish. demakdir.
Texnologiya – ingl.: technology rus.: технология bo’lib uning quyidagi ma’nolari mavjud.
1.Muayyan ishlab chiqarish sohasidagi usullar va jarayonlar majmuasi.
2.Informatikada turli tuman axborot texnologiyalari ishlatiladi, birinchi
navbatda, kompyuter texnologiyalari.
3.Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida xomashyo material yoki yarim fabrikatga ishlov berish tayyorlash ularning holati hossalari va shaklini o’zgartirish metodlari majmuyi.Texnologiyaning fan sifatida vazifasi eng samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amalda joriy qilish maqsaida fizikaviy,kimyoviy,mexanik va boshqalar qonuniniyatlarini topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |