Jahon psixologiyasi fanining nazariy mushohadalariga va o‘zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik.
Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o‘lchanuvchi motivlar:
Dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‘lgan g‘oyaviy motivlar;
Ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar:
Jamiyatning axloqiy normalari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar;
Borliq go‘zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari.
Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo‘yicha umumiylikka ega bo‘lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar:
Keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik);
Guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar;
Faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo‘naltirilgan protsessual motivlar;
Faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo‘ljallangan rag‘batlanuv, mukofot motivlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |