91
Adabiyotlar
1.
G.Borozdina Psixologiya delovogo obsheniya. Infra 2001
2.
R.S.Nemov. Prakticheskaya psixologiya. Press 2001
3.
R.Dints Izmeneniya ubejdeniy s pomoshyu NLP. Klass 2000
4.
N.S.Nayt NLP-resheniya Rech 2000
13-Modul Treningda rolli o‘yinlarni o‘tkazish.
Reja:
5.
Shaxs hayotida bajaradigan rollari haqida tushuncha.
6.
Treningda ijtimoiy munosabatlarda mavju bo‘lgan rollar va ularni bajarishdagi muammolarni
muhokama etish.
7.
Rolli o‘yinlar haqida tushuncha. Treninda rolli o‘yinlarni qo‘llashning ahamiyati. Rolli
o‘yinlarni o‘tkazish qoidalari.
8.
Rolli o‘yinlarni o‘tkazish bosqichlari. Rolli o‘yinlar jarayonida trenerning roli. Ishtirokchilarni
o‘yin uchun tanlash
Tayanch atamalar
;Ro’lli o’yinlar, teatr, didaktik o’yinlar,san’at, personaj, psixokorreksiya.
Tayanch konspekt
Rolli o’yinlar keng tarqalgan o’yin metodlaridan bo’lib, ular mohiyat jixatdan ma'lum obrazlarga kirish,
o’sha obrazga xos bo’lgan xissiyotlarni o’z boshidan kechirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham nemis olimi
va mutaxassisi Margaret Forverg ulardagi dramatizatsiya elementining borligini, bu - "shaxsga o’zida mavjud
bo’lgan va o’zgalardagi begona obrazlarni tuzatish - korrektsiya qilish samarasidir", deb yozgan edi. Muallif
rolli o’yinlarni uch asosiy jixatlarga ajratgan:o’yinning emotsional jixatdan mukammalligi;- unda identifikatsiya
va empatiya xodisalarining rivojlanganligi; boshlovchining alohida, o’ziga xos mavqega ega ekanligi. Rolli
o’yinlarning korrektsion va amaliy ahamiyati shundaki, ularda har bir shaxs o’z real faoliyatiga yaqin bo’lgan
vaziyatlarga tushiriladi va shu orqali uning ustanovkalari o’zgartiriladi. Bunda o’yin ishtirokchisining o'sha
vaziyatni xissiy o’z boshidan kechira olishi katta ahamiyatga ega.
Rolga kirishning esa quyidagi talablari mavjud: a) kitob tilida gapirmaslik; b) muloqotning barcha
kodlari va sirlaridan foydalanish; v) ovoz xususiyatlariga muntazam e'tibor berish, ya'ni intonatsiyalar,
tovushlarning past-balandligi, ovozning emotsionalligi bu o'rinda rolni aniqroq idrok qilishga imkon beradi;g)
mimika va pantomimika elementlarini keng qo'llash;d) har bir xislat va turishni jonlantira olish; e) vaqt va fazoni
doimo tushunib, xis qilib turish; j) boshlovchining rolga kirganlar holatlarini aniq tushunishi va ularga mos baho
berib turishi.Rolli o’yinlarda eng avvalo ishtirokchi shaxs sifatida o’zligini namoyon qila boshlaydi. Rolli
o’yinlarning o’z-o’zini namoyon qilish va shu orqali o’z xulqini tuzatishga imkon berishi xususiyatiga o’z vaqtida
amerikalik olim Jon Moreno ham e'tibor bergan va o’zining psixodramatik texnikasida unga katta ahamiyat bergan
edi. Texnikaning mohiyati shundan iborat ediki, ishtirokchi ichki ziddiyatlarga boy vaziyatni o’ziga o’hshash
shaxslar bilan birgalikda xis qilish va o’ynash orqali to'laroq hamda aniqroq anglaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: