Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Munozaralar o‘tkazish texnologiyasi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/208
Sana02.01.2023
Hajmi2,3 Mb.
#897395
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   208
Bog'liq
psixologik trener asoslari

Munozaralar o‘tkazish texnologiyasi 
Munozaralarni tashkil etish va o‘tkazish tashkilotchidan juda jiddiy tayyorgarlikni, ijodiy muhit 
yaratishni talab etadi. O‘qituvchi ilgaridan munozaraning mavzusini, uni o‘tkazish rejasini, vaqtlarini talaba-
o‘quvchilar bilan o‘zaro kelishib oladi.
Talaba-o‘quvchilarga o‘quv yili boshlanishida munozara mavzulari rejasi e’lon qilinib, ularga etkaziladi. 
Ularning tayyorgarlik ko‘rishlari uchun vaqt beriladi. Munozara muhokamasiga ma’muriyat, mahalla faollari, 
mashhur mutaxassislar taklif etiladi. Munozaraning boshlovchisi tayinlanadi. Boshlovchi juda keng qamrovli 
bilimga ega bo‘lishi kerak. 
Munozara davrida vujudga keladigan muammoli masalalar, ayniqsa, chigal fikrlar bo‘yicha ularni chuqur 
tahlil qilish qobiliyatiga ega ekspertlar taklif etiladi. Munozarani olib borganda uning ishtirokchilarini qiziqtirib, 
qovushtirib, boshqarib, zarur yo‘llanmalar berib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan munozara jarayonida 
to‘g‘ri xulosalar chiqarish juda katta ma’suliyat talab etadi. 
Munozaralar mavzuga qiziqish bildirgan guruhlarni qo‘shib, aksincha hollarda esa, ularni guruhlarga 
bo‘lib, zarur bo‘lgan ayrim xollarda katta zallarda, katta auditoriyalarda olib boriladi. Munozaralar demokratik, 
oshkoralik, tenglik, samimiylik, hamkorlik ham ijodkorlik, bir-birini qo‘llash ruhiyatida olib borilishini 
ta’minlash yaxshi natijalar beradi. Munozara erkin fikr yuritishni, o‘z shaxsiy pozitsiyasida turishga o‘rgatadi. 
Eng muhimi, talaba-o‘quvchini mustaqil mutolaaga, fikr almashuv orqali uzluksiz o‘z bilim va malakasini 
oshirishga olib keladi. 
“Aqliy hujum” metodi 
- biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular 
orqali ma’lum bir echimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari 
mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini 
og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa 
berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda 
yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) 
mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarini ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab 
chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxs erkin, ijodiy va nostandart 
fikrlashga o‘rgatadi.
“Aqliy hujum”
metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, 
shu jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim 
oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr 
yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar 
shakllanishiga olib keladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: 
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning 
mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi. 
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda –yangi 
mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi. 
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash 
qismida amalga oshiriladi. 
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar: 
1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. 
2.
Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi. 
3.
Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart. 
4-rasm “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


100 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish