IN’EKSIYa UChUN DORI ShAKLLARI
Dorilarni in’eksiya yo‘li bilan yuborishning afzalligi shundan iboratki, yuborilgan dorining ta’sir effekti tezda sodir bo‘ladi, ayniqsa bemor og‘ir ahvolda bo‘lsa. Bu ayniqsa bemorga tez yordam berish kerak bo‘lganda qo‘l keladi, me’da-ichakda parchalanib ketadigan dorilar ham in’eksiya yo‘li bilan yuboriladi. Kamchiliklari: in’eksiyaning og‘riq chaqirishi, in’eksiya uchun dorilar, shpritslar, ignalar, sistemalar albatta steril bo‘lishi, tibbiy xodimning bo‘lishi shart va h.k.
In’eksiya yo‘li bilan dori moddalar parenteral usul bilan: teri ostiga, muskul orasiga, vena ichiga, arteriya ichiga, bo‘shliqlarga, orqa miya pardalari ostiga, (subaraxnoidal, endolyumbal) yuboriladi.
In’eksiya uchun har xil dori shakllari ishlatiladi: teri ostiga ko‘proq suvli eritmalar, muskul orasiga suvli, moyli eritmalar va suspenziyalar, vena ichiga suvli eritmalar.
Ba’zida in’eksiya uchun eritmalar va suspenziyalar yuborishdan oldin (ex tempore) tayyorlanadi. Bunday holatlarda dori moddasidan aseptik holatda (steril erituvchi, shprits yordamida) eritma yoki suspenziya tayyorlanadi.
Ampuladagi quruq dorini eritiboq parenteral yuborish shart, oshib qolgan qismi bo‘lsa bir necha vaqtdan keyin yuborish mumkin emas. Flakondagi quruq dorini eritib, eritmaning bir qismini yuborgandan keyin, qolgan qismini zaruriyat bo‘lsa, sovutgichda saqlab, flakon germetik yopilganligi uchun, biroz fursatdan keyin (12 soatgacha) qolgan qismini parenteral yuborish mumkin.
In’eksiya uchun eritmalarni tayyorlashda erituvchi sifatida suv, steril 0,25%-0,5%-li novokain, 0,9%-li (izotonik) natriy xloridi eritmalari, 5%-li glyukoza ba’zi o‘simlik moylari, suyultirilgan etil spirti (33%gacha) ishlatiladi.
In’eksiya uchun suv (Aqua pro injectionibus) - alohida sterillangan, apirogen (tana haroratini oshirmaydigan), rangsiz, tiniq, hidsiz, mazasiz, toza distillangan suvdir.
O‘simlik moylaridan shaftoli moyi (Oleum Persicorum), bodom moyi (Oleum Amygdalarum) suvsizlantirilib, neytrallantirib sterillanadi.
Agar ko‘p miqdor suyuqlik parenteral yuboriladigan bo‘lsa, dorini steril 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki steril 5% li glyukoza eritmasida suyultirib, venaga sistema orqali tomchilab yuboriladi.
In’eksiya uchun dorilar ampulalarda, flakonlarda va shprits-tyubiklarda chiqariladi.
Ampulada quruq modda bo‘lsa, retseptda dorining nomi, 1 ampuladagi miqdori, signaturada dorini eritish tartibi, yuborish yo‘li va vaqti ko‘rsatiladi.
Misol: 5 mg vinkristin (Vincristinum, Vincristine) tutuvchi 6 ta ampula. 1 ampuladagi dorini 5 ml steril izotonik natriy xloridi eritmasida eritib, vena ichiga 1 haftada 1 marta yuborilsin. O‘DM 5 mg.
Rp.: Vincristini 0,005
(Vincristine)
D.t.d. N. 6 in amp.
S. 1 ampuladagi dorini 5 ml steril izotonik
natriy xloridi eritmasida eritib, 5 mldan
vena ichiga 1 haftada 1 marta yuborish uchun.
Ampulada eritma bo‘lsa retsept eritma so‘zidan boshlanib, dorining nomi, konsentratsiyasi, ampulalar soni, qanchadan yuborishi ko‘rsatiladi.
Misol: 2 ml diprazin (Diprasinum, Promethazine)ning 2,5% li eritmasi saqlovchi 6 ta ampula berilsin. Muskul orasiga kuniga 3 marta yuborilsin. O‘DM 50 mg.
2,5 g – 100 ml Rp.: Sol. Diprazini 2,5%-2 ml
(Promethazine)
0,05 g – X ml D.t.d. N.6 in amp.
X =0,05x100/2,5=2 ml S. 2 mldan muskul orasiga kuniga 3 marta yuborish uchun.
Ampulada suspenziya bo‘lsa retsept Susp. so‘zidan boshlanadi.
Misol: 1 ml dezoksikortikosteron trimetilatsetati (Desoxycorticosteroni trimethylacetas, Desoxycortone trimethylacetate)ning 2,5% li suspenziyasi saqlovchi 6 ta ampula berilsin. Muskul orasiga 2 haftada 1 marta yuborilsin. O‘DM 20 mg.
2,5 g – 100 ml Rp.: Susp. Desoxycorticosteroni trimethylacetatis 2,5%-1 ml
(Desoxycortone trimethylacetate)
0,02 g – X ml D. t.d. N. 6 in amp.
X =0,02x100/2,5 =0,8 ml S. 0,8 mldan muskul orasiga 2 haftada
1 marta yuborish uchun.
Ampulada moyli eritma bo‘lsa retseptda eritmaning moyli ekanligi - oleosae albatta ko‘rsatiladi.
Misol: 2 ml kamfora (Camphora, Camphor)ning 20% li moyli eritmasi saqlovchi ampuladan 10 ta. Muskul orasiga kuniga 2 marta yuborish uchun. O‘DM 4 dg.
20 g – 100 ml Rp.: Sol. Camphorae oleosae 20%-2 ml
0,4 g – X ml (Camphor)
X =0,4x100/20 =2 ml D.t.d. N. 10 in amp.
S. 2 mldan muskul orasiga kuniga 2 marta yuborish uchun.
Ampulada novogalen preparati bo‘lsa, retsept preparat nomidan boshlanadi.
Misol: Digalen-neo (Digalen – neo, Digalen-neo) preparatining 1 mlli ampulasidan 10 ta. Teri ostiga kuniga 1 marta yuborish uchun. O‘DM 1 ml.
Rp.: Digalen-neo 1 ml
(Digalen-neo)
D.t.d. N. 10 in amp.
S. 1 mldan teri ostiga kuniga 1 marta yuborish uchun.
Ampulada suyuq organopreparat bo‘lca, organopreparatning nomidan boshlanadi.
Misol: Pituitrin (Pituitrinum, Pituitrinum) suyuq organopreparatining 1 ml (5 TB)li ampulasidan 6 ta. Teri ostiga kuniga 1 marta yuborish uchun. O‘DM 5 TB.
Rp.: Pituitrini 1 ml (5TB)
(Pituitrinum)
D.t.d. N. 6 in amp.
S. 1 mldan teri ostiga kuniga 1 marta yuborish uchun.
Ampulada maxsus nomli suyuq dori bo‘lsa ham retsept suyuq dorining nomidan boshlanadi.
Misol: 1 ml kordiamin (Cordiaminum, Nikethamide) saqlovchi 12 ta ampula. Teri ostiga kuniga 2 marta yuborish uchun. O‘DM 1 ml. (Dietilamid nikotin kislotasining 25% li eritmasi-kordiamin deb ataladi).
Rp.: Cordiamini 1 ml
(Nikethamide)
D.t.d. N. 12 in amp.
S. 1 ml dan teri ostiga kuniga 2 marta yuborish uchun.
Juda ko‘p in’eksiya uchun dorilar flakonlarda (kukun, eritma, suspenziya va boshqalar) chiqariladi. Flakonning afzalligi flakondagi dori sterilligi saqlangan holda bir necha marta yuborish mumkin. Flakondagi dorilarga retsept ampuladagi dorilarga o‘xshash yoziladi, faqat farqi D.t.d. N. dan keyin «flakonda» so‘zi ishlatilmaydi.
Flakonda dori kukun (poroshok) holida bo‘lsa, retseptda dorining nomi, signaturada dorining eritilishi, qanchadan yuborilishi ko‘rsatiladi.
Misol: 1000000 TB benzilpenitsillinning natriyli tuzi (Benzylpenicinllinum-natrium, Benzylpenicillin sodium) saqlovchi 10 ta flakon. Muskul orasiga 1 sutkada 4 marta yuborilsin. 1 flakondagi dorini 10 ml steril 0,5% li novokain eritmasida eritilsin. O‘DM 500000 TB.
1000000 TB-10 mlda Rp.: Benzylpenicillinum-natrii 1000000 TB
(Benzylpenicillin sodium)
500000 TB - X ml D.t.d. N.10
X =500000 x 10/1000000=5 ml S. 1 flakondagi dorini 10 ml steril 0,5% li
novokain eritmasida eritib, 5 mldan muskul
orasiga sutkasiga 4 mahal yuborish uchun.
Flakonda eritma bo‘lsa, retsept quyidagicha yoziladi.
Misol: 1 ml eritmasida 4000 TB epoetin alfa (Epoetin alfa, Epoetin alfa) bo‘lgan, 1 ml eritma saqlovchi 6 ta flakon. Teri ostiga 1 haftada 3 marta yuborilsin. O‘DM 50 TB/kg (tananing har bir kg ga 50 TB dan). Bemorning vazni 60 kg.
50 x 60=3000 TB Rp.: Epoetin alfa 1 ml (4000 TB)
(Epoetin alfa)
1 ml-4000 TB D.t.d. N.6
X - 3000 TB S. 0,75 ml dan teri ostiga 1 haftada 3 marta X=3000x1/4000=0,75 ml yuborish uchun.
100 ml aminokapron kislotasi (Acidum aminocapronicum, Aminocaproic acid)ning 5% li eritmasi saqlovchi 3 ta flakon. Venaga tomchilab yuborilsin. O‘DM 4 g.
5 g -100 ml Rp.: Sol. Acidi aminocapronici 5%-100 ml
(Aminocaproic acid)
4 g - X ml D.t.d. N. 3
X =4x100/5=80 ml S. 80 ml dan venaga tomchilab yuborish uchun.
Flakonda suspenziya bo‘lsa:
Misol: 5 ml ruh-kortikotropin (Zinc-corticotropinum, Zinc-corticotropinum)ning suspenziyasi tutuvchi (1 mlda 20 TB ruh-kortikotropin bo‘lgan) 10 ta flakon. Muskul orasiga sutkada 1 marta yuborish uchun. O‘DM 20 TB.
20 TB – 1 ml da Rp.: Susp. Zinc-corticotropini 5 ml (20 TB)
(Zinc-corticotropinum)
20 TB – X ml D.t.d. N.10
X = 20x1/20 = 1 ml S. 1 ml dan muskul orasiga sutkada 1 marta yuborish uchun.
Flakonda suyuq organopreparat bo‘lsa:
Misol: 5 ml (har 1 ml da 40 TB) neytral odam insulini (Human insulin neutral, Human insulin neutral) saqlovchi 10 ta flakon. Teri ostiga kuniga 3 martadan yuborish uchun O‘DM 20 TB.
1 ml - 40 TB Rp.: Human insulin neutral 5 ml (40 TB)
(Human insulin neutral)
X – 20 TB D.t.d. N.10
X =20 x 1/40=0,5 ml S. 0,5 ml dan teri ostiga kuniga 3 marta yuborish uchun.
In’eksiya uchun eritmalar dorixonada tayyorlansa, retseptda Sterilisetur (Steril!) - sterillansin so‘zi albatta ko‘rsatilishi shart. Agar bir necha moddalar bo‘lsa M.Sterilisetur!, keyin D. va signatura yoziladi.
Misol: 600 ml 0,9% li steril (izotonik) natriy xloridi eritmasi (Natrii chloridum, Sodium chloride) venaga tomchilab yuborilsin.
Rp.: Sol. Natrii chloridi 0,9% - 600 ml
(Sodium chloride)
Sterilisetur!
D.S. 600 ml eritmani venaga tomchilab yuborish uchun.
300 ml 0,25% li steril novokain (Novocainum, Procaine)ning 0,9% li natriy xloridi (Natrii chloridum, Sodium chloride) eritmasidagi eritmasini infiltratsion anesteziya uchun buyurilsin.
0,25 g - 100ml Rp.: Novocaini 0,75
(Procaine)
X g - 300 ml Sol. Natrii chloridi 0,9%-300 ml
(Sodium chloride)
X =0,25x300/100=0,75 g M. Sterilisetur!
D.S. Infiltratsion anesteziya uchun.
Agar parenteral yuboriladigan dorilar ichida qizdirganda parchalanib ketadigan, masalan, adrenalin gidroxloridiga o‘xshash moddalar bo‘lsa, bunday dorilar sterillangan eritmaga aseptik holda qo‘shiladi va retseptda Adde aceptice (aseptik qo‘shilsin) ko‘rsatiladi.
Misol: 400 ml 0,25% li lidokain (Lidocainum, Lidocaine)ning 0,9% li natriy xloridi (Natrii chloridum, Sodium chloride) eritmasidagi eritmasiga 25 tomchi 0,1% li adrenalin gidroxloridi (Adrenalini hydrochloridum, Epinephrine) aseptik holda qo‘shilsin. Infiltratsion anesteziya uchun buyurilsin.
0,25 g – 100 ml Rp.: Lidocaini 1,0
(Lidocaine)
X g – 400 ml Sol. Natrii chloridi 0,9% ad 400 ml
(Sodium chloride)
X =0,25 x 400/100=1 g M. Sterilisetur!
Adde aseptice
Sol. Adrenalini hydrochloridi 0,1% gtts. XXV
(Epinephrine)
M.D.S. Infiltratsion anesteziya uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |