Shamchalar - Suppositoria
(Shamchalar – bosh kelishik birlikda Suppositorium, qaratqich kelishik birlikda Suppositorii, qisqartmasi - Supp.)
Shamchalar miqdorlangan, uy haroratida qattiq holatda bo‘lib, tana haroratida yumshab, suyulib yoki erib ketuvchi yumshoq dori shaklidir.
Shamchalar rektal (suppositoria rectalia) to‘g‘ri ichakka (per rectum), vaginal (suppositoria vaginalia) - qinga va tayoqchalar (bacilli) siydik yo‘li kanaliga, bachadon bo‘yniga qo‘yish uchun ishlatiladi.
Shamchalar uchun shakl beruvchi (asos) sifatida 37oS da suyuladigan, qitiqlovchi xossaga ega bo‘lmagan, shilliq qavatlardan so‘rilmaydigan, dori moddalari bilan kimyoviy jarayonga kirishmaydigan moddalar qo‘llaniladi. Ushbu talablarga suyulish temperaturasi 30-34o S bo‘lgan kakao moyi (Oleum Cacao), suyulish temperaturasi 34-35oS bo‘lgan dolchin (yaponiya korichnigi) moyi (Oleum Cinnamoni pedunculari) javob beradi. Bundan tashqari asos sifatida jelatin-glitserinli, sovun-glitserinli qorishmalar, gidrogenlangan yog‘lar va ularning har xil moddalar bilan qorishmalari ham ishlatilishi mumkin.
Shamchalar mahalliy (qinga qo‘yish uchun), rektal shamchalar ham mahalliy, ham rezorbtiv ta’sir olish uchun ishlatiladi. Rektal shamchalarning afzalliklaridan biri, dori to‘g‘ri ichakka qo‘yilganda to‘g‘ri ichak orqali dori kichik qon aylanish sistemasiga (jigarni oxlab) o‘tib, rezorbtiv ta’sir ko‘rsatadi. Jigar funksiyasi faoliyati susaygan bemorlar uchun bu anchalik yengillik hisoblanadi.
Rektal shamchalar shakli konussimon yoki silindrsimon bo‘lib uchi o‘tkirlashtirilgan bo‘ladi. Rektal shamchaning vazni 1,1 g dan 4 g (bolalar uchun 0,5-1,5 g)gacha diametri 1,5 sm dan oshmasligi kerak. Agar rektal shamcha vazni ko‘rsatilmagan bo‘lsa har bir shamcha 3 g dan tayyorlanadi.
Vaginal shamchalar shakli sferik (sharchalar - globuli), tuxumsimon (ovullar - ovula) yoki yassi tanachasining oxiri silliqlangan (pessariyalar - pessaria) bo‘ladi. Vaginal shamchalarning vazni 1,5 g dan 6 g gacha. Agar vaginal shamchaning vazni ko‘rsatilmagan bo‘lsa o‘rtacha 4 g dan tayyorlanadi. Vaginal shamchalar yosh qiz bolalarga va turmushga chiqmagan qizlarga buyurilmaydi.
Hozirda ko‘p shamchalar farmatsevtik sanoatda tayyor holda chiqariladi, bunday shamchalarga retsept boshqa ofitsinal dorilar qatori qisqartirilgan ko‘rinishda yoziladi. Retsept dori shakli nomi - Suppositorii (Supp.) so‘zidan boshlanib «cum» (bilan, ...li) qo‘shimchasidan keyin dorining nomi birgalik kelishigida va uning miqdori ko‘rsatiladi. D.t.d. N. va signatura bilan tugallanadi.
Retseptlarga misollar:
0,2 g ixtiolli (Ichthyolum, Ichthammol) 6 ta ofitsinal rektal shamcha buyurilsin. 1 rektal shamchadan ertalab, kechqurun to‘g‘ri ichakka qo‘yish uchun.
Rp.: Supp. cum Ichthyolo 0,2
(Ichthammol)
D.t.d. N. 6
S. 1 rektal shamchadan ertalab, kechqurun
to‘g‘ri ichakka qo‘yish uchun.
10 ta maxsus nomli anuzol (Anusolum, Comb. drug) rektal shamcha buyurilsin. 1 rektal shamchadan ertalab, kechqurun to‘g‘ri ichakka qo‘yish uchun.
Rp.: Supp. Anusolum N.10
(Comb. drug)
D.S. 1 rektal shamchadan ertalab, kechqurun
to‘g‘ri ichakka qo‘yish uchun.
10 ta 0,12 g nitazolli (Nitasolum, Aminitrozole) vaginal shamcha buyurilsin. 1 vaginal shamchadan ertalab kechqurun qinga qo‘yish uchun.
Rp.: Supp. cum Nitasolo 0,12
(Aminitrozole)
D.t.d. N. 10
S. 1 vaginal shamchadan ertalab, kechqurun
qinga qo‘yish uchun.
10 ta maxsus nomli osarbon (Osarbonum, Comb. drug) vaginal shamcha buyurilsin. 1 vaginal shamchadan ertalab, kechqurun qinga qo‘yish uchun.
Rp.: Supp. Osarbonum N. 10
(Comb. drug)
D.S. 1 vaginal shamchadan ertalab, kechqurun
qinga qo‘yish uchun.
Hozirgi paytda dorixonalarda magistral rektal va vanigal shamchalar kam tayyorlanadi. Bunday hollarda retsept kengaytirilgan holda hamma tarkibiy qismlar ko‘rsatiladi. Moddalar miqdori (asoslar) hamma shamchalarni tayyorlash uchun kerakli miqdorlar ko‘rsatiladi. Har bir shamchaga mo‘ljallab miqdorlar ko‘rsatilishi ko‘proq tarqalgan. Retseptda asos (shakl beruvchi) moddani miqdori ko‘rsatilmasa ham bo‘ladi. Bu holda asosni miqdori q.s. (quantum satis - keragicha) deb ko‘rsatiladi va retsept D.t.d. N. va signatura bilan tugallanadi.
Misollar: 0,1 g anestezin (Anaesthesinum, Benzocain)li 10 rektal shamcha buyurilsin. 1 rektal shamchadan ertalab, kechqurun to‘g‘ri ichakka qo‘yish uchun.
Rp.: Anaesthesini 0,1
(Benzocain)
Olei Cacao q.s.
(Theobroma Cacao)
M.f. supp. rect.
D.t.d. N. 10
S. 1 rektal shamchadan ertalab, kechqurun
to‘g‘ri ichakka qo‘yish uchun.
250000 TB levorin (Levorinum, Levorin)li vaginal shamchadan 10 ta buyurilsin. 1 vaginal shamchadan ertalab, kechqurun qinga qo‘yish uchun.
Rp.: Levorini 250000 TB
(Levorin)
Olei Cacao q.s.
(Theobroma Cacao)
M.f. supp. vag.
D.t.d. N. 10
S. 1 vaginal shamchadan ertalab, kechqurun
qinga qo‘yish uchun.
Tayoqchalar (bacilli) - shamchalarning bir ko‘rinishi bo‘lib, siydik yo‘li kanaliga, bachadon bo‘yniga, oqma yaralar teshigiga va boshqalarga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Hozirda bu dori shakli kam ishlatiladi. Tayoqchalar dorixonalarda silindr shaklida, uchi o‘tkirlashtirilgan holda kengaytirilgan magistral retsept asosida tayyorlanadi. Retseptda ingredientlar miqdori va tayoqchaning o‘lchami (kattaligi) ham ko‘rsatiladi.
Misol: Uzunligi 5 sm, qalinligi 0,5 sm, 5 dmg atropin sulfati (Atropini sulfas, Atropine) tutuvchi 6 ta tayoqcha buyurilsin. 1 tayoqchadan siydik yo‘li kanaliga kuniga 1 marta yuborish uchun buyurilsin.
Rp.: Atropini sulfatis 0,0005
(Atropine)
Olei Cacao q.s.
(Theobroma Cacao)
ut fiat bacillus longitudine 5 cm
et crassitudine 0,5 sm
D.t.d. N. 6
S. 1 tayoqchadan siydik yo‘li kanaliga kuniga
1 marta yuborish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |