Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi»


Asosiy qism Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni



Download 0,54 Mb.
bet37/231
Sana25.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#408518
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   231
Bog'liq
Даволаш-АДТИ Магистратура имтиҳон дастури 2021

Asosiy qism

Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni

Yurakning funksional anatomiyasi va kardiologiyada tekshiruv usullari: joylashishi, yurak qoplamlari tuzilishi, qon tomirlar tuzilishi, qisqaruvchanlik, o‘tkazuvchanlik, avtomatizm, qo‘zg‘aluvchanlik funksiyalari; YuQT sistemasi fiziologiyasi, YuQT kasalliklari belgilari - shikoyatlari, kasallik anamnezi, bemor hayotining xarakterli belgilari; kardiologik bemorlarni fizikal tekshirish usullari: ko‘rik, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya; YuQT kasalliklarini laborator - instrumental tashxislash usullari; klinik: umumiy qon, siydik, axlat tahlili, perikardial bo‘shliq, bioximik fermentlar, elektrolitlar, sinamalar, radioimmun, immunoferment, spektrometriya, immunologik, bakteriologik va boshqalar; YuQT kasalliklari funksional tashxislash usullari: ExoKG - yurak va qon tomir kasalliklarini UT tashxislashning fizik asoslari, UT skanerlash uskunasi va ishlash prinsiplari; turli rejimlarda skanerlashning asosiy hususiyatlari, bir o‘lchamli, ikki o‘lchamli, doppler ExoKG; turli kardiologik kasalliklar UT tashxislash mezonlari; yurak mushaklaridagi elektrofiziologik jarayon, elektrokardiograf uskunasi va ishlash prinsipi, EKG funksional sinamalar bilan yurak funksiyasi buzilishining EKG belgilari; bemorni turli holat va turli nuqtalarda FKG; kardiologik bemorlar rentgen - radiologik tashxislash usullari, ko‘krak qafasi rentgenogrammasi, yurak - qon tomir soyasi yoyining holati, kontrast tekshiruv usullari.

Aritmiyalar va qamallar: paydo bo‘lishi sabablari va mexanizmlari, tasnifi, EKG mezonlari, funksional va medikamentoz tekshirish usullari, zamonaviy davolash usullari;. antiaritmik preparatlar tasnifi, paroksizmal ritm buzilishlari, kasalxonagacha bo‘lgan etapda va kasalxonada oshig‘ich yordam; qamallar: paydo bo‘lish sabablari va mexanizmlari, tasnifi, EKG mezonlari, tashxislashning funksional usullari mezonlari; murakkab ritm buzilishlari: sababi va paydo bo‘lish mexanizmlari, EKG mezonlari, zamonaviy davolash usullari; vaqtinchalik va doimiy kardiostimulyatsiyaga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Arterial gipertenziya: epidemiologiyasi, etiologik omillari, zamonaviy patogenezi, AQBni boshqaruvchi a’zolar va sistemalar; klinika - sindromlar bo‘yicha, paydo bo‘lish mexanizmlari, asoratlari va ularni korreksichlash yo‘llari; zamonaviy fan yutuqlari darajasida davolash, profilaktikasi va uni amalga oshirish yo‘llari, gipertonik krizlar, statsionargacha va statsionarda mahsus yordam ko‘rsatish; bazis gipotenziv terapiyani tanlash, profilaktika; SAG - tushunchasi, sabab - oqibat bog‘liqliklari bo‘yicha tasnifi; zamonaviy tekshiruvlar bo‘yicha tashxislash mezonlari, zamonaviy davolash usullari.

Ateroskleroz: ateroskleroz tarqalganligi, xavfli omillar, etiologiyasi va patogenezining zamonaviy holati, tasnifi, joylashishiga bog‘lik holda klinikasi, birlamchi va ikkilamchi giperlipidemiyalarni zamonaviy tashxislash usullari, davolash va profilaktikasining medikamentoz va nomedikamentoz yo‘llari.

Yurak ishemik kasalligi: YuIK: stenokardiya: epidemiologiyasi, xavfli omillari, patogenezi, tasnifi, turli shakllari klinikasi, asoratlari, zamonaviy tashxis usullari, kardialgiyalarda qiyosiy tashxis, davolash va profilaktikasi; koronarokardiografiya - ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, natijalar tahlili, nomedikamentoz davolash usullari (aorta ichi ballonli kontrapulsatsiyasi, koronaroangioplastika, stent o‘rnatish, lazer angioplastika, aorta - koronar shuntlash).

O‘MI: epidemiologiyasi, patogenezi, klinik shakllari: zamonaviy tashxislash usullari: laborator, topik EKG - tashxislash va boshqalar; qiyosiy tashxis; gospitalizatsiyagacha va statsionar bosqichlarida davolash, reabilitatsiya, erta va kechki asoratlari; asoratlarini davolash; birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi; o‘tkir koronar sindrom tushunchasi; tarqalganligi, tashxis mezonlari; to‘satdan koronar o‘lim va o‘pka - yurak reanimatsiyasi. Kardiogen shok, hushsizlik holatlarining qiyosiy tashxisi, davolash taktikasi.

Neyrosirkulyator distoniya: epidemiologiyasi, etiologik omillari, patogenezi, tasnifi, klinik sindromlari, tashxislash usullari, zamonaviy davolash usullari, buzilishlar variantiga ko‘ra belgilari, qiyosiy tashxis, nomedikamentoz davolash prinsiplari va profilaktikasi.

Aorta, qon tomir kasalliklari: aorta kasalliklari semiotikasi, jarayon joylashuviga bog‘lik holda

klinik ko‘rinishi, tashxislash usullari, ko‘krak aortasi anevrizmasi; etiologiyasi, tasnifi, ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi aorta anevrizmasining klinik belgilari; rentgen tekshiruv, angiografiya, KT, YaMR; operatsiyaga ko‘rsatmalar, ko‘krak aortasi qavatlanuvchi anevrizmasi; etiologiyasi; qavatlanish turlari; turlariga mos ravishda klinikasi; tashxisi; davolash; operatsiyaga ko‘rsatmalar; qorin aortasi anevrizmasi; etiologiyasi, epidemiologiyasi; klinik belgilari; diagnostik mezonlari (rentgenologik va ultratovush tekshiruvi bo‘yicha); operatsiyaga ko‘rsatmalar; nospesifik aortoarteriit; epidemiologiyasi; shikastlanishining anatomik shakllari; klinikasi; laborator instrumental tashxislash; davolash; operativ davolashga ko‘rsatmalar; qorin aortasi kasalliklari (Lerish sindromi); etiologiyasi, klinikasi, tashxislash (UTT, angiografiya) ; davolash va operatsiyaga ko‘rsatmalar; truncus mesentericus ning shikastlanishi, mezenterial qon tomirlarida surunkali qon aylanishining buzilishi; o‘tkir qorin; etiologiyasi, klinikasi, tashxislash, qiyosiy tashxislash, davolash; arteriyalar kasalliklari; oyoq arteriyalari aterosklerozi; klinik – instrumental mezonlari; qiyosiy tashxis, davolash, operativ davoga ko‘rsatmalar; obliteratsiyalovchi tromboangiit; etiologiyasi, patogenezi, kasallik turlari, tashxislash, davolash; operatsiyaga ko‘rsatmalar; o‘tkir arterial tutilish ( tromboz va emboliyalar); etiologiyasi, patogenezi, o‘tkir ishemiya sindromining klinik belgilari; ishemiyalarning tasnifi; trombozning klinik belgilari; davolash, operatsiyaga ko‘rsatmalar; qo‘llardagi neyrovaskulyar sindromlar; tushunchasi; klinikasi; oldingi narvonsimon mushak sindromi, kichik ko‘krak mushagi sindromi, giperabduksion sindrom, davolash; Reyno sindromi; epidemiologiyasi; patogenezi, klinikasi, tashxisiy mezonlar; nozologik tashxislash algoritmlari; davolash; vena kasalliklari; oyoq venalari varikoz kengayishi, etiologiyasi, tasnifi, birlamchi va ikkilamchi, diagnostik sinamalar, davolash; o‘tkir venoz tromboz; etiopatogenezi, yuza va chuqur venalarning trombozi, klinikasi, tashxislash, davolash, operatsiyaga ko‘rsatmalar; yuqori kovak vena sindromi, og‘irlik darajasiga ko‘ra klinikasi, tashxisi (UTT, flebografiya).

Miokard kasalliklari: miokardit: epidemiologiyasi, etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, zamonaviy tashxislash va davolash usullari; asoratlari, birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi, kardiomiopatiyalar, epidemiologiyasi, kelib chiqish nazariyalari; tasnifi, patogenezi, shakllariga ko‘ra klinikasi, zamonaviy tashxislash usullari; ExoKG va miokard biopsiyasining o‘rni; qiyosiy tashxis; davolash va yurak transplantatsiyasiga ko‘rsatmalar; miokardiodistrofiyalar, etiologik omillari, patogenezi, klinik - laborator va instrumental mezonlari; etiologik omillarni hisobga olgan holda zamonaviy davolash usullari; prognoz, birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi; qon aylanish yetishmovchiligi; o‘tkir (yurak astmasi va o‘pka shishi), surunkali; sabablari va chap qorincha, o‘ng qorincha va total yurak yetishmovchiligi rivojlanishi mexanizmlari; zo‘rayish sabablari; zamonaviy tasnifi; klinik belgilari; tashxislash usullari, zamonaviy davolash usullari, shoshilinch yordam usullari, nomedikamentoz davolash usullari; profilaktika muammolari; statsionar va poliklinika sharoitida reabilitatsiya.

Yurak nuqsonlari: mitral, aortal, trikuspidal, o‘pka arteriyasi klapanlari, alohida, qo‘shilib kelishi, kombinatsiyalanishi; oxirgi epidemiologik holat, etiologiyasi, tasnifi, gemodinamikasi, klinik - instrumental simptomatikasi, asoratlari, zamonaviy davolash usullari. TYuN - yurak to‘siqlarining bitmasligi (bo‘lmachalararo to‘siq defekti, qorinchalararo to‘siq defekti, Lyutembashe sindromi, ochiq arterial naycha), yurakdan qon olib chiquvchi tomirlarning stenozi (aorta koarktatsiyasi, o‘pka arteriyasining alohida stenozi, aorta ravog‘i stenozi), kattalarda Fallo tetradasi, Eyzenmenger kompleksi; epidemiologiyasi, tasnifi, gemodinamikasi, klinik mezonlari, zamonaviy tashxislash va davolash usullari; gemodinamik buzilishlarni medikamentoz davolash.

Perikard kasalliklari: etiologiyasi va patogenezi (zamonaviy darajada); tasnifi, klinikasi va klinik belgilarining mexanizmlari interpretatsiyasi; konstriktiv sindrom, zamonaviy tashxislash va davolash usullari, perikard punksiyasi va perikardektomiyaga ko‘rsatmalar.

O‘pka yuragi: o‘tkir, o‘tkir osti, surunkali: etiologiyasi, patogenezi, klinikasi va tashxislash, kelib chiqish sabablarini hisobga olgan xolda zamonaviy davolash usullari; birlamchi o‘pka gipertenziyasi haqida tushuncha; rivojlanish mexanizmlari, tashxislash, davolash va prognoz.

Infeksion endokardit: epidemiologiyasi, zamonaviy kechish hususiyatlari, patogenezi, klinik sindromlari va ularning rivojlanish mexanizmlari, tashxislash va davolashning zamonaviy usullari, jarrohlik aralashuvlariga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, asoratlari, birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi, prognoz.

Ichki a’zolar kasalliklarida yurak - qon tomir tizimi holati: endokrin tizimi, ovqat hazm qilish a’zolari, nafas a’zolari, qon, buyrak kasalliklarida; xomiladorlarda, keksalarda; yurakning kam uchraydigan kasalliklari YuQT holati.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish