Odam tanasi mushaklari. Orqa tomondan ko‘rinishi: Odam tanasi mushaklari. Orqa tomondan ko‘rinishi: - 1—chakka mushagi;
- 2—ensa-peshona mushagining ensa qorinchasi;
- 3—boshdagi yarim qirrali mushak;
- 4—boshning tasmasimon mushagi;
- 5-to‘sh-o‘mrov- so‘rg‘ichsimon mushak;
- 6-trapetsiyasimon mushak; 7—deltasimon mushak;
- 8—uch boshli mushak;
- 9—yelkaning ikki boshli mushagi;
- 10—yelka mushagi;
- 11—bilakni ichkariga burovchi yumaloq mushak;
- 12—yelka-bilak mushagi; 13—panjani bukuvchi bilak mushagi;
- 14—uzun kaft mushagi; 15—panjani bukuvchi tirsak mushagi;
- 16—barmoqlarni bukuvchi yuzaki mushak payi;
- 17—yarim payli mushak;18, 20—yarim pardali mushak;
- 19—sonning ikki boshli mushagi; 21—boldir mushagi;
- 22—kambalasimon mushak; 23—uzun kichik boldir mushagi payi;
- 24—kalta-kichik boldir mushagi; 25—oyoq kafti mushagi;
- 26—katta dumba mushagi; 27—o'rta dumba mushagi;
- 31—katta yumaloq mushak;32—kurak qirrasi ostidagi mushak;
- 33—kichik yumaloq mushak; 34—yelka-bilak mushagi;
- 35—chaynov mushagi.
Fassiya-mushaklarni o‘ragan zich tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan parda bo‘lib, ular mushaklarni bir-biridan ajratib, qisqargan vaqtida mushakni bir joydan surilib ketmasligini ta’minlaydi. Fassiyalar g‘ilof tuzilishiga ega bo‘lib, ba’zi bir patologik hollarda (yiring to‘plangan va qon quyilgan vaqtda) ularning tarqalishini chegaralaydi va ba’zi hollarda anesteziya qilishda yordam beradi. Fassiyalar suyaklarga birikib mushaklar-aro to‘siqlar hosil qiladi.
Fassiyalar xususiy va yuza fassiyalarga bo‘linadi. Xususiy fassiya odam tanasining har bir sohasiga tegishli bo‘lib, shu nom bilan ataladi. Agar mushaklar birnecha qavat joylashgan bo‘lsa, unda qavatlar o‘rtasida xususiy fassiya qatlamlari yuza qavat orasida - yuza qatlam, chuqur qavat orasida esa - chuqur qatlam hosil bo‘ladi. Yuza fassiyalar teri ostida joylashgan bo‘lib, mushaklarni teri osti yog‘ to‘qimasidan ajratib turadi, shuning uchun uni teri osti fassiyasi ham deb ataladi. Yuza fassiya yumshoq biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, u teri ostida butun tanani o‘rab turadi va unda ba’zi bir sohalarda yog‘ to‘qimasi to‘plangan bo‘ladi. Fassiyalar tananing turli qismlarida har xil taroqqiy etadi. Agar mushaklar harakati kuchli bo‘lsa (oyoqda) fassiyalar qalin bo‘ladi. Qo‘l va oyoqning ba’zi bo‘g‘imlari sohasida (bilak-kaft oldi, boldir-oyoq panja bo‘g‘imi) mushak paylarining yo‘nalishi o‘zgaradi. Bu sohalarda fassiyalar qalinlashadi va suyaklarni turtib chiqqan joylariga birikib mushaklarni ushlab turuvchi bo‘gichni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |