Nafas olganda ko‘krak qafasining harakati. Yuqorigi qo-
vurg‘alar qisqa, pastkisi uzun bo‘lgani uchun nafas jarayoni-
da ko‘krak qafasining harakati bir tekis bo‘lmaydi. Nafas olgan-
da ko‘krak qafasining yuqori qismi sagittal yo‘nalishda kengay-
sa, pastki qismi esa ko‘n dalangiga kengayadi. Birinchi qovurg‘a
kam harakat bo‘lgani uchun nafas jarayonida op‘ka uchining ven-
tilyatsiyasi juda kam bo‘lib, bu holat o‘pka uchida yallig‘lanish ja-
rayonlarini rivojlanishiga sharoit yaratib beradi.
Qo‘l suyaklari
Qo‘l mehnat quroli sifatida erkin harakatlanadi. Qo‘lda yel-
ka kamari va erkin qismlar tafovut qilinadi. Yelka kamari o‘mrov
va kurak suyaklaridan iborat. Qo‘lning erkin qismi yelka, bilak va
tirsak hamda qo‘l panjasi suyaklaridan tashkil topgan. Qo‘l pan-
jasi esa kaft usti suyaklari, kaft suyaklari va barmoq suyaklariga
bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |