IX juft – til-halqum nervi (n. glossopharyngeus) aralash nerv.
U sezuvchi, harakatlantiruvchi va parasimpatik tolalardan hosil
bo‘l gan. Til-halqum nervining o‘zaklari uzunchoq miya sohasida
joy lashgan bo‘lib, nerv miya asosida olivaning orqasidan chiqa-
di. Kalla bo‘shlig‘idan til-halqum nervi bo‘yinturuq teshigi orqali
tash qariga chiqadi. Bo‘yinturuq teshigi sohasida nerv ikkita sezuv-
chi tugun (yuqo rigi va pastki) hosil qiladi. Bu tugunlar tarkibida
sezuv chi neyronlar bo‘lib, ularning markaziy o‘siqlari uzunchoq
miyadagi sezuv chi o‘zakda tugaydi. Ularning periferik o‘siqlari
nerv tarmoqlari tarkibida tilning orqa 1/3 qismi shilliq pardasini,
halqumning shilliq pardasini, o‘rta quloqni, tanglay murtagini va
uyqu kengaymasini innervatsiya qiladi. Parasimpatik tolalari qu-
472
loq oldi bezini, harakatlantiruvchi tolalari esa bigiz-halqum mu-
shagini innervatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |