196-rasm. Bosh miyaning pardalari. Frontal kesma:
1–to‘r pardaning mayda donachali hosilalari; 2–us-
tki o‘qsimon sinus; 3–epidural bo‘shliq; 4–bosh
miyaning qattiq pardasini tashqi varag‘i; 5–bosh
miyaning qattiq pardasini ichki varag‘i; 6–bosh
miyaning to‘rsimon pardasi; 7–to‘rsimon parda os-
tidagi bo‘shliq; 8–bosh miyaning yumshoq pardasi; 9–qattiq pardaning o‘rta
arteriyasi va venasi; 10–bosh miya o‘rog‘i; 11–ostki o‘qsimon sinus.
Bosh miyaning qattiq pardasi o‘zining ichki yuzasidan miya-
ning qism
lari o‘rtasiga kirib, ularni bir-biridan ajratuvchi bir
nechta o‘sim talar beradi. Ulardan bosh miyaning o‘rog‘i yarim-
sharlar o‘rtasidagi bo‘ylama yorig‘da joylashgan yupqa plastinka
bo‘lib, qadoq tanaga yetib bormaydi. Miyacha chodiri ikki qiya-
lik chodir shaklidagi gorizontal tortilgan qatlam, miya yarimshar-
larining ko‘ndalang egatiga kirib, bosh miyani ensa bo‘shlig‘ini
miyachadan ajratadi. Miyacha o‘rog‘i sagittal yo‘nalgan bo‘lib,
miyacha yarimsharlari o‘rtasiga kiradi. Turk egari to‘sig‘i, gipo-
fiz chuqurchasi ustida gorizontal joylashgan, o‘rtasida teshigi bor
qatlam. Uning ostida yotgan gipofiz teshik orqali gipotalamus bi-
lan qo‘shiladi. Bosh miyaning qattiq pardasi vena sinuslari uning
ikkiga bo‘linishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, ular orqali bosh miya-
dan vena qoni ichki bo‘yinturuq venaga oqadi. Vena sinuslari de-
vori qattiq tortilgani, har doim ochiq va klapanlari bo‘lmaga-
ni uchun har qanday sharoitda ham qon erkin oqadi. Bosh miya
qattiq pardasida quyidagi sinuslar tafovut qilinadi. 1) ust ki o‘qsi-
mon sinus; 2) pastki o‘qsimon sinus; 3) to‘g‘ri sinus; 4) ko‘n-
dalang sinus; 5) ensa sinusi; 6) sigmasimon sinus; 7) g‘orsimon
sinus; 8) yuqorigi va pastki toshsimon sinuslari.
To‘rsimon parda yupqa va tiniq bo‘lib, qattiq pardadan sub-
dural bo‘sh liq bilan ajralib turadi. To‘r parda bilan yumshoq par-
da o‘rtasida sub araxnoidal bo‘shliq bo‘lib, unda orqa miya suyu-
qligi bo‘ladi. To‘r parda yoriqlar va egatlar orasiga kirmay bosh
miyaning bir qismidan ikkinchi qismiga o‘tadi.
464
To‘r parda keng va chuqur egatlarning ustida joylashganida
to‘r parda osti bo‘shlig‘i kengayib, havzalar hosil qiladi. To‘r par-
daning nisbatan katta havzalariga: 1) orqadagi miyacha va bosh
miya orasidagi; 2) miya oyoqchalari oralig‘idagi; 3) bosh miya-
ning lateral chuquri; 4) ko‘ruv nervi kesishmasi sohasidagi hav-
zalar kiradi.
Bosh miya qattiq pardasiga yaqin joylarda to‘r parda vena si-
nuslariga botib kiruvchi to‘r pardaning mayda donachali hosila-
larini hosil qiladi. Bular orqali miya suyuqligi vena sinuslariga
o‘tadi.
Yum shoq parda
miyaning tashqi yuzasiga zich yopishib, ular
orasidagi barcha yoriq va egatlarga kiradi. U bo‘sh biriktiruvchi
to‘ qimadan iborat bo‘lib, qon tomirlarga boy. Ba’zi sohalarda
yum shoq parda miya qorinchalari bo‘shlig‘iga kirib, orqa miya
suyuqligi ishlab chiqaruvchi qon tomir chigallarini hosil qiladi.
Orqa miya suyuqligi bosh miya qorinchalarini, orqa miyani
markaziy kanalini, bosh va orqa miyani to‘r parda osti bo‘shlig‘ini
to‘ldirib turadi. U bosh miya qorinchalarining qon tomirli asosida
ajratib chiqariladi. Orqa miya suyuqligining umumiy miqdori 120–
130 ml. U toza va tiniq suyuqlik bo‘lib, solishtirma og‘irligi 1,005
ga teng bo‘lib, oqsil moddalar kam, unda hujayralar bo‘lmaydi.
Orqa miya suyuqligi miya pardalari bilan himoya vazifasini bajara-
di, bosh va orqa miyada moddalar almashinuvida qatnashadi, kal-
la ichi bosimini doimiyligini ta’minlaydi. Yon qorinchalardan orqa
miya suyuq ligi o‘ng va chap qorinchalar orasidagi teshik orqali III
qorinchaga o‘tadi. III qorinchadan bosh miyaning suv yo‘li orqa-
li IV qorinchaga, undan esa orqa devordagi toq (Maajandi teshigi)
teshik orqali orqa miyaning markaziy kanaliga va juft lateral teshik
(Lushka teshigi) orqali to‘r parda osti bo‘lig‘iga o‘tadi. Bu yerdan
orqa miya suyuqligi to‘r pardaning mayda donachali hosilalari or-
qali bosh miya qattiq pardasi vena sinuslariga oqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |