Anatomiya 2014. indd


II. Tashqi ta’sirotlarni qabul qiluvchi analizatorlarning po‘st loq-



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet648/731
Sana21.09.2021
Hajmi4,54 Mb.
#180860
1   ...   644   645   646   647   648   649   650   651   ...   731
Bog'liq
anatomiya fiziologiya va patologiya

II. Tashqi ta’sirotlarni qabul qiluvchi analizatorlarning po‘st loq-

dagi markazlari.

1. Sezgi analizatorining o‘zagi markaz orqasidagi pushtada 

joyla shadi. Odam tanasi qismlari xuddi harakat markazidagidek 

boshi past da, oyog‘i yuqorida joylashgan. Tananing ayrim qism-

lariga tegishl 

i soha 


larning katta kichikligi ularning faoliyatiga 

bog‘liq. Odamda og‘iz va qo‘l retseptorlari yaxshi taroqqiy etgani 

uchun po‘stloqning ularga tegish li qismi katta bo‘ladi.

2. O‘ng va chap ustki tepa bo‘laklarida teri sezgisini bir turi, 




448

buyum  larni yopiq ko‘z bilan paypaslab bilish (stereognoziya)



 mar-

kazi joylashgan.

3. Eshituv analizatorining o‘zagi ustki chakka pushtasini o‘rta-

sida joy lashgan. Bu sohaning ikkala yarimsharda buzilishi butun-

lay karlikka olib keladi.

4. Ko‘ruv analizatorining o‘zagi ensa bo‘lagining medial 

yuzasi dagi pix egatini ikki tomonida joylashgan. Bitta markazda 

bir ko‘z ning lateral yarmi va ikkinchi ko‘zning medial yarmini 

to‘r pardasi proyeksiyasi bo‘ladi.

5. Hidlov analizatorining o‘zagi chakka bo‘lagining pastki yuza-

sidagi ilmoq, qisman gippokamp sohasida joylashgan.

6. Ta’m bilish analizatorining o‘zagi hidlov va ta’m bilish sez-

gilari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani uchun hidlov markaziga 

y aqin joylashgan.

Yuqorida aytib o‘tilgan po‘stloq markazlari miya po‘stlog‘ining 

ma’lum bir sohalarida joylashgan bo‘lib, ularga ta’sirotlar tashqi 

va ichki muhitdan keladi. Bu ta’sirotlar turli xil sezgi va sezgilar 

to‘plami sifatida qabul qilinadi va ularni I.P. Pavlov birinchi sig-

nal tizimi deb ataydi. Bu tizim hayvonlarda ham bo‘ladi. Bun-

dan tashqari odam so‘zlash, fikrlash xususiyatiga ega bo‘lgani-

dan keyin, unda ikkinchi signal tizimi paydo bo‘ladi. Ontoge-

nezda odamda avval birinchi signal tizimi markazlari, so‘ngra ik-

kinchi signal tizimi markaz lari paydo bo‘ladi. Ikkinchi signal ti-

zimi markazlarining taroqqiyo ti va takomillashuvi atrof-muhit ga, 

turmush sharoitiga bog‘liq. Ikkin chi signal tizimi paydo bo‘li shi 

uchun bola boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lishi, so‘zlashni va 

yozishni o‘rganishi kerak. So‘zlash jarayoni murakkab bo‘lib, uni 

bajarishda butun po‘stloq qatnashadi, ammo ma’lum bir sohalar 

asosiy bo‘ladi. Bu sohalar so‘z analizatorlarining o‘zaklari hisob-

lanadi.


Ikkinchi signal tizimi markazlari.

1. So‘z bo‘g‘inlarining harakat analizatori o‘zagi pastki pesho-

na push tasining orqa qismida joylashgan bo‘lib, harakat markazi-

ning pastki qismiga yaqin turadi. Bu yerda so‘z bo‘g‘ini, so‘zlar-

ni hosil qilishda ish tirok etadigan lab, til, hiqildoq mushaklaridan 

keladigan qo‘zg‘alish lar tah lil qilinadi.

2. Og‘zaki so‘zlashning eshituv analizatori o‘zagi eshituv a’zosi 

bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, eshituv analizatoriga yaqin joyda, ust-

ki chakka pushtasining orqa qismida joylashgan. Bu markaz yorda-



449

mida odam so‘zlash vaqtida tovush past balandligini tartibga solib 

turadi va boshqa odamni tushunadi.

3. Odam o‘z taroqqiyotida faqat so‘zlashni emas, balki yozish-

ni ham o‘rgangan. Harflarni yozish qo‘lning ma’lum bir haraka-

tini ta lab qiladi, bu esa umumiy harakat analizatori bilan bog‘liq. 

Shuning uchun yozma so‘zning harakat analizatori o‘zagi o‘rta 

peshona push tasining orqa qismida markaz oldi pushtaga yaqin 

joylashgan. Bu analizatorning faoliyati qo‘lning ma’lum bir maq-

sad bilan qilinadigan murakkab hamkor harakati markazi bilan 

bog‘langan.

4. Yozma so‘zning ko‘ruv analizatori o‘zagi pastki tepa bo‘lak-

chasining burchakli pushtasida joylashgan bo‘lib, ko‘ruv analiza-

tori bilan bevosita bog‘liq. Odamning ikkinchi signal tizimi mar-

kazlari ikkala yarimsharda bo‘ladi, lekin bir tomonda ko‘proq ta-

roqqiy etgan (o‘naqaylarda chap tomonda, chapaqaylarda o‘ng 

tomonda) bo‘ladi.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   644   645   646   647   648   649   650   651   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish