Bilak arteriyasi (a. radialis) yelka arteriyasining bevosita da-
vomi bo‘lib, yumaloq pronator va yelka-bilak mushaklari o‘rtasi-
dan past ga yo‘naladi. Bilakning pastki qismida fassiya va teri os-
tida joylash gan bo‘lib, bu sohada puls aniqlanadi. Bilakning pastki
qismida arteriya bilak suyagi bigizsimon o‘siqchasini aylanib qo‘l
kaftining orqa tomoniga o‘tadi. Kevin u birinchi kaft suyagi ora-
lig‘i orqali bosh barmoqni aylanib yana kaftga qaytadi. Kaftda bi-
lak arteriyasi tirsak arteriyasining chuqur kaft tarmog‘i bilan anas-
tomozlashib kaftning chuqur arterial ravog‘ini hosil qiladi. Bilak
arteriyasidan uning yo‘nalishida chiqqan ko‘p sonli tarmoqlar bi-
lak va kaft usti suyaklarini, tirsak va bilak-kaft usti bo‘g‘imlarini,
bilak mushaklari va terisini qon bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |