Anatomiya 2014. indd



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet705/731
Sana21.09.2021
Hajmi4,54 Mb.
#180860
1   ...   701   702   703   704   705   706   707   708   ...   731
Bog'liq
anatomiya fiziologiya va patologiya

SEZGI A’ZOLARI

    


Sezgi a’zolari organizmning tashqi muhit bilan aloqasini 

bog‘lov chi murakkab tuzilishga ega hosilalardir. Ular tashqi ta’sir 

energiyasini qabul qilib, uni nerv impulsiga aylantirib, miyaga 

yetkazib beruvchi anatomik tuzilmalardan iborat. Sezgi a’zolari-

ga tushayot gan tashqi muhitning turli ta’siri natijasi miya yarim-

sharlari po‘stlog‘i ishtirokida dunyoni sezish ning turli: sezish, 

qabul qilish va faraz qilish shakllarida paydo bo‘ladi. Har turli 

tashqi ta’sirot teri, ko‘rish, eshitish, hidlov va ta’m bilish a’zolari 

bilan qabul qilinadi. Sezgi a’zolari vositasida odam tashqi muhit-

ni sezadi, unga mosla shadi va uning ta’siriga ma’lum bir hara-




493

kat bilan javob beradi. Ba’zi bir tashqi ta’sirot buyumga bevosita 

tekkan vaqtda seziladi (kontakt sezgi): bunga teri sezgisi (og‘riq, 

harorat), tilning shilliq pardasidagi so‘rg‘ichlar ovqatni mazasi-

ni biladi. Boshqa bir ta’sirotlar uzoqdan seziladi (distant sezgi): 

ko‘rish a’zosi – nurni, eshitish a’zosi – to vushni, hid bilish a’zo-

si turli hidlarni. Sezgi a’zolari faqat tash qi ta’sirotlarni qabul qi-

ladi. Bu ta’sirotlarning tahlili esa bosh miya po‘stlog‘ida bo‘lib, 

bu yerga ta’sirot nervlar orqali boradi. Ta’sirotlarni qabul qilish, 

o‘tkazish va tahlil qilishda ishtirok etadigan elementlar yig‘indi-

sini, sezgi a’zolarini I.P. Pav lov analizator deb ataydi. Analizator 

tashqi muhitning murakkab ta’sirini alohida elementlarga ajrata-

di. Analizator uch qism dan iborat:

1. Periferik qism – retseptor, kimyoviy va fizik ta’sirot ener-

giyasini qabul qilib, nerv qo‘zg‘alishiga aylantirib beradi.

2. O‘tkazuvchi qism – konduktor, qo‘zg‘alishni retseptordan 

po‘stloq osti markazlari, keyin esa yarimsharlar po‘stlog‘iga o‘tka-

zadi.


3. Analizatorning po‘stloq markazida kelayotgan qo‘zg‘alish-

lar tahlil qilinadi va boshqa markazlar bilan aloqalar paydo bo‘la-

di. Markaz qancha yuqori joylashsa, qo‘zg‘alishlar shuncha nozik 

tah lil qilinib ma’lum bir sezgi paydo bo‘ladi.

Sezgilar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Atrof-muhitdagi hodisalar 

va pred metlarning xususiyatlarini sezish (og‘riq, bosim va harorat 

sezgisi, eshi tish, ko‘rish, ta’m bilish, hid bilish sezgisi). 2. Tana-

ning ayrim qismlari harakati va ichki a’zolar holatini sezish (hara-

kat sezgisi, tana muvozanati sezgisi, a’zolar va to‘qimalar sezgisi). 

Shularga asosan sezgi a’zolari ikki guruhga bo‘linadi.

1. Tashqi sezgi a’zolari impulsni ekstraretseptorlardan qabul 

qi la  di. Ular beshta: teri sezgisi, eshitish, ko‘rish, ta’m bilish va 

hid bilish a’zolari.

2. Ichki sezgi a’zolari: a) impulslarni propriotseptiv sohadan: 

mu shaklar, bo‘g‘imlar va muvozanat a’zosi (ichki quloq) proprio-

tseptorlaridan qabul qiluvchi; b) intratseptiv sohadan ichki a’zo-

lar va qon tomirlardagi interoretseptorlardan qabul qiladi. Ichki 

a’zolardan keluvchi impulslar mo‘tadil holatda sezilmaydi. Ular 

ma’lum bir kasalliklarda og‘riq shaklida bilinadi.



494

Ko‘rish a’zosi

Ko‘rish a’zosi odam hayotida uni tashqi muhit bilan aloqasi-

da katta ahamiyatga ega. Ko‘rish a’zosi ko‘z kosasida joylashgan 

bo‘lib, ko‘z va ko‘zning yordamchi hosilalaridan iborat.




Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   701   702   703   704   705   706   707   708   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish